Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:32

“Gaz ittifoqi” amalga oshmoqdami? Qozog‘iston va Rossiya gazni qayta ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasini imzolashdi


Ostona bilan Moskva qozoq gazini Orenburg gazni qayta ishlash zavodida gazni qayta ishlash hamda Rossiya gazini Qozog‘istonga yetkazib berish masalalari yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni imzolashgan. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Roman Sklyarning “Gazprom” rahbari Aleksey Miller bilan 18-yanvar kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ma’lumot tarqatdi.

“Uchrashuv chog‘ida Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida tabiiy gaz sohasida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijalariga ko‘ra tomonlar hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini, xususan, qozoq gazini Orenburg GQIZda qayta ishlash, Rossiya gazini Qozog‘istonga yetkazib berish imkoniyati hamda hamkorlikning istiqboldagi loyihalarini belgilovchi yo‘l xaritasi imzolandi”, deyilgan matbuot xizmati xabarnomasida.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisi Yermek Kosherbayev, Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov va QazaqGaz milliy shirkati rayosati raisi Sanjar Jarkeshovlar ham ishtirok etishgan.

Avvalroq vazir Akchulakov Rossiyadan xom ashyo olish yo‘li bilan Qozog‘iston shimoli va shimoliy-sharqini gazlashtirish zarurati to‘g‘risida bildirgan edi. “Bizga mamlakat shimoliy-sharqi va sharqini gazlashtirish uchun yiliga 10 milliard kub metr gaz tortib olishga imkon beruvchi quvur kerak”, degan edi u matbuot anjumanlaridan birida.

Noyabr oyida Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan “gaz ittifoqi” tuzishga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.

O‘zbekiston gaz evaziga siyosiy shartlarga ko‘nmasligini, Rossiya bilan gaz yetkazib berishga oid shartnoma esa, agar shunday shartnoma tuzilgudek bo‘lsa, hali ittifoq tuzilishini anglatmasligini bildirgan.

Qozog‘iston hukumati yanvar oyi boshida Moskvadan Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “gaz ittifoqi” tuzish yuzasidan rasmiy taklif olmaganini bildirgan, ayni paytda Rossiyadan gaz import qilishga oid shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini qayd etgan.

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiyani gazdan siyosiy bosim va shantaj vositasi o‘laroq foydalanayotganlikda ayblab kelishadi. Kreml bu ayblovlarni rad etgan. Sentabr oyida Polshada Rossiya gazining o‘rnini bosishi ko‘zda tutilgan gaz quvuri ochilgan edi.

XS
SM
MD
LG