Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:59

"Olmasang, o‘zimiz olib qo‘yamiz". Yangiyo‘l IIB soqolga qarshi reyd o‘tkazdi


 38 yoshli duradgor Ikrom Xolmatov 22 - noyabr kuni shahar IIBsiga chaqirtirilib, o‘zi va yana to‘rt erkak soqolini olishga  majburlangani haqida Ozodlikka aytib berdi.
 38 yoshli duradgor Ikrom Xolmatov 22 - noyabr kuni shahar IIBsiga chaqirtirilib, o‘zi va yana to‘rt erkak soqolini olishga  majburlangani haqida Ozodlikka aytib berdi.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida o‘nlab erkak ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilib, soqoli majburiy ravishda olib tashlandi.

Mahalliy faolning Ozodlikka bildirishicha, soqolga qarshi tadbir so‘nggi paytlarda muntazam tus olgan.

IIV rasmiylari fuqarolar diniy mansubliklariga qarab nishonga olinayotganini rad etishadi.

Inson huquqlari himoyachilariga ko‘ra, hukumatning aftidan, diniy radikalizmga qarshi kurashni maqsad qilgan bu kabi choralari, aksincha, radikalizmning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin.

"Soqolni olasan, bo‘lmasa, o‘zimiz olib qo‘yamiz"

38 yoshli duradgor Ikrom Xolmatov 22 - noyabr kuni shahar IIBsiga chaqirtirilib, o‘zi va yana kamida to‘rt erkak soqolini olishga majburlangani haqida Ozodlikka aytib berdi.

“Eshikni taqillatib kelishdi. Qanaqadir ayol qidirilayotgan ekanmi, so‘roqqa olib ketishdi. ROVDga olib kirgandan keyin telefonimni titishdi. Hech balo topolmagandan keyin rasmga oldi. “Endi soqolni olasan, bo‘lmasa, o‘zimiz olib qo‘yamiz”, deyishdi. Soqolni tartibga solib borganman, desam, “bo‘lmaydi bu” dedi. “Olmayman”, dedim. “Otangni gapi ham bir tiyinmi senga?”, deb bosim qildi. “Otang gapirib ketdiku bolam soqolini oladi deb, ol”, dedi. Otamni o‘rtaga qo‘yishganidan keyin olishga majbur bo‘ldim. Soqolimni olib bo‘lganimda keyin yana suratga oldi, shu bilan qo‘yib yubordi”, - deydi Xolmatov.

38 ёшли Икром Ҳолматов ИИБда соқолини олишга мажбурланганини айтади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:36 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, 22 - noyabr kuni Ikrom Xolmatov qatori o‘nlab odam Yangiyo‘l shahar Ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilib, o‘z ixtiyoriga qarshi soqoli olishga majburlangan.

Ismi ochiqlanmasligini istagan o‘zbekistonlik faol Yangiyo‘l shahrida kamida 22 nafar erkakning soqoli olingani va soqolni majburan oldirish muntazam tus olganini aytadi.

“Kecha 22 odam shahar bo‘limiga chaqirtirilib, soqoli olingan. Asosan, dindorlarning soqoli olinyapti. Men bilan suhbatda bo‘lganlarning ko‘pchiligi bu tadbir sistematik ekanini aytdi. Ya’ni bu faqat kecha bo‘layotgan holat emas”, - deydi Ozodlikka gapirgan faol.

Ikrom Xolmatov 22 - noyabr kunining o‘zida kamida to‘rt erkakning soqoli majburan oldirilganiga guvoh bo‘lganini bildirdi.

“ROVDga borganimda to‘rtta soqolli erkak o‘tirgandi. Hammasiniki olindi. Keyin surishtirsam, men bilgan boshqa yigitlarni ham chiqirishgan. Soqolini olishga majbur qilishlarini bilib, bir tanishim oldindan olib ham borgan, rasmga olib qo‘yib yuborishgan. Meni o‘zimni so‘nggi to‘rt oy ichida ikkinchi marta chaqirtirib, soqolimni olishga majburlashdi”, - deydi Ikrom Xolmatov.

Ikrom Xolmatov 22 - noyabr kunining o‘zida kamida to‘rt erkakning soqoli majburan oldirilganiga guvoh bo‘lganini bildirdi.
Ikrom Xolmatov 22 - noyabr kunining o‘zida kamida to‘rt erkakning soqoli majburan oldirilganiga guvoh bo‘lganini bildirdi.

Soqol olish jarayoni barcha erkaklarga qo‘llanilyaptimi yoki diniy mansublikdan kelib chiqibmi?

Ozodlik bu haqda Yangiyo‘l shahar Ichki ishlar idorasidan izoh olishga urindi.

Bo‘lim navbatchisi suratga olish paytida “yuz ko‘rinishini joriy tartibga muvofiqlashtirish uchun soqolini tartibga solish so‘ralishi mumkin”ligini aytdi.

“Yuz-ko‘rinish uchun aka, bu. Siz aytayotgan holatdan xabarim yo‘g‘u, lekin rasmga olayotganda soqolni tartibga solish so‘ralishi mumkin, soqolni olib tashla, deb hech kim majburlay olmaydi”, - dedi IIB xodimi.

IIBga chaqirtirilganlar esa, dindor bo‘lganliklari uchun soqollari olinganligini da’vo qilishmoqda.

“Moda qilib soqol qo‘yganlar bor, ularga indamaydi, dindorlarga yopishyapti bular. Go‘yoki, biz ularga terrorchilarday ko‘rinarmishmiz. Payg‘ambarimizdan sunnat bo‘lgani uchun soqol qo‘yamiz. Soqolni oldirish biz uchun ishtonni yechib yur, deganday gap. Shu darajada huquqlarimizni poymol qilishyapti”, - deydi yangiyo‘llik boshqa yigit.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi hamda Musulmonlar idorasi rasmiylari Ozodlikka soqol olish tadbiri haqida izoh berolmasliklarini aytishdi.

Ozodlik bog‘langan Musulmonlar idorasi Fatvo bo‘limi ayni masala Din ishlari qo‘mitasi vakolatlari doirasida ekanini aytdi.

Bu yerda shar’iy masalalar bo‘yicha “mana shu holat bo‘ldi namoz buzildimi, buzilmadimi”, yoki “Qur’onni tahoratsiz o‘qisak bo‘ladimi?” shunaqa savollarga javob beramiz. Siz aytayotgan holat asosli bo‘ladigan bo‘lsa, unda diniy qo‘mitaga murojaat qilishlaringiz kerak, bu bo‘yicha izoh berolmaymiz”, - dedi o‘zini tanishtirishni istamagan Musulmonlar idorasi xodimi.

Birinchi marta emas

Bu O‘zbekistonda "soqol"ga qarshi birinchi tadbir emas.

Ikki yil avval Toshkentda juma namozidan so‘ng ichki ishlar xodimlari “Malika” savdo majmuasida o‘nlab soqolli erkaklarni tutib olib ketib, soqolini olishga majburlagani noroziliklarga sabab bo‘lgan va inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid qilingan edi.

Shu yilning fevral oyida ham “Malika” majmuasidagi savdogarlar soqoli majburlab olingani haqda Ozodlikka aytishgandi.

Ikki oy avval ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahar ichki ishlar bo‘limi tezkor shtab rahbariga tegishli ekani aytilgan ovozli topshiriq audiosi tarqalib, muhokamaga sabab bo‘lgandi.

Ovoz egasi Ichki ishlar vazirligidan mehmonlar kelgani, har bir bo‘lim 20 tadan soqolli erkakni topishi kerakligini aytadi.

“Hurmatli xodimlar, “Soqol” tadbiri bo‘yicha ham… tezlashtirib qilib beraylik. “Gorotdel”dan so‘rayapti, Ichki ishlar vazirligidan kelgan mehmonlar buni nazoratga olgan.

