Линклар

Шошилинч хабар
11 декабр 2024, Тошкент вақти: 15:30

Bloger Olimjon Haydarov 8 yilga qamaldi. Sud xronikasi

1-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudi bloger Olimjon Haydarovni 8 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Haydarov O‘zbekiston jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 2-qismi, 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

U tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Shuningdek, sud Majburiy ijro byurosi zimmasiga ijtimoiy tarmoqlardagi Haydarovga tegishli barcha kanal, sahifa va guruhlarni hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng o‘chirish yoki bloklash vazifasini yukladi.

Olimjon Haydarov shu yilning 29-iyul kuni hibsga olingan edi.

Hibs ortidan Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoyinlagan xabarda bloger tovlamachilik ustida qo‘lga olingani ma’lum qilingan.

Rasmiy xabarda Olimjon Haydarov Qo‘qondagi savdo kompleksi rasmiylaridan salbiy mazmundagi maqolani internetda tarqatmaslik evaziga $10 ming talab qilgani aytilgan.

"Kasbiy faoliyati bilan bog‘liq"

Ismini ochiqlamaslikni so‘ragan advokatlardan biri Ozodlikka blogerga qo‘yilgan ayblar "mutlaqo asossiz" ekani va sud tergovida bironta ayb o‘z isbotini topmaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, himoya tomoni Olimjon Haydarov ustidan tergov va sud jarayoni uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq deb ishonishini ta’kidladi.

"Tergov organining himoyamiz ostidagi Haydarovga nisbatan ilgari surayotgan iddaolari uydirma. Albatta, sudning bu ayblovni to‘la rad etib, oqlov hukmi chiqarishiga ishonamiz. Negaki, sud majlislarida bironta epizodda Haydarovga qo‘yilgan ayblov o‘z isbotini topmadi", dedi Ozodlik bilan suhbatda advokatlardan biri.

Sudda asosan, Olimjon Haydarov o‘z chiqishlarida tanqid qilgan mahalliy hokimiyat va huquq-tartibot idoralari vakillari, jumladan, Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov, shuningdek, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani IIBB xodimi hamda Farg‘ona viloyatidagi bozorlardan birining ta’sischisi Haydarovga qarshi ko‘rsatma bergan.

Olimjon Haydarov shu yilning 29-iyulida salbiy mazmundagi maqolani tarqatmaslik evaziga «Qo‘qon Istiqlol» savdo kompleksi rahbarlaridan 10 ming dollar talab qilganlikda gumonlanib hibsga olingan. U Farg‘ona viloyati IIB va Qo‘qon shahar prokuraturasi qoshidagi Departament xodimlari ishtirokidagi maxsus amaliyot davrida maxsus kimyoviy ishlov berilgan pul bilan ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborotlash va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi avgust oyida mamlakatdagi OAV rahbarlariga uning qo‘lga olinishi aks etgan video lavhani namoyish qilgan.

Biroq mahkama jarayonini kuzatayotgan Ozodlik manbasiga ko‘ra, maxsus amaliyot borasidagi bu video lavhalar jinoyat ishi materiallarida mavjud emas.

"Siyosiy sabablar"

Olimjon Haydarovning o‘zi hibsga olinganidan ko‘p o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan bayonotida o‘zini “siyosiy mahbus” deb atagandi.

Blogerning iddaosicha, uning qamalishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasbiy- professional faoliyati bilan bog‘liq. U o‘z faoliyati davrida yirik korrupsion sxemalarni fosh qilganini aytgan.

Avvalroq Ozodlik bilan eksklyuziv suhbatda AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik o‘zbek rasmiylarini so‘z va matbuot erkinligini hurmat qilishga chaqirgan edi:

“O‘zbekiston oxirgi bir necha yilda matbuot erkinligi borasida ulkan qadamlarni qo‘ydi. Ammo shu bilan birga, blogerlarga qarshi jinoyat ishlari tashvishga sabab bo‘lmoqda. Men O‘zbekiston hukumatini matbuot, so‘z va ifoda erkinligini hurmat qilishda davom etishga chaqiraman. Hukumat bu jinoyat ishlari ortida siyosiy sabablar turmaganiga amin bo‘lishi kerak, deb hisoblayman”.

Demokratiya, siyosiy erkinliklar va inson huquqlarini kuzatuvchi Freedom House xalqaro nodavlat tashkiloti o‘zining 2023-yilgi hisobotida O‘zbekistonni internet erkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatida qoldirdi. Tashkilotga ko‘ra, prezident Mirziyoyevning ayrim islohotlariga qaramasdan O‘zbekiston avtoritar davlat sifatida qolmoqda.

XS
SM
MD
LG