Линклар

Шошилинч хабар
21 июл 2019, Тошкент вақти: 01:52

Xalqaro tashkilotlar Yevropa Ittifoqini Azimjon Asqarov masalasida qat’iy bo‘lishga chaqirdi


Azimjon Asqarov sud zalida.

Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda 7 iyul kuni o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvi arafasida sakkizta xalqaro tashkilot Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar mutasaddisi Federiko Mogeriniga huquq faoli Azimjon Asqarovni zudlikda qamoqdan ozod qilish masalasida murojaat qildi.

Халқаро ташкилотлар Европа Иттифоқини Азимжон Асқаров масаласида қатъий бўлишга чақирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00

Amnesty International, Fuqarolik huquqlari himoyachilari, Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi, Xyuman Rayts Votch, Front Line Defenders, Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik va Norvegiya Xelsinki qo‘mitasi kabi sakkizta nufuzli tashkilot 1 iyul kuni e’lon qilgan bayonotda Azimjon Asqarov noqonuniy, adolatsiz va noholis sudlov ortidan 9 yildan beri qamoqda o‘tirgani alohida ta’kidlangan.

Bayonotda aytilishicha, 68 yoshli Azimjon Asqarovning salomatligi qamoqda keskin yomonlashgan. Tashkilotlar “adolatsiz sudlov oqibatida qamoqda saqlanayotgan” Azimjon Asqarovni zudlikda qamoqdan ozod etish masalasini qirg‘iz hukumati bilan muzokaralar chog‘ida ko‘tarishni hamda Asqarovni davolanish uchun xorij davlatlaridan biriga olib chiqilishini talab etmoqda.

Bishkeklik Huquq faoli To‘laykan Ismailova bu bayonotga munosabat bildirar ekan:

-Uning ahvoli og‘ir, qattiq kasal. U sog‘lig‘i va yoshi jihatidan alohida e’tibordagi mahbuslar toifasiga kiradi. Bunday odamlarni qamoqdan ozod qilish lozim. Negaki, u qamoqda vafot etsa, sud hukmisiz o‘limga mahkum etilgan shaxs qatorida tilga olinadi,-deb fikr bildirdi.

Biroq Qirg‘iziston Jazoni o‘tash Bosh boshqarmasi huquq faollari fikriga qo‘shilmadi:

-Sudlangan Azimjon Asqarovning salomatligi qoniqarli. Uning kasalliklari yoshi keksayib qolgani bilan bog‘liq. U bizning tibbiy xizmatimiz nazoratiga olingan. Shifokorlar uni “Kasalxonaga yotqizmasa bo‘lmaydi” degan xulosaga kelgan emas, - dedi Jazoni o‘tash Bosh boshqarmasi rasmiy vakili Elenora Sabatarova.

Siyosatchi Ravshan Jeenbekov esa Azimjon Asqarov adolatsiz sudlov qurboni bo‘lganiga ishonishini bildirdi:

-Uning ishi kelajakda, albatta, qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Bugungi kunda huquq-tartibot tizimlariga ishonch deyarli yo‘q. Bugungi hokimiyatning uni oqlashga kuchi yetmaydi. Faqat xalq chindan e’tirof etgan kuchli hokimiyat va parlament mavjud bo‘lgan taqdirdagina Asqarov oqlanadi. Bugungi kunda xalqaro tashkilotlar bosim o‘tkazaveradi, lekin hukumat go‘yoki bunday muammo yo‘qligini bahona qilib, qutilib qolishga harakat qilaveradi, - dedi Ravshan Jeenbekov.

2016 yil aprelida BMT Qirg‘iziston Asqarovni ozod qilishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilgan, ammo qirg‘iz sudi hukmni o‘zgartirmagan.

Azimjon Asqarovga 2015 yili AQSh Davlat departamentining “Inson huquqlari faoli” mukofoti topishirilgan. Shundan so‘ng Bishkek hukumati norozilik sifatida Vashington bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik shartnomasini bekor qilgan edi.

Qirg‘iziston hukumati nazdida Azimjon Asqarov O‘shda 2010 yilda yuz bergan qirg‘inga aloqadordir.

O‘sh qirg‘inida 500ga yaqin odam halok bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarda haloq bo‘lganlarningg 70 foizi o‘zbek, 29 foizi qirg‘iz. 1 foizi boshqa millat vakillari ekani aytiladi.

Ayni paytda qirg‘inda ayblanib qamalgan 545 kishining 400 nafari o‘zbek, 133 nafari qirg‘iz va sakkiz nafari boshqa millat vakillaridir.

XS
SM
MD
LG