Har bitta “GOM”ga 20 tadan soqolli [fuqaroni] aniqlab, soqoli bilan rasmga olib, keyin soqoli oldirilgani holatini ham rasmga olib, oldiga ma’lumotini yozasizlar: qayerda yashaydi, nechanchi yilda tug‘ilgan, kim u?

Xuddi shunday qilib tezlashtirib qilib berishimiz kerak. Har bitta “GOM”ga 20 tadan berilgan, bizda hali bittayam bo‘lgani yo‘q. Kechqurun so‘rov bo‘ladi, e’tiroz bo‘lyapti, bo‘la qolinglar!” – deydi ovoz egasi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi rasmiylari esa tizimda “soqolga qarshi” amaliyotlar o‘tkazilishini rad etib keladi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov Namangandagi holat ortidan: “Ichki ishlar organlarida bunday nomlanadigan tadbir umuman yo‘q. Soqol qo‘yish yoki qo‘ymaslik har fuqaroning o‘ziga, e’tiqodiga bog‘liq. Bunga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q”, - deya bayonot bergandi.

Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi matbuot xizmati boshlig‘i Irina Sayfutdinova ham Ozodlik bilan suhbatda soqol majburlab olingani xolatlarini rad etarkan, "O‘zbekistonda hech kim soqolini olishga majburlanmasligini" ta’kidlagan edi.

Ayni paytda Sayfutdinova fuqarolarga "tashqi ko‘rinishlarini biometrik pasportlaridagi suratlarga muvofiqlashtirish tavsiya etilgan bo‘lishi mumkin"ligini inkor qilmagan.

Soqol diniy radikalizm belgisimi?

O‘zbekistonda soqol diniy radikalizm belgisi sifatida xavfsizlik xizmatlari diqqat markazida bo‘lib kelishi aytiladi.

Fransiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Atayevaning Ozodlikka aytishicha, hukumatning musulmonlarni soqolini olishga majburlash kampaniyasi dindor qatlam orasida norozilik kayfiyatini kuchaytirishi mumkin.

“Majburlab soqolini olish yoki ro‘molini yechtirish, aslida dunyoviy tuzumga xavf soladi, radikalizmni yanada ham kuchaytiradi. Norozilikni kuchaytiradi. Men O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib qolishini, tenglikni kafolatlaydigan Konstitutsiya asosiy qonun bo‘lib qolishini istayman. Lekin qaydaydir, e’tiqodi uchun soqol qo‘ygan yigitlarni ular uchun sunnat hisoblangan soqolini olishga majburlash, ularni qora ro‘yxatga tirkash, bu - noqonuniy, konstitutsiyaga zid. Afsuski, bunaqa holatlar o‘ttiz yildan buyon davom etyapti, bunga chek qo‘yish kerak”, - deydi Nadejda Atayeva.

O‘zbekiston rasmiylari va huquq-tartibot idoralarining diniy ramz deb ko‘riladigan soqol va hijobga qarshi kampaniyalari xalqaro jamoatchilik, jumladan, AQSh Davlat departamenti tomonidan tanqid qilib kelingan.

O‘tgan yil iyunidagi hisobotida Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti mamlakatda hamon diniy erkinlikni cheklash amaliyoti kuzatilayotgani, jumladan, erkaklarning soqolini majburan qirdirish, ayollarning hijobini yechtirish kampaniyasi, ro‘molli o‘quvchilar hamda hijobli talabalarni ta’lim dargohlariga kiritmaslik hollari kuzatilganini qayd etgandi.

Ammo 2020 - yil 7 - dekabr kuni AQSh O‘zbekistonni "sezilarli va aniq yutuqlar ortidan" diniy erkinliklar bo‘yicha maxsus kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqargan.

Ayni paytda O‘zbekiston AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo‘yicha komissiyasi ro‘yxatida qolmoqda. Bu komissiyaning hisoboti AQSh Davlat departamenti hisobotidan mustaqil ravishda e’lon qilib boriladi.

XS
SM
MD
LG