Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 23:55

"Eurasianet": G‘arblik investor O‘zbekistonni xalqaro arbitraj sudiga berdi


O‘tgan yil oktabrida Maxim-Chirchik kimyo zavodi sexlaridan birida portlash yuz bergan edi. 4-oktabr, 2022.
O‘tgan yil oktabrida Maxim-Chirchik kimyo zavodi sexlaridan birida portlash yuz bergan edi. 4-oktabr, 2022.

O‘zbekiston investorlarni jalb qilish uchun yangi kampaniyani boshlar ekan, boshqa tomondan G‘arb shirkati bilan sudlashmoqda.

Bu haqda “Eurasianet” nashri xabar berdi.

Jurnalist Joanna Lillisning yozishicha, prezident Mirziyoyev boshlagan islohotlarga qaramasdan yirik xalqaro investorlar mamlakatga kelishga shoshayotgani yo‘q.

Mirziyoyev xususiylashtirishning ancha katta marrani ko‘zlagan bosqichini boshlashga buyruq berdi. Ammo bu buyruq biroz noqulay fursatda chiqdi, deb yozadi jurnalist.

Unga ko‘ra, G‘arbning katta investorlaridan biri yaqinda xalqaro arbitrajga murojaat qilib, kimyo sektoridagi qo‘shma loyiha yuzasidan anchadan beri davom etayotgan tortishuvni hal qilib berishni so‘ragan.

Ariza bosh idorasi Ispaniyada joylashgan Maxam shirkati tomonidan Londonda berilgan.

Shirkat Qurilish sanoati va konchilik uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Arbitrajdan ko‘zlangan maqsad shirkatning Maxam-Chirchiq kimyo kompaniyasidagi katta ulushi ustidagi janjalni hal qilishdir. Shirkatning ushbu qo‘shma kompaniyadagi hamkori davlatga qarashli kimyo kompaniyasi “O‘zkimyosanoat”dir.

Ozodlik Maxam-Chirchiq korxonasida ishchilarning maoshlari o‘z vaqtida berilmayotgani va ular obodonlanlashtirish ishlariga majburlanayotgani haqida yozgan.

Чирчиқдаги кимё заводида юз берган портлашни ҳукумат комиссияси ўрганади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:49 0:00

Maxam so‘zchisi shirkatning o‘zbek hukumati bilan munosabati murakkablashganini tan olgan.

Shirkat shartnoma shartlari surunkali tarzda buzilib kelayotgani yuzasidan da’vo bilan shikoyat qilgan. Shirkat so‘zchisi aynan qaysi shartlar buzilganini ochiqlamagan.

“Maxam O‘zbekiston hukumati bilan o‘rtadagi kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etishga umid qilgan edi. Mamlakatga katta miqdorda sarmoya kiritilgani uchun emas, balki ahvol shunga keldiki, masalani muloqot va muzokara bilan echib bo‘lmay qoldi, – deb aytgan ushbu tortishuvdan yaxshi xabardor manba Eurasianet’ga. – Da’voni xalqaro arbitraj sudiga olib chiqish ularning oxirgi chorasi edi.”

2016-yilda Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan keyin “sarmoyalar ustidagi tortishuvlar ancha kamaydi”, deyiladi AQSh Davlat departamentining investitsion iqlim bo‘yicha bayonotida, ammo baribir ular “hamon bor”.

Oxirgi xususiylashtirish bosqichida Mirziyoyev administratsiyasi investorlarni 1000 ta kompaniya va mulkdagi ulushlarni sotib olishga da’vat qilgan. Ammo ularning ro‘yxati e’lon qilinganicha yo‘q.

Hukumat uch yildan ortiq vaqtdan beri ish olib borilayotgan yirik kompaniyalarning xalqaro listingiga kirish uchun tog‘-kon sanoatidan tortib telekommunikatsiya va bank ishigacha bo‘lgan sohalardagi 40 ta kompaniyaning kichik ulushlarini ro‘yxatga olishni rejalashtirmoqda.

Firmalar orasida Uztelecom, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston Milliy banki va “Sanoat qurilish bank” bor.

UzAuto Motors misoli

Britaniyalik jurnalist Joanna Lillisning yozishicha, O‘zbekiston hukumati davlat aksiyalarining 2 foizga yaqinini o‘zbek sarmoyadorlariga sotish orqali joriy yilda 13 trillion so‘m yoki 1,1 milliard dollar to‘plashi mumkinligiga ishonmoqda.

Ammo yaqinda o‘tkazilgan ochiq savdolar bu oson emasligini ko‘rsatgan.

Talab pastligi sababli listingni bir necha bor ortga surgan UzAuto Motors o‘tgan oy aksiyalarining kichik qismini sotish orqali bor-yo‘g‘i 5 million dollar jamg‘argan.

Bu miqdor kompaniya dastlab 5 foizlik ulushini sotish orqali to‘plamoqchi bo‘lgan 90 million dollardan ancha kam, biroq bu oson emasligi ko‘rinib qolgach maqsad pasaytirildi, deya xabar beradi Qozog‘iston biznes yangiliklari Kursiv.kz.

U 17,3-19,5 million dollar yig‘ishga umid qilib, atigi 1 foiz aksiyalarni sotuvga qo‘ydi, biroq buni ham sota olmadi. Investorlar uning atigi 0,29 foizini 5 million dollarga sotib olishdi.

Shunga qaramay, bu O‘zbekiston tarixidagi eng yirik ommaviy sotuv hisoblanadi.

UzAuto Motors kompaniyasi o‘z aktsiyalari sotuvini “davlat korxonalarini xususiylashtirish bo‘yicha milliy dasturning boshlanishi va mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirishning yangi sahifasi” deb atadi.

Biroq, institutsional investorlar «O‘zAvto»ning sotilgan aksiyalarining 80 foizini sotib olgani va chakana investorlarga faqat beshdan bir qismi ketganini hisobga olsak, kichik investorlar sinfini yaratish oson bo‘lmasligi mumkin.

O‘zbekistonning xususiylashtirishga intilishiga o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar, jumladan, koronavirus pandemiyasi va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ham to‘sqinlik qildi.

Shunga qaramay, rasmiylarning ta’kidlashicha, o‘tgan yili xususiylashtirish 11,3 trillion so‘m yoki 993 million dollarni tashkil qilgan. Bu o‘tgan o‘n yildagidan 10 barobar ko‘pdir.

XS
SM
MD
LG