Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:55

“Istanbulda sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan o‘g‘limning ikki yildan buyon daragi yo‘q”


Xidirjon Rahmonov.
Xidirjon Rahmonov.

Buxoro viloyat, Olot tumanida yashaydigan Umida Qurbonovaning arz qilishicha, uning 28 yashar bo‘lgan o‘g‘li uch yil muqaddam Turkiyaning Istanbul shahriga ishlagani ketib, izsiz g‘oyib bo‘lgan.

“Истанбулда йўқолган ўғлимнинг икки йилдан буён дараги йўқ”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:26 0:00
Бевосита линк

Umida Qurbonova uning ukasi bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulligi, turk politsiyasiga bir necha marta murojaat qilgan bo‘lsa ham, o‘g‘lining izlanishiga amaliy yordam berilmayotganini aytadi:

Ikki yildan buyon o‘g‘limning yo‘liga zor termulib o‘tiribman.

- Qishlog‘imizdagi do‘stining taklifi bilan o‘g‘lim 2018 - yilning 19 - mayida Istanbulga ishlash uchun ketgan edi. U Istanbuldagi alyuminiy zavodida ishlab yurdi. 2019 - yilning 27 - yanvarida u bilan aloqa uzildi. U bilan birga ketgan bolalar qaytib keldi, lekin o‘g‘lim kelmadi. Birga ishlagan Elyor degan bolani tergovga chaqirtirdim. Uning aytishicha, ishxonada o‘g‘lim kasal bo‘lgach, sariq taksiga mindirib, ijarada yashaydigan uyiga yuborgan ekan. U shunday deydi, lekin u yerda kameralar yo‘q ekan. Lekin taksiga mindirganmi, yo‘qmi, buni bilmayman. Lekin u bola bir narsani biladi, aytmayapti. Istanbulda ishlaydigan ukam konsullikka murojaat qildi, politsiyaga murojaat qildi, lekin hech kim o‘g‘limni topib bermayapti. Ikki yildan buyon o‘g‘limning yo‘liga zor termulib o‘tiribman.

Umida Qurbonova o‘g‘lining radikal islomchilarga qo‘shilib, Suriyaga chiqib ketish ehtimoli borligini qat’iyan inkor qiladi:

- Yo‘q, yo‘q! U namoz o‘qimas edi, hatto dasturxonda ovqat yeb bo‘lgandan keyin ham omin qilmay turib ketaverardi.

Xidirjon Rahmonov.
Xidirjon Rahmonov.

Xidirjon Rahmonov bilan bir uyda ijarada yashagan va birga ishlagan Elyor Mamasaidovning Ozodlikka aytishicha, u Xidirjonni taksiga o‘tqazib yuborganidan keyin boshqa ko‘rmagan:

Kasalxonalarga, politsiyaxonalarga bordik, topolmadik.

- O‘sha kuni men ertalabki smenaga ishga bordim. Xidirjon tungi smenada kasal bo‘lgan ekan. Jo‘ra mazam yo‘q, taksi bilan yubor, dedi. Turkchani ham yaxshi bilmasdi. Taksichiga kvartira adresini tushuntirib, uyga kuzatib yuborgandim. Boshlig‘im bu kasal bo‘lgan bo‘lsa, kechqurun ishlolmaydi, bor sen ham dam olgin-da, kechqurun kel, dedi. Uyga qaytib kelsam, Xidirjon kelmabdi. Kvartiramizda kichkina tog‘asi bor edi, birga qidirdik. Kasalxonalarga, politsiyaxonalarga bordik, topolmadik. Keyin ertasi kuni boshlig‘im bilan qamoqxonalarga bordik, hech qayerda yo‘q. Xullas, qidirmagan joyimiz qolmadi.

Ozodlik kun davomida O‘zbekistonning Istanbul shahridagi konsulligi saytida ko‘rsatilgan ikki telefon raqamiga bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi, ammo go‘shakni hech kim ko‘tarmadi.

XS
SM
MD
LG