Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:50

Nukus voqealarida ayblangan 107 kishi qamoqdan chiqdi-amnistiya haqida so‘z bormayapti


Nukus, Qoraqalpog‘iston. 1-iyul, 2022-yil.
Nukus, Qoraqalpog‘iston. 1-iyul, 2022-yil.

1-noyabr kuni Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarda ayblanganlardan yana 35 nafari qamoqdan uylariga qaytgani ma’lum qilindi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi inson huquqlari bo‘yicha vakili matbuot xizmatining xabarida aytilishicha, mazkur shaxslar Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklarda ayblanib, hibsga olingan shaxslar bo‘lib, ular voqealarni mustaqil ravishda o‘rganayotgan Komissiya taklifi va Jo‘qorg‘i Kenges iltimosnomasiga ko‘ra hibsdan ozod qilingan.

Shu tariqa tartibsizliklarga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan va hibsdan ozod qilinganlar soni 107 kishiga yetgan.

Ayni paytda ozod qilingan shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining natijalari bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.

Қорақалпоқ ёзувчиси: Одамлар норози бўлмаса кўчага чиқмайди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:15 0:00

Amnistiya yo‘q

Rasmiy xabarda tartibsizliklarda ayblanganlarning "uyiga, oilasi bag‘riga qaytarilgani" haqida so‘z boradi xolos.

Hibsdan ozod qilish mahbuslarning "pushaymonligi", oilaviy sharoiti va "jamoat kafilligi" asosida amalgan oshirilgan.

Oldinroq qoraqalpog‘istonlik qonun chiqaruvchilar prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘llab, "adashib tartibsizliklarga qo‘shilib qolgan" yoshlarni afv etishni so‘rashgandi.

Ayblanganlarning ismi sir qolishini so‘ragan advokatlaridan biri Ozodlikka "konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz", "ommaviy tartibsizliklar uyushtirish" singari jiddiy ayblovlar bilan tergov qilinayotgan shaxslarni amnistiya yoki reabilitatsiya qilishga oid qarorlar hozircha qabul qilinmaginini aytdi.

“Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari o‘zgartirilgan, xolos. Ularning qilmishi keyingi tergov va sud jarayonlarida baholanadi va tegishli tartibda ularning aybli-aybsizlik masalasi o‘rganiladi”, deydi advokat.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketgan norozilik namoyishlari davrida 21 kishi halok bo‘lgan, huquq-tartibot idoralari xodimlarini ham qo‘shib hisoblaganda 243 kishi yaralangan, 516 kishi qo‘lga olingan.

Qoraqalpoqlarni junbushga keltirgan yangi Konstitutsiya loyihasi

Qoraqalpog‘istondagi norozilik namoyishlari kelib chiqishiga sabab sifatida ko‘rilayotgan yangi Konstitutsiya loyihasi shu yilning 25-iyun kuni umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan.

Amaldagi Konstitutsiyaning 70-moddasida yozilishicha, "Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi". Biroq yangi tahrirdagi Konstitutsiyada Qoraqalpog‘iston suverenlik maqomini yo‘qotishi ko‘zda tutilgandi.

Yangi tahrirda Qoraqalpog‘iston Respublikasining maqomi "O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquq va erkinliklar kafolatlanadi"ga o‘zgartirilgan.

Shuningdek, yangi Konstitutsiya loyihasidan 74-moddaning "Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega" bandi olib tashlanishi taklif qilingan.

Namoyishlar boshlangan 2-iyulga o‘tar kechasi prezident Shavkat Mirziyoyev Nukusga uchib bordi. Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari va qoraqalpoq faollari bilan uchrashgan prezident Konstitutsiyada Qoraqalpog‘istonning maqomini o‘zgartirish tashabbusi aynan shu respublika faollari tomonidan taklif qilingani va Kengesda tasdiqlashganini ta’kidladi.

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining bunday islohotdan noroziligi haqida O‘zbekiston rahbarini ogoh qilmaganini aytib, rahbariyat va deputatlarga tanbeh berdi. "Qoraqalpoq xalqi norozi bo‘lsa, birorta modda hech qachon o‘zgarmaydi", — degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarori bilan yangi Konstitutsiya loyihasidagi Qoraqalpog‘istonga oid barcha o‘zgarishlar olib tashlandi.

Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarni bostirishga jalb qilingan Milliy gvardiya rasmiylari namoyishchilarga qarshi maxsus vositalar qo‘llanilganini tan olishgan, ammo o‘qotar qurollardan o‘t ochilgani haqidagi iddaolarni rad etganlar.

Prezident Shavkat Mirziyoyev voqealar yuzasidan har tomonlama tekshiruv o‘tkazilishi, jumladan, kuch tuzilmalarining qanchalik mutanosib kuch qo‘llagani ham tekshirilishini aytgan.

AQSh, Yevropa va ShHTga a’zo mamlakatlar O‘zbekistonning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlar bilan chiqqan.

ДХХ Олмаотада қорақалпоқ фаолларини ушлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:49 0:00

Hibsga olishlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘iston "mustaqilligi"ni dastaklovchi ayirmachi guruhlarning iddaosicha, mavjud qonunlardan kelib chiqib, o‘z huquqlari doirasida norozilikka chiqqan qoraqalpoqlarga nisbatan O‘zbekiston hukumati nomutanosib kuch ishlatgan.

O‘zbekiston rasmiylari qoraqalpoq faollariga tayanib tarqatilgan o‘lgan va yaralanganlar soni rasmiy raqamlardan bir necha barobar ko‘pligi, shuningdek, hibsga olinganlar tergov davrida qiynoqqa solingani haqidagi iddaolarni rad etishgan.

O‘tgan oy Qozog‘istondagi qoraqalpoqlar diasporasi vakillari Olmaotadagi tibbiy markazda vrach-kardiolog bo‘lib ishlab kelgan Raysa Hudaybergenova xavfsizlik xodimlari tomonidan ish joyidan ushlab ketilganini aytishgan.

Bundan oldin qoraqalpog‘istonlik Qo‘shqarbay To‘remuratov va Jangeldi Jaksimbetovlar ushlab ketilgani xabar qilingan.

Qo‘shqarbay To‘remuratovning rafiqasi Qaliya Mangibayeva Ozodlik bilan suhbatda eriga O‘zbekiston Jinoyat kodeksining ikki moddasi - “Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz” (159-modda) va “Jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallar tayyorlash” (244-modda) bo‘yicha ayblov qo‘yilganini aytgan.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi qoraqalpog‘istonlik faollarning hibsga olinganini hanuz izohlagani yo‘q.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi ham Ozodlikning yozma so‘rovini javobsiz qoldirdi.

Mirziyoyevning rejalari

Qoraqalpog‘istondagi voqealar nafaqat yangi Konstitutsiya matni, balki Mirziyoyev hukumatining referendum o‘tkazish rejalariga ham jiddiy o‘zgartish kiritdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 15-iyulda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 1-avgustga qadar uzaytirish haqida qaror qabul qilgan edi. Bu bilan muddat uch marta o‘zgartirildi.

Мирзиёевни курсида қолдириш кампаниясига старт берилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:09 0:00

Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartishlar loyihasi 25-iyun kuni e’lon qilingan va uning umumxalq muhokamasiga 10 kun berilgan edi. Ammo 1-2-iyun kuni sodir etilgan Nukus voqealari ortidan Oliy Majlis muhokama muddatini yana 10 kunga uzaytirgan edi.

Shu yilning 7-oktybr kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 6-oktabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘zlagan prezident Shavkat Mirziyoyev “Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishda shoshilishning hojati yo‘qligi”ni yana bir bor ta’kidladi.

“Odamlarimiz bu mening konstitutsiyam deb qabul qilishi uchun kerak bo‘lsa yana bir marta xalq bilan maslahatlashamiz. Nimaga desangiz 150 mingta taklif yuborgan odamlarga bu taklif o‘rinli yoki o‘rinsiz, buni qabul qilamiz, bunisini esa qabul qilmaymiz, nimaga qabul qilamiz va nima uchun qabul qilmaymiz deb javob berish kerak. Shunday zamon kelibdi, mening fikrimni ham eshitishibdi degan fikr bo‘ladi. Shu bois shoshilmaslik to‘g‘ri bo‘ladi”, deb prezident so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Kun uz”.

Hozirgacha rasmiy sanasi e’lon qilinmagan referendum prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilga uzaytirishi kutiladi.

Tanqidchilarga ko‘ra, amalda bu 65 yoshli Shavkat Mirziyoyevning umrbod prezidentlikda qolishini anglatadi.

XS
SM
MD
LG