Линклар

Шошилинч хабар
04 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:37

Markaziy Osiyo rahbarlari "Kremldan qo‘rqishi" rostmi?


Putin Markaziy Osiyo rahbarlari bilan Kremldagi marosimda. 9-may, 2024
Putin Markaziy Osiyo rahbarlari bilan Kremldagi marosimda. 9-may, 2024

"Men hech kimni ayblamayman", dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 24-may kuni Xarkovda jurnalistlarga.

Zelenskiy markaziy osiyolik hamkasblarini xafa qilmoqchi bo‘lmagani ehtimol, chunki ular “Kremldan qo‘rqani uchun” rossiyaparast bo‘lib qolayotganini aytdi.

Bu bilan Ukraina rahbari ulardan qandaydir javob bo‘lishini, jumladan, Rossiyadan Kiyevga nisbatan tajovuzkorlikni to‘xtatish va BMT Nizomiga muvofiq tinchlik kelishuviga erishishni talab qilib, iyun oyida Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan sammitga taklifi qabul qilinishini kutgan bo‘lishi ham mumkin.

Hozircha bu chorlov sukunat bilan kutib olindi.

Путин Ўзбекистонни “ёнида ушлаб қолмоқчи”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:17 0:00

Ana shu sukunat Zelenskiyning fikri to‘g‘riligini tasdiqlaydimi?

“Bu asosan pragmatizm”, deydi Temur Umarov, "Karnegi Rossiya Yevroosiyo" markazi xodimi.

“Ammo, albatta, bu pragmatizmda qandaydir qo‘rquv ham bor, chunki [Markaziy Osiyo davlatlari] Rossiyani g‘azablantiradigan harakatlar norozilikka sabab bo‘lishi mumkinligini bilishadi”, deydi u.

Shu bilan birga, deydi Umarov, umumiy manzara Zelenskiy taxmin qilganidan ham murakkabroq.

Ukrainada urush boshlanganidan buyon Markaziy Osiyo diplomatiyasida xilma-xillik kuchaydi, bu orada mintaqadagi ba’zi rahbarlar va boshqa yuqori martabali amaldorlar vaqti-vaqti bilan Moskva chizig‘idan chetga chiqadigan ishlarni qildi.

“Ammo ular ham Rossiya bilan aloqalar muhimligini va Rossiya ularning rejimlari xavfsizligi uchun kerakligini tushunishadi”, deydi Umarov.

Bosqin boshlanganidan beri Rossiya va Markaziy Osiyoning yuqori martabali amaldorlari o‘rtasidagi ko‘p sonli aloqalar, shuningdek, Prezident Vladimir Putinning mintaqaga, so‘nggisida O‘zbekistonga qilgan tashriflari buning dalilidir”.

O‘zbekistonga Rossiyaning energiya ta’minoti o‘sib bormoqda...

Putinning O‘zbekistonga safari haqiqatan ham har ikki davlat uchun muhim edi.

Mirziyoyev matbuot kotibi Sherzod Asadovning aytishicha, davlat tashrifi rasman 26-27-may kunlariga belgilangan edi, biroq ikki prezident “ertasi kuni ertalab soat uchgacha gaplashib” muzokaralarni davom ettirgach, 28-maygacha uzaytirilgan.

Tashrifning asosiy mavzusi Rossiya atom giganti «Rosatom» O‘zbekistonda kichik atom elektr stansiyasini qurishi uzoq kutilgan tasdiqlanishi bo‘ldi – Mirziyoyev “hayotiy ahamiyatga ega” deb atagan, anchadan buyon rejalashtirilayotgan, lekin miqyosi qisqartirilgan loyiha.

