Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:34

MXX tuhmat ayblov bilan qamagan tadbirkorni sud to‘la oqladi, ammo u tortib olingan mulkini ololmayapti


"Express Proyekt Dizayn" xususiy loyihalash korxonasining direktori Baxtiyor Xanazarov.
"Express Proyekt Dizayn" xususiy loyihalash korxonasining direktori Baxtiyor Xanazarov.

Toshkent shahridagi “Express Proyekt Dizayn” loyihalash xususiy korxonasining direktori 52 yashar Baxtiyor Xanazarovning OzodMikrofonga arz qilishicha, u tuhmat ayblov bilan qamalgan, so‘ngra Oliy sud uni to‘la oqlagan bo‘lsa ham undan 2012 - yilda tortib olingan “Sport sog‘lomlashtirish majmuasini”ni qaytarib ololmayapti.

Baxtiyor Xanazarov Toshkentda “Express Proyekt Dizayn” MChJga asos solgan. Toshkent shahridagi bir qancha qurilishlar ana shu korxona arxitektorlari tayyorlab bergan loyiha asosida qurilgan.

МХХ туҳмат айблов билан қамаган тадбиркорни суд тўла оқлади, аммо у тортиб олинган мулкини қайтариб ололмаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:20 0:00
Бевосита линк

Baxtiyor Xanazarovning aytishicha, 2012 - yilda MXX xodimlari uni chaqirib, bir do‘stining ustidan yolg‘on chaquv yozib berishni talab qilgan, ammo u bu taklifni rad qilgan:

“O‘shandan so‘ng mening korxonam ustida qora bulutlar aylana boshladi. Bir MChJning ikkita besh qavatli bino loyihasini tayyorlab berganimizdan so‘ng, meni pora olgansan degan to‘qima ayblov bilan yetti yilga ozodlikdan mahrum qilishdi. Bir yil Navoiydagi qamoqxonada o‘tirdim, keyin Jizzaxdagi manzil koloniyaga chiqdim. 2014 - yilda shartli ravishda protsent to‘lab borish qo‘llanilib uyga keldim. O‘shandan beri adolat talab qilib hamma joyga yozib keldim, natija bo‘lmadi.

2018 - yilning oxirida prezident portaliga yozganimdan so‘ng, muz qolipdan ko‘chdi. Ishni Oliy sud ko‘rib chiqib 2019 - yil dekabrda ishning menga tegishli qismi bekor qildi. Butunlay oqlanish uchun takror-takror murojaat qildim. Axiyri, 2020 - yil 22 - dekabr kuni to‘liq oqlandim. Ajrimda menga hukm chiqargan sudyaning hamma xatolari birma-bir sanab o‘tilgan. Keyin mendan tortib olingan “Sport sog‘lomlashtirish majmuasini”ni qaytarib berishlarini talab qildim. Bu kompleksni 2013 - yilda auksionga qo‘yib 1 millirad 387 million so‘mga sotib yuborishgan ekan. O‘sha pulni to‘lab berishdi. Lekin men pulni emas, sport majumasining o‘zini qaytarishlarini talab qilyapman. Chunki uning hozirgi narxi o‘sha paytdagi auksiondagi narxdan 7-8 baravar qimmat.

Men hayron bo‘lyapman, demak mening mulkim noqonuniy hujjatlar asosida olingan. Modomiki shunday ekan, deb auksionga chiqarilgan hujjatlarning hammasi noqonuniy. Qizig‘i shundaki, noqonuniy olib qo‘yilgan ekanu, qonuniy sotib yuborilganmish. Shunaqasi ham bo‘ladimi? Men auksion natijalari bekor qilinib, xaridorga pulini qaytarib berish va menga mulkimni qaytarib berishni talab qilyapman. MXX mening mulkimni qaysi katta rahbarga olib berganini yaxshi bilaman, agar qaytarib berishmasa ularning nomini ochiq aytishimga to‘g‘ri keladi”.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiyasining Baxtiyor Xanazarovning Baxtiyor Xanazarov oqlangani to‘g‘risidagi ajrimi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiyasining Baxtiyor Xanazarovning Baxtiyor Xanazarov oqlangani to‘g‘risidagi ajrimi

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG