Линклар

Шошилинч хабар
01 июл 2022, Тошкент вақти: 20:05

Erdo‘g‘on NATOning kengayish rejasini yo‘qqa chiqarishi mumkinmi?


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish tashabbuslariga qarshi tobora qat’iy pozitsiyani egallamoqda.

Associated Press agentligining yozishicha, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken chorshanba kuni Nyu Yorkda turkiyalik hamkasbi bilan uchrashib, Anqaraning vaziyatni biroz mavhumlashtirgan pozitsiyasiga oydinlik kiritadi.

O‘jar ittifoqchi bilan muomala qilishda nozik diplomatiya kerakligini ta’kidlagan Bayden ma’muriyati Erdo‘g‘onning Turkiya xavfsizlikka tahdid sifatida ko‘rayotgan guruhlarni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun Shvetsiya va Finlandiyani NATOga qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymasligi haqidagi bayonotini e’tiborsiz qoldirgandek taassurot uyg‘otmoqda. Buning o‘rniga ma’muriyat yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan uchrashuvlarda quyi darajali turk rasmiylari aytgan so‘zlarga e’tibor qaratmoqda.

Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning a’zoligiga rozi bo‘lish evaziga Qo‘shma Shtatlardan biror narsa talab qilganmi yoki yo‘q degan savollarga javob berar ekan AQSh Davlat departamenti xodimi Ned Prays "Turkiya hukumati nomidan gapirish bizning ishimiz emas", dedi.

Qo‘shma Shtatlar va uning NATOdagi hamkorlarida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga alyansni mustahkamlash va kengaytirish orqali javob berish imkoniyati mavjud. Bu prezident Vladimir Putin maqsad qilgan urush boshidagi rejalarining mutlaqo aksidir.

Erdo‘g‘onning Shvetsiya va Finlyandiyaning a’zolik umidlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin bo‘lgan qarshiligi, Putin o‘tmishda foydalanishga urinib ko‘rgan alyansning zaif tomoniga yana bir bor ishora qiladi. Ya’ni bir a’zo qolgan 29 a’zo davlatlar qo‘llab-quvvatlaydigan harakatni cheklashi mumkin.

Agar boshqa a’zo davlatlar ham ovozlari uchun imtiyozlar olishga intilishi mumkinligi hisobga olinsa, Turkiyaning e’tirozlari Finlyandiya va Shvetsiyaning ittifoqqa qo‘shilish jarayonini bir necha oyga kechiktirishi mumkin.

Yillar davomida avtoritar qudrat sifatida kuchayib borayotgan Erdo‘g‘an oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan yetakchi sifatida tanilgan. Uning bayonotlari hatto turk diplomatlari yoki boshqa yuqori martabali amaldorlarining so‘zlarga zid kelgan holatlar ham bo‘lgan.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg yakshanba kuni Berlinda turk rasmiylari bilan muzokaralardan so‘ng "Turkiya a’zolikka to‘sqinlik qilish niyatida emasligini ochiq aytdi", dedi. Ayni paytda, Blinken va boshqa tashqi ishlar vazirlari, jumladan, Germaniya bosh diplomati Annalena Berbok NATOning barcha a’zolari, shu jumladan Turkiya ham ikki yangi davlatni iliq qarshi olishiga mutlaq ishonch bildirdi.

Shunga qaramay, dushanba kuni Erdo‘g‘on Finlyandiya va Shvetsiyani yanada qattiqroq tanqid qilib, ularni kurd jangarilari va Turkiya terrorchi deb hisoblaydigan boshqa guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda hamda Turkiyaning qurol-yarog‘ savdosiga cheklovlar qo‘yishda ayblab, ko‘pchilikni e’tiborini tortdi.

Путиннинг Украина, Ироқ ва Сурия уруши ҳақидаги фейклари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:40 0:00

“Har ikki davlat ham terror tashkilotlariga qarshi ochiq va aniq pozitsiyaga ega emas”, dedi Erdog‘on. “Biz Turkiyaga qarshi sanksiyalar qo‘yganlarga, xavfsizlik tashkiloti bo‘lgan NATOga a’zo bo‘lishiga “ha” deya olmaymiz”, deya Erdo‘g‘on so‘zlarini keltirgan AR.

Yaqin Sharq Instituti Turkiya dasturi direktori Go‘nul Tolning aytishicha, Erdo‘g‘on tez-tez keskin ohangda gapirsa-da, oxir-oqibat aylanib kelib, “oqilona” ish qilishga intiladi.

Turkiya Rossiyaning havo mudofaa tizimini sotib olganidan so‘ng F-35 ilg‘or qiruvchi samolyotlarini ishlab chiqish dasturidan chiqarib yuborilgach, yangi F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish yoki hech bo‘lmaganda mavjud parkini yangilash borasida AQShga bosim o‘tkazmoqda. Bu hafta Vashingtonda ikkala masala bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Ba’zi rasmiylarning fikricha, ular NATOning kengayishi masalasiga aloqasi yo‘q bo‘lsa-da, ikkalasiga ham tegishli rezolyutsiyalar Erdo‘g‘onni o‘z e’tirozlaridan voz kechishga ko‘ndirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG