Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2025, Тошкент вақти: 16:46

HRW: Xitoy hukumati masjidlarni yopmoqda yoki buzib tashlamoqda


Uyg‘urlar yashaydigan Shinjon avtonom mintaqasining Qoshg‘ar shahrida Ramazon Hayiti namozi. 26-iyun, 2017-yil.
Uyg‘urlar yashaydigan Shinjon avtonom mintaqasining Qoshg‘ar shahrida Ramazon Hayiti namozi. 26-iyun, 2017-yil.

Xitoy hukumati mamlakatdagi musulmonlar nisbatan ko‘proq yashaydigan provinsiyalarda masjidlarni buzish, ularni qo‘shib yuborish, o‘zgartirish va aholining masjidlarga borishini kamaytirish orqali Islomni jilovlashga urinmoqda, deyiladi Human Rights Watch (HRW) inson huquqlari tashkiloti bayonotida.

Xitoy hukumati diniy e’tiqod huquqini buzuvchi siyosati – "masjidlarni birlashtirish" tadbirlari doirasida Ninsya va Gansu provinsiyalarida masjidlar sonini sezilarli darajada kamaytirmoqda, deydi HRW.

Xitoy rasmiylari islom ta’sirini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida masjidlarni yopmoqda, buzib tashlamoqda va dunyoviy biror maqsadda foydalanish uchun o‘zgartirmoqda. Ko‘plab masjidlarning gumbaz va minoralari olib tashlanmoqda.

“Xitoy hukumati, o‘z ta’biri bilan aytganda, masjidlarni «birlashtirish» bilan shug‘ullanmayapti, balki diniy erkinlikni buzgan holda ularning ko‘pini yopmoqda”, dedi HRW’ning Xitoy bo‘yicha direktori vazifasini bajaruvchi Mayya Van. "Xitoy hukumati tomonidan masjidlar yopilishi, vayron qilinishi va o‘zgartirilishi Xitoyda Islom amaliyotini cheklash bo‘yicha tizimli tadbirlarning bir qismidir".

Асли қозоғистонлик этник уйғурнинг Хитой қамоқхонасидаги 15 ойи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:26 0:00

Xitoyda oxirgi marta masjidlarning ommaviy yopilishi 1950-yillarda, Xitoy Kommunistik Partiyasi mamlakatni 1949-yilda egallagandan keyin sodir bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, rasmiylar 1966- yilgi Madaniy inqilobgacha Ninsya masjidlarining qariyb 90 foizini vayron qilgan yoki qo‘shib yuborgan. Inqilobdan keyin Xitoyda odamlar yana ko‘plab masjidlar qurib, o‘z diniy hayotini izga soldi, ammo Xitoy hukumati din ustidan qattiq nazoratni saqlab turaverdi. Bugungi kunda rasmiylar beshta rasman ruxsat etilgan dinda diniy xodimlarni tayinlash, nashrlar va moliya ustidan nazoratni ushlab turadi.

2016-yildan boshlab, Prezident Si Szinpin dinlarni «xitoylashtirish»ga chaqirganidan beri hukumatning din ustidan nazorati kuchaydi. Dinni politsiya kuzatuvida tutish va nima «normal», ya’ni qonuniy hisoblanishini belgilashdan tashqari, rasmiylar endi dinni Xitoy Kommunistik Partiyasi mafkurasiga moslashtirishga, partiya va Prezident Siga sadoqatni oshirish uchun har tomonlama o‘zgartirishga intilmoqda.

Xitoy qonunchiligi odamlarga rasman ruxsat etilgan dinlar bo‘yicha faqat rasman tasdiqlangan joylarda ibodat qilishga izn beradi. 2016-yildan boshlab, Xitoy Kommunistik Partiyasi xalqning ruhiy hayotiga ham rahnamo bo‘lishini ta’minlash maqsadida Prezident Si Szinpin dinlarni «xitoylashtirish»ga chaqirganidan beri din ustidan hukumat nazorati chandon kuchaydi.