AQSH Kongressida Rossiyaning bir necha yirik davlat kompaniyalaridan biri bo‘lgan «Rosatom»ga qarshi sanksiyalar joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqilishiga qaramay, 350 megavatt quvvatga ega atom elektr stansiyasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ammo bu, shuningdek, Rossiyaning mintaqadagi eng ko‘p aholiga ega mamlakat ustidan energiya ta’siri kuchayib borayotganini, bir vaqtda Rossiyadan gaz importini ko‘paytirayotganini ko‘rsatadi. Putin «Gazprom» kelasi yili mamlakatga gaz yetkazib berishni to‘rt barobarga, 11 milliard kub metrga yetkazishga va’da berdi.

Bunday ma’lumotlar “O‘zbekiston qanchalik chuqurda” ekanligini ko‘rsatadi, deydi jurnalist Piter Leonard tashrif haqidagi sharhida.

“Ammo reallik shuki, [Mirziyoyevning] boshqa iloji yo‘q”, deb yozadi Leonard.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Mirziyoyev o‘tgan oy oxirida mintaqaga tashrifi chog‘ida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan uchrashmagan yagona Markaziy Osiyo prezidenti bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti Kemeronning bir haftalik mintaqaviy safari arafasida qisqa tanaffusga chiqdi. Vazirning bu safari Rossiya ommaviy axborot vositalarida o‘ziga xos tanqid bilan kutib olindi.

Ammo Mirziyoyev 7-may kuni Toshkentda Vengriya bosh diplomati Peter Siyarto bilan uchrashishga vaqt topdi.

Albatta, Mirziyoyev o‘zining to‘rt markaziy osiyolik hamkasbi va Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan 9-may kuni Moskvada harbiy paradda qatnashdi.

“Ҳақиқий ўзаро дўстлик”. Путин Ўзбекистонда қолиб кетди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:17 0:00

Qozog‘iston hammi?

O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning 2022-yilda parlamentda Ukraina haqidagi bayonotidan keyin Markaziy Osiyoda Kreml «qo‘rquvi» bo‘yicha bahslarda qiziq holat paydo bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, Komilov avvaliga sog‘lig‘i sababli iste’foga chiqqan, so‘ng parlamentda Ukrainaning “mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi”ni qo‘llab-quvvatlab gapirganidan so‘ng Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimiga o‘tgan.

Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi Rossiya nazoratidagi tuzilmalar tan olinishi ehtimolini inkor qilish Komilovning urush haqidagi eng keskin bayonotlaridan biri bo‘ldi va bunday xolat O‘zbekiston uchun ancha noodatiy sanaladi.

Uning ishdan bo‘shatilishi kuzatuvchilarda Moskvani tinchlantirish uchun qilinmadimikan degan savol paydo qilgan. Bu bilan O‘zbekiston hurmatli, lekin qarib qolgan rasmiyni ishdan olib, G‘arbga signal yubormadimikan?

“Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyadan qo‘rqishlari mumkin, lekin ular [G‘arb] sanksiyalaridan ham qo‘rqishadi, – dedi Umarov. – Ularning strategiyasi hozirgacha buning oldini olishga harakat qilishdan iborat edi."

Qozog‘iston urush haqidagi bayonotlari, jumladan, prezident Qasim-Jomart Toqayevning bayonotlari bilan ancha ilgari ketdi, ammo Rossiya bosqinini to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qilish darajasiga bormadi.

Zelenskiyning o‘tgan hafta Xarkovda Markaziy Osiyo yetakchilarida “biroz muvozanat” yetishmayotganini aytgani, ayniqsa, qozoq diplomatlariga yoqmaydi, chunki Ostona bir necha bor urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar uchun mezbon bo‘lishga tayyorligini bildirgan.

Ammo Qozog‘iston ham Rossiyaning energetika ta’siridan himoyasizga o‘xshayapti.

Mamlakat neft eksportining to‘rtdan uch qismidan ko‘prog‘ini Rossiya orqali eksport qiladi (bu yo‘l Ukrainaga bostirib kirilganidan keyin bir necha bor to‘xtatilgan), kamiga elektr quvvati taqchilligi ham jiddiy ko‘rinadi.

