Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:43

Dollar so‘mga nisbatan yangi rekord qayd etdi - narx-navo ham o‘smoqda


Toshkent bozorlarida 1 kg go‘sht 90 ming so‘mgacha sotilmoqda.
Toshkent bozorlarida 1 kg go‘sht 90 ming so‘mgacha sotilmoqda.

11 - noyabr kuni O‘zbekiston tijoriy banklarida dollarning milliy valyutaga nisbatan kursi yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Spot nashri xabariga ko‘ra, shu kuni dollarni sotib olish kursi 10 ming 710 so‘m, sotish kursi esa 10 ming 770 so‘m qilib belgilangan.

Avvalgi rekord shu yil 16 - sentabrida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda dollar kursi 10 ming 760 so‘mgacha ko‘tarilgan edi.

Hisob palatasining yangi yil byudjeti loyihasi yuzasidan bergan prognoziga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 - yilda 1 AQSh dollarining qiymati 11 300 so‘mdan ortishi kutiladi.

Toshkentlik iqtisodchi Ahmad Ibrohimning Ozodlikka aytishicha, dollar kursining oshishiga nafaqat tashqi ta’sir, balki ichki inflyatsiya ko‘tarilayotgani ham sabab bo‘lmoqda:

- Birinchidan, Amerikaning o‘zida inflyatsiya keyingi 30 yildagi rekord darajaga yetdi. Bizda asosiy import tovarlarning hammasi dollarda bo‘lgani sabab ularning tannarxi oshayotgani so‘mning dollarga nisbatan qobiliyatini pasaytirmoqda. Asosiy faktorlardan yana bittasi, o‘zimizning ichki inflyatsiya ham oshib ketyapti. Tannarxlarning nisbatan oshishi, masalan, benzin narxi ko‘tarilgani, transport narxi qimmatlashagani, oziq-ovqatlarning oshgani - bular so‘mning dollarga nisbatiga o‘zining ta’sirini oshirib bormoqda. Shuning uchun dollar kursining oshish tendensiyasi-kutiladigan effekt. Dollar kursining oshishi oqibatida birlamchi ehtiyoj tovarlari - go‘sht, sut, yog‘ mahsulotlari qimmatlashi kuzatiladi. Masalan, 1 kilo lahm go‘shtning narxi 90 ming so‘mgacha sotilyapti. Eksport qilinadigan mahsulotlar tannarxida ham o‘sish sur’ati kuzatilyapti.

Iqtisodchi Ahmad Ibrohim o‘tgan oyda kartoshka va sabzi narxining rekord darajaga chiqqani sabablariga ham to‘xtaldi. Bu haqda u bilan suhbatda batafsil tinglaysiz:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:12 0:00
Бевосита линк

Davlat Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonda yillik nisbatda oziq-ovqat narxlari 14 foizga, 2021 - yilning 10 oyi ichida esa 7,3 foizga o‘sgan.

Qo‘mitaning bildirishicha, bu ko‘rsatkich 2019-2020 - yillardagiga nisbatan ancha kam. Jumladan, oziq-ovqat narxlari 2019 - yilda 19,5 foizga, 2020 - yilda 17 foizga o‘sgan edi.

Rasmiy monitoring natijalariga ko‘ra, oktabr oyida mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxi 1,9 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 1,1 foizga, xizmatlar narxi esa 0,5 foizga qimmatlagan. Ayni paytda yillik inflyatsiya darajasi 10,6 foizni tashkil qilmoqda.

Qo‘mita hisobotida ta’kidlanishicha, o‘tgan yillarda ham narxlar oshishi borasida oziq-ovqat mahsulotlari yetakchilik qilgan. Oziq-ovqat 2019 - yilning oktabrida 2,3 foizga, 2020 - yil oktabrida esa 2,8 foizga qimmatlagan.

Ayni paytda mustaqil iqtisodchilar so‘mning qurbi va inflyatsiya kutilmalari bilan bog‘liq rasmiy prognozlarga shubha bilan qarashadi. O‘zbekiston Moliya vazirining sobiq o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov Qishloq xo‘jaligi vazirligining 9 - noyabr kuni e’lon qilgan 2022 - yil bahorigacha sabzi narxi o‘zgarishsiz qolishi haqidagi bashoratini savol ostiga oldi.

"Moliya vazirligi kelasi yil rejalarini tayyorlayotganda USD/UZS almashuv kursini birmuncha yuqori belgilayapti va energetika, transport, mineral o‘g‘itlar sohalaridagi narxlar o‘sishi o‘z shipiga yetgani yo‘q. Boz ustiga ommaviy tarzda fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘rniga eksportga intilgan klasterlar yaratilmoqda. Ular sabzini asosiy eksport mahsuloti deb bilmaydilar. Hali hammasi oldinda...", deb yozdi iqtisodchi 11 - noyabr kuni o‘zining Feysbuk sahifasida.

XS
SM
MD
LG