Partiyaning 2018-yil aprel oyidagi markaziy hujjatida islomni ko‘proq «xitoylashtirish» bo‘yicha ko‘p qirrali milliy strategiya belgilab berilgan. Bu hujjat partiya va butun mamlakat bo‘ylab barcha davlat idoralariga “islom diniy obyektlarini qurish, ta’mirlash va kengaytirish bo‘yicha standartlashtirilgan boshqaruvni kuchaytirish”ni tayinlaydi.

Hukumatning mavjud hujjatlari Xitoy hukumati Shinjondan tashqari eng ko‘p musulmon aholisi bo‘lgan Ninsya va Gansu provinsiyalarida masjidlarni «birlashtirish» amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi. Avstraliya Strategik Siyosat Instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2017- yildan beri Xitoyning Shinjondagi rasmiylari mintaqadagi masjidlarning uchdan ikki qismini o‘zgartirgan yoki zarar yetkazgan. Taxminan yarmi butunlay buzib tashlangan.

HRW Ninsyada xuey musulmonlari tomonidan internetga joylashtirilgan video va fotosuratlarni tekshirib, tahlil qilgan va bunda ikkita qishloqning sun’iy yo‘ldosh tasvirlaridan foydalangan. Bu qishloqlardagi yettita masjiddan to‘rttasi jiddiy zarar ko‘rgan: uchta asosiy bino vayron qilingan, ulardan birining tahoratxonasi buzib tashlangan. Yetti masjidning gumbaz va minoralari olib tashlangan.

HRW Ninsya va Gansuda yopilgan yoki o‘zgartirilgan masjidlar sonini aniqlay olmagan, chunki rasmiy hujjatlarda aniq ma’lumotlar yo‘q. Kelgusi tadqiqot hisobotida, xuey musulmonlari bo‘yicha ikki tadqiqotchi Hanna Tiker va Devid Stroup, 2020-yil holatiga ko‘ra, Ninsyadagi masjidlarning uchdan bir qismi yopilganini taxmin qilmoqda.

Мирзиёев Сианда. Хитой ва Россия сиам эгизакларми?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:22 0:00

Xuey musulmonlarining ba’zilari hukumat senzurasiga qaramay, bu siyosatlarga ochiq qarshi chiqdi. 2021-yil yanvar oyida Ninsya amaldorlari beshta odamni qishloqdagi partiya idorasida siyosatga norozilik bildirganidan keyin “tartibsizlikka chaqirish”da aybladilar. Odamlar Ninsya, Gansu, Sinxay va Yunnan kabi xuey musulmonlari mintaqalarida masjidlarning yopilishi yoki buzib tashlanishiga, shuningdek, gumbaz va minoralar olib tashlanishiga qarshi norozilik bildirishgan.

AQSHda istiqomat qiluvchi musulmon xuey faoli Ma Juning aytishicha, hukumat diniy ibodatlarni to‘xtatmoqchi: "Odamlar masjidlarga bormay qo‘ysa, hukumatga masjidlarni yopish uchun tayyor bahona bo‘ladi".

Xorijiy hukumatlar, ayniqsa, Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Xitoy hukumatiga masjidlarni birlashtirish siyosati va xitoylashtirish kampaniyasini to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishi kerak, deydi HRW tashkiloti.

"Xitoy hukumatining xitoylashtirish siyosati nafaqat Xitoydagi barcha musulmonlar, balki mamlakatdagi barcha diniy jamoalarning e’tiqod erkinligi mutlaqo pisand qilinmayotganini ko‘rsatadi, – deydi Mayya Van. – Diniy erkinlikdan xavotirda bo‘lgan hukumatlar bu muammolarni bevosita Xitoy hukumatiga aytishi, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa xalqaro yig‘inlarda ko‘tarishi kerak."

XS
SM
MD
LG