O‘zbekiston singari Qozog‘iston ham potensial atom elektr stansiyasiga ko‘z tikmoqda va rasmiylar turli mamlakatlar kompaniyalari konsorsiumini ma’qul ko‘rsa ham, «Rosatom» ochiqdan-ochiq AES qurishga intilmoqda.

Atom energetikasi masalasida har qanday qaror qabul qilinishidan oldin umumxalq referendumiga qo‘yiladi, dedi Toqayev.

Ayni paytda qozoq rasmiylari Rossiyaga Qozog‘iston orqali Xitoyga gaz yetkazib berish, bir qismini esa o‘sib borayotgan ichki ehtiyojlar uchun qoldirishga ruxsat berish g‘oyasini muhokama qilmoqda.

Energetika vaziri o‘rinbosari Alibek Jamauovning aytishicha, birgina Qozog‘istonning shimoli-sharqiy mintaqasi yiliga 10 milliard kub metr tabiiy gazga muhtoj.

Xitoy masalasi

Agar Rossiya mintaqaning eng kuchli ikki davlatiga hamon ta’sir o‘tkaza olsa, qolganlar uchun manzara aniq, deydi olmaotalik siyosatshunos Do‘sim Satpayev.

“Agar O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun bu energiya resurslari taqchilligi bo‘lsa, Qirg‘iziston va Tojikiston uchun bu muhojirlar tomonidan Rossiyaga jo‘natilgan pul o‘tkazmalari, Turkmanistonda esa Rossiya xaridlariga bog‘liq, – dedi Satpayev. – Rossiya ularning barchasi ustidan turli ta’sir kuchiga ega."

Bundan tashqari, mushtarak avtoritar siyosiy o‘xshashlik masalasi bor, deya qo‘shimcha qiladi Satpayev.

“Ular nafaqat o‘zlarini Zelenskiydan ko‘ra ko‘proq Putinga o‘xshatadi, shuningdek, Si Szinpinga ham o‘xshatsa kerak. Demak, Zelenskiy ko‘p jihatdan haq”.

Mintaqadagi Kremldan qo‘rqishda ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan yakuniy omil Xitoyning mintaqadagi ulkan rolidir, deydi Satpayev.

Ba’zi sharhlovchilar 2008-yilda Gruziyadan mustaqilligini e’lon qilgan va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Abxaziya va Janubiy Osetiyani Markaziy Osiyo davlatlari tan olmaganida hayratlanishgan edi.

Ammo bu ko‘proq Xitoyning pozitsiyasiga mos keladi. Xitoy o‘sha paytda Rossiyaning turli ko‘p tomonlama tashkilotlarda, jumladan, Markaziy Osiyoning besh davlatidan to‘rttasi a’zo bo‘lgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotida bo‘lginchi mintaqalarni qonuniylashtirish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlariga to‘sqinlik qilgan.

Xuddi shu narsa ularning Ukraina sharqidagi Moskva o‘ziniki deb e’lon qilgan hududlarni tan olmasligiga ham tegishli.

Biroq, Pekin va Moskva yaqinlashib borayotgani sababli, Xitoy Kiyevning uni urush masalasida faolroq rol o‘ynashga undovlarini e’tiborsiz qoldirmoqda.

Shu hafta boshida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Nin Zelenskiyning 15-16-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan konferensiyada qatnashish taklifiga yaqqol javob sifatida Pekin “Rossiya va Ukraina tomonlari birdek tan olgan xalqaro tinchlik konferensiyasini” qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Rossiya stolda bo‘lmasligini inobatga olsak, Xitoyning ishtirok etmasligi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ishtirok etishi ehtimolini yanada kamaytiradi.

“Xitoyning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Rossiyaga yanada yaqinlashgani Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan G‘arbga qarshi keng jabhaning bir qismi bo‘lish uchun bosimni biroz oshirmoqda”, dedi Satpayev “Ozodlik” bilan suhbatda.

"Ukraina hozir G‘arb bilan mustahkam bog‘langan."

XS
SM
MD
LG