Линклар

Шошилинч хабар
11 декабр 2024, Тошкент вақти: 14:34

Eurasia.net: Investorlarni jalb etishda shaffoflik qarindosh-urug‘chilikdan ustun keladimi?


Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan.

Toshkentda mamlakat iqtisodiy imkoniyatlari bilan sarmoyadorlarni tanishtirish maqsadida sentabr oyida o‘tkazilgan iqtisodiy forumni yoritgan Eurasia.net nashri o‘zbek mulozimlari anjumanda ko‘tarinki ruhda ko‘ringanliklarini yozmoqda.

Nashrning qayd etishicha, o‘zbek rasmiylari avvalroq Coca-Cola’ning o‘zbek franshizasi aksiyalari nazorat paketini turk shirkatiga baholangan qiymatidan 7 million dollar ortiq narxga sotish bo‘yicha yirik bitimni imzolagan edilar.

Mazkur bitim – 2019 - yilda e’lon qilingan bo‘lsa-da, ko‘pdan-ko‘p tashkiliy to‘siqlarga duch kelib, sustlashib qolgan xususiylashtirish kampaniyasini jonlantirish uchun ideal vositadir.

Eurasia.net Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) direktori Akmalxon Ortiqovning 29 - sentabr kuni tuzilgan bitim – “xususiylashtirishdagi dastlabki muvaffaqiyatli misollardan biridir”, degan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Ammo, nashrga ko‘ra, o‘sha kunning o‘zida imzolangan boshqa bitim jamoatchilikda ziddiyatli kayfiyat uyg‘otdi: Toshkent strategik ahamiyatga ega katta bir shirkatni (qarindoshlar nikohi orqali) prezident Shavkat Mirziyoyevga qarindosh tutingan rossiyalik nufuzli o‘zbek oligarxiga tendersiz topshirdi.

Ushbu bitimga binoan, Alisher Usmonov tomonidan nazorat qilinadigan shirkatlar 100 million dollar sarmoya yotqizish sharti bilan Ucell uyali aloqa operatorini sotib olgan qo‘shma korxonaning 51 foiz aksiyalarini qo‘lga kiritdi.

“UCELL sotilgani yo‘q, u qaytadan tashkil qilindi”, – dedi DABA matbuot xizmati rahbari Nozima To‘raboyeva Eurasianet.org nashrining hukumat shirkatni nega tender e’lon qilmasdan sotib yuborgani haqidagi savolga javoban.

“Oldi-sotdi shu tariqa amalga oshirildi, chunki mazkur shirkatda bizning ulushimiz baribir qoladi. Shu bois uni to‘liq xususiylashtirish zarur deb topilmadi”, – deya qo‘shimcha qildi u.

O‘sha paytda bosh vazir maslahatchisi lavozimida ishlagan Olimjon Umarov Usmonovga tegishli “Megafon” shirkatidek “qudratli o‘yinchi”ning (shirkat Rossiyada yirikligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi) O‘zbekiston telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga kirib kelishini olqishlab, u iqtisodiyotni “raqamli transformatsiya” qilishda Toshkent uchun zarur “ilg‘or texnologik yechimlar”ni joriy etishini aytdi.

Biroq O‘zbekistondagi eng katta uyali aloqa operatorining marhum jiyanining beva xotini orqali Mirziyoyevga quda bo‘lgan Usmonov nazoratiga shirkatlarga imi-jimida sotib yuborilgani xususiylashtirish jarayoniga qarindosh-urug‘chilik aralashayotganiga oid qator savollarni paydo qildi.

“Aynan shunaqa voqealar investorlarni hurkitishi mumkin”, – deydi qarorgohi Londonda joylashgan “PRISM Political Risk Management” konsalting shirkati tahlil bo‘limi boshlig‘i Ben Godvin va O‘zbekiston hozircha “mamlakatda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoit vujudga kelgani haqida boshqa sarmoyadorlarga signal berishi mumkin bo‘lgan yirik investorlar”ni jalb eta olmaganini ta’kidlaydi.

“Ana shu bitim, shuningdek O‘zbekistonning yerosti boyliklaridan foydalanish uchun litsenziyalarning kuchli siyosiy aloqalarga ega (yoki tuzilmasining haqiqiy sohiblari puxtalik bilan yashirilganidan kuchli siyosiy aloqalari borligini gumon qilish mumkin bo‘lgan) qator shirkatlarga berilayotgani tufayli mamlakatda chet ellik sarmoyadorlar uchun bir xil shart-sharoit yo‘q, degan tasavur hosil bo‘lmoqda”, – fikrini davom etiradi Godvin.

Hukumat xususiylashtirish borasida, shubhasiz, ulkan maqsadlarni ko‘zlagan.

5 йилда 6 баробар: Мирзиёев орттирган ташқи қарз
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:53 0:00

Rasmiylar 2025 - yilga qadar O‘zbekistondagi qariyb 3 mingta davlat korxonasini va ko‘chmas mulk obyektlari kabi boshqa aktivlarni to‘liq yoki qisman (75 foizga) xususiylashtirishga umid qilishmoqda. Ulardan aksari mayda shirkatlar sanaladi, biroq savdoga qo‘yilgan aktivlar orasida iqtisodiyot sektorlari, xususan energetika va elektr energiyasi ishlab chiqarish, foydali qazilmalarni qazib olish va transport sohalariga oid strategik muhim korxonalar ham bor.

Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi marhum Islom Karimovning 25 yillik boshqaruv davridan qolgan og‘ir meros bo‘lib, Mirziyoyev bunga chek qo‘yishga urinmoqda. O‘zbekistonda davlat korxonalarining iqtisodiyotdagi ulushi 55 foizni tashkil qiladi. Bank sektorida esa ushbu raqam 85 foiga boradiki, Toshkent uni 40 foizgacha kamaytirishni ko‘zlagan.

Sentabrda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy forum chog‘ida O‘zbekiston hukumati “Ipoteka-bank” aktsiyalari nazorat paketining Vengriyaning OTR banki tomonidan sotib olinishi to‘g‘risida bitim imzolab yana bir yutuqqa erishdi.

Ulushlar nisbati va bitim qiymatiga doir ma’lumotlar ochiqlangani yo‘q, ammo rasmiylar bank aktsiyalarining 75 foizi sotilishi haqida eslatib o‘tishdi. “OTR O‘zbekiston hukumati sotmoqchi bo‘lgan narsani xarid qiladi”, – dedi bank bosh direktorining o‘rinbosari Laslo Volf “Reuters” agentligiga.

“Ipoteka-bank” nazorat kengashi raisi Aleksandr Piker 1 - noyabr kuni Eurasianet.org’ga ma’lum qilishicha, oldi-sotdi yakunlanishiga oz qolgan.

“Bu yirik xorijiy bankka O‘zbekiston bozorida yirik ishtirokchi bo‘lish uchun berilgan birinchi imkoniyatdir”, – deydi u.

“Qozog‘iston xalq banki” O‘zbekistonga kirib kelgan birinchi xorijiy xususiy kredit muassasasi bo‘lgan edi, ammo ahamiyatiga ko‘ra uni OTR bilan aslo taqqoslab bo‘lmaydi.

Boorga ko‘p sonli investorlarning kirib kelishi O‘zbekistonning sust rivojlangan moliya sektoriga ilg‘or tajribalar va texnologiyalar joriy etilishiga yordam berishi kutilmoqda.

OTR esa, Piker aytgani kabi, O‘zbekiston bozoriga barcha banklardan oldin kirib kelgani, boz ustiga bu “ipoteka bozori gullab-yashnagan” va chakana bozorda “ulkan imkoniyatlar” taqdim etilayotgan pallaga to‘g‘ri kelgani sababli “kashshoflik imtiyozlari” yoki raqobat ustunligiga ega bo‘lyapti.

Pikerning ushbu lavozimga tayinlanishi bank tartib-taomillarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish orqali investorlar ishonchini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi edi.

Investorlarni jalb eta oladigan ko‘rinishga keltirish uchun ko‘plab yirik davlat korxonalarini tubdan o‘zgartirish lozim bo‘ladi.

“Ular tartibga solish funktsiyalarini davlatga qaytarishi, noprofil aktivlardan xalos bo‘lishi, ayrim holatlarda yirik korxonalarni mantiqiy tijorat birliklariga parchalashi, zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etishi kerak”, – deydi Godvin.

Mulozimlar sustlashuv sababini davlat korxonalarini xususiylashtirishga tayyorlash ko‘p mehnat talab qilishi, shuningdek koronavirus pandemiyasi bilan izohlashadi.

Fevral oyida Mirziyoyev ularga jarayonni tezlashtirish va iyul oyigacha jami qiymati 1 trillion so‘mga (94 mln dollar) teng davlat aktivlari sotilishini ta’minlash vazifasini topshirgan edi. Ular mo‘ljalni yanada balandroqdan olib, 105 million dollarlik aktivlarni sotib yuborishdi. Qiyoslash uchun, o‘tgan to‘rt yilda xususiylashtirishdan atigi 150 million dollar tushum bo‘lgan edi.

Daromad olishgani yaxshi, albatta, ammo bu asosiy maqsad emas.

“Gap samaradorlik haqida boryapti. Besamar davlat korxonalaridan qancha tez qutulsak, bizga shuncha yaxshi bo‘ladi”, – dedi yaqinda moliya vaziri Timur Ishmetov.

Ishmetovga ko‘ra, “ochiq bozor foydasiga proteksionizmdan voz kechish” jarayonida ommaga yoqmaydigan qarorlar qabul qilinishi turgan gap.

Davlat korxonalari ichida “ushbu islohotlarga ulkan institutsional qarshilik” paydo bo‘ladi, ogohlantiradi Godvin. “Qolaversa, har bir korxona uchun eng yuqori bozor qiymatida haq olish uchun DABA uning samaradorligini sezilarli darajada oshirish choralarini ko‘rishga majbur bo‘ladi, ya’ni, birinchi galda ishchi-xodimlar sonini qisqartiradi. Bu esa mamlakat uchun potentsial xavfli ijtimoiy muammoni yaratadi”, – deya qo‘shimcha qiladi ekspert.

“Xohish-istak harchand kuchli bo‘lmasin, ushbu olamshumul vazifani bajarish oson kechmaydi”, – deb aytgan Godvin Eurasia.net nashriga.

XS
SM
MD
LG