Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:05

Koronavirus: O‘zbekiston cheklovlarni yumshatmoqda - Britaniyada tarqalgan yangi shtamm qanchalik xavfli?


Koronavirusning yangi shtammi tarqalishda davom etarkan, tibbiyot xodimlari bemorni London Qirollik shifoxonasiga yetkazmoqda - Britaniya, 26 - yanvar, 2021
Koronavirusning yangi shtammi tarqalishda davom etarkan, tibbiyot xodimlari bemorni London Qirollik shifoxonasiga yetkazmoqda - Britaniya, 26 - yanvar, 2021

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 28 - yanvaridan boshlab O‘zbekistonda konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berildi.

Konsert-tomosha tadbirlarida tomoshabinlar soni zaldagi o‘rinlarning 50 foizidan ko‘p bo‘lmasligi, oraliq masofani saqlashi va niqobda bo‘lishi shart.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasi umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar obyektlar soat 8:00 dan 23:00 gacha ishlashi mumkinligi haqidagi cheklovni bekor qildi. Endilikda mazkur obyektlar pandemiya cheklovlari joriy etilguniga qadar mavjud bo‘lgan ish tartibi asosida faoliyat yuritishlari mumkin.

“Respublika maxsus komissiyasi xalqimizdan koronavirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’i rioya etishlari hamda mamlakatimizda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash borasida erishilgan bugungi vaziyatni bardavom bo‘lishi uchun shaxsiy mas’uliyatni oshirishlarini so‘rab qoladi”,-deyiladi rasmiy bildiruvda.

O‘zbekiston 2020 - yilning noyabr oyidan boshlab "koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat biroz bo‘lsa-da barqarorlashganligi munosabati bilan" karantin cheklovlarini yumshata boshlagan.

Ayni paytda sog‘liqni saqlash rasmiylari mamlakatga koronavirusning Britaniyada tarqalgan yangi shtammi kirib kelgani haqidagi xabarlarni rad etganlar. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekov o‘tgan hafta Toshkent davlat pedagogika universitetining talabasida qayd etilgan koronavirus infeksiyasi yangi shtamm emasligini aytgan.

"Kasallik bizga kirib kelmabdi, deya xotirjamlikka berilish, himoya va gigiyena qoidalarini unutish to‘g‘ri emas. Ehtiyot choralari hamon amalda”, - deya Otabekovning so‘zlaridan iqtibos keltirgan Kun.uz nashri.

Ozodlik suhbatlashgan Shifokorlarga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) ehtimoliy ikkinchi to‘lqinga hozirlik ko‘rish haqida ko‘rsatma bergan, ammo yoyilish ehtimoli bo‘lgan yangi turdagi koronavirus haqida ma’lumot juda oz.

Britaniyada tarqalgan shtamm xavfliroqmi?

Britaniyalik olimlarning ta’kidlashicha, mamlakatda virusga chalinishlar soni oshishiga turtki bo‘lgan yangi virus shtammi ham tezroq tarqalmoqda, ham ko‘proq bemorlarda o‘limga sababchi bo‘lmoqda. Olimlarga ko‘ra, yangi shtammni yuqtirgan bemorlar orasida o‘lim xavfi virusning boshqa turlariga chalingan bemorlarga solishtirganda 30 foizga yuqoriroqdir.

Virusning B.1.1.7 nomi berilgan ushbu shtammi Britaniyada tarqalgan boshqa koronavirus turlaridan 70 foizga yuqumliroq ekani aytilmoqda. Yangi shtamm allaqachon dunyo bo‘ylab tarqaldi. AQSh sog‘liqni saqlash rasmiylari B.1.1.7 virusi kelayotgan mart oyigacha mamlakatda koronavirusning dominant variantga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Britaniya olimlari qanday yangi dalillarni qo‘lga kiritdi?

Britaniyaning Yangi nafas yo‘llari viruslari tahdidi bo‘yicha kengashi (NERVTAG) to‘plangan ma’lumotlar asosida COVID-19 testlari hamda kasallik sababchi bo‘lgan o‘limlar bo‘yicha to‘rt tadqiqot o‘tkazdi. Sinovlarning barchasi B.1.1.7 variantini yuqtirgan odamlar orasida o‘lim xavfi Buyuk Britaniyada tarqalgan boshqa variantlar bilan taqqoslaganda ancha yuqori ekanini ko‘rsatdi.

Xususan, NERVTAG to‘rtala tadqiqot xulosalarini birlashtirib yaratgan model mazkur virus turini yuqtirganlarda o‘lim xavfi o‘rtacha 30% ga yuqori ekanini ko‘rsatdi.

Olimlari xulosalari qay darajada aniq?

Buyuk Britaniya hukumatining bosh ilmiy maslahatchisi Patrik Vallans juma kuni bu hisoblarda «noaniqliklar» mavjudligini aytdi, chunki ma’lumotlar turli xil manbalardan olingan.

Angliya sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassisi Syuzan Xopkins dastlabki xulosalar virusning yangi variantini yuqtirgani ma’lum bo‘lgan nisbatan oz sonli aholi to‘g‘risida to‘plangan ma’lumotlarga tayanishini aytdi.

«Ehtimol, biz to‘liq vaziyatni ko‘rmayapmiz», - dedi u.

Ammo dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabining yuqumli kasalliklar bo‘yicha matematik modellar tuzish professori Jon Edmunds olimlar xulosalari «statistik jihatdan ahamiyatli» ekanini va ularga jiddiy e’tibor berish kerakligini aytdi.

Yangi virus turi nima uchun xavfliroq ekani bizga ma’lummi?

Olimlar virusning yangi shtammi nima uchun ko‘proq o‘limga sabab bo‘layotganini aniqlagani yo‘q, ammo bu savolga javob topish ustida ish olib borilmoqda.

Bugunga qadar yangi shtamm mutatsiya tufayli inson hujayralariga mahkamroq tirmasha olishi aniqlandi.

Riding universitetining hujayra mikrobiologiyasi bo‘yicha dotsenti Saymon Klarkning aytishicha, virus hujayraga kuchliroq bog‘lana olgani uchun «immun tizimi keskin reaksiya qilishi va natijada kasallik bemorda og‘ir kechishi mumkin».

Yuqori o‘lim xavfi qay darajada xavotirli?

Tadqiqotlarning biriga yetakchilik qilgan Edmunds yangi dalillarni «yomon tomonga jiddiy burilish» deb atadi.

«Ushbu virus o‘ta jiddiy va uni o‘ta jiddiy qabul qilish kerak», - dedi olim.

Ammo Angliya sog‘liqni saqlash xizmati e’lon qilgan bayonotda COVID-19 infeksiyasi tufayli o‘lish xavfi (barcha yoshdagi guruhlar bo‘yicha) «yangi variant uchun ham, eski variant uchun ham past bo‘lib qolmoqda», deyiladi.

XS
SM
MD
LG