Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 20:39

Baxmutni yo‘qotish Ukraina uchun nimani anglatadi?


Ukraina askari Baxmut yaqinidagi rus armiyasi mavqeini nishonga olmoqda. 5-fevral, 2023
Ukraina askari Baxmut yaqinidagi rus armiyasi mavqeini nishonga olmoqda. 5-fevral, 2023

O‘tgan yil avgust oyidan beri Rossiya armiyasi va «Vagner» xususiy harbiy shirkati Ukraina qo‘shinlarini kichik shaharchadan siqib chiqarishga urinmoqda.Dekabr oyida hujumlar kuchaydi va rus qo‘shinlari Baxmutni uch tomondan qurshab hujumga o‘ta boshladi. Biroq shaharga olib boruvchi birgina asosiy yo‘l hali ham Ukraina nazoratida qolmoqda. Ammo, Baxmut yaqin kunlarda butunlay ruslar qo‘liga o‘tishi mumkin.

Harbiy ekspertlar Baxmut strategik ahamiyatdan ko‘ra ko‘proq ramziy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashadi. Shaharcha Baxmutka daryosi bo‘yida, Lugansk viloyati ma’muriy chegarasidan 20 kilometr g‘arbda joylashgan. Urushdan oldin 70 mingga yaqin aholiga ega Baxmut shahri, asosan vinolari va tuz konlari bilan mashhur bo‘lgan.

Ruslarning to‘xtovsiz hujumlari davom etarkan, Baxmut bir necha kun ichida boy berilishi mumkin.

“Ich-ichimdan shuni his qilyapmanki, biz shaharni saqlab qolamiz. «Ha, bu juda qiyin. Dushmanning muttasil hujumlariga bardosh berish qiyin. Hozir shaharga kirish qiyin. Lekin baribir, safimizga yangi askarlar kelyapti, o‘q-dorilar kelyapti, yaradorlar olib chiqilmoqda», deydi Ukrainaning 5-hujum brigadasi askari Yuriy Sirotyuk.

Украинага босқин: 375-кун | Бахмут атрофида шиддатли жанглар. АҚШдан янги ёрдам пакети
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:07 0:00

Ukrain rasmiylari, jumladan prezident Vladimir Zelenskiy Baxmut mudofaasi davom etishini bildirdi

G‘arb rasmiylari esa ancha ehtiyotkor.

«Agar ukrainaliklar Baxmutdan chekinsa, men buni strategik muvaffaqiyatsizlik deb hisoblamayman. Ukrain harbiylari va yetakchilarning Baxmutni himoya qilish uchun qilgan ulkan mehnatini qadrsizlantirishdan yiroqman, lekin menimcha, Baxmut strategik ahamiyatdan ko‘ra ko‘proq ramziy ahamiyatga ega», dedi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin.

«Shunday ekan, Baxmutning boy berilishi ruslar urushning borishini o‘zgartirganini anglatmaydi», dedi u jurnalistlarga.

Ba’zi kuzatuvchilarning fikricha, ukrain qo‘shinlari Baxmut mudofaasini ushlab turish orqali Xarkovni qaytarib olishda ish bergan taktikani takrorlayotgan bo‘lishi mumkin. Ya’ni rus qo‘shinlariga katta talafot yetkazish, ularni kuchsizlantirish hamda bahor yoki yozda qarshi hujumga o‘tish.

Harbiy tahlilchilarga ko‘ra, Baxmutni qurshab olish Rossiyaga anchagina qimmatga tushdi. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan oylarda har bir halok bo‘lgan yoki yaralangan ukrain askariga 6-7 nafar halok bo‘lgan rus askari to‘g‘ri kelgan. NATO rasmiylari ham CNNga bergan intervyularida mazkur 1:7 nisbatni tasdiqladi.

Harbiy ekspertlarga ko‘ra, hozirda Ukraina va Rossiyaning yo‘qotishlari o‘rtasidagi farq katta emas.

«Rossiya harbiylari, keyingi bir necha oy davomida hujum operatsiyalarini davom ettirish uchun kuchini sarflab, Ukrainaga tashabbusni qo‘lga olish imkonini beradi», dedi AQSh urushni o‘rganish instituti.

Baxmutni egallash ruslarga Ukrainaning bir qator g‘alabalari ortidan va nihoyat, qandaydir g‘alaba bilan maqtanishga sharoit yaratadi.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Baxmutni qo‘lga kiritish Donetsk viloyatida keyingi hujumlarni boshlash uchun zamin hozirlashini aytdi.

Rossiya tomonida qurbonlarning aksari Vagnerchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Vagner qo‘shinlaridagi ko‘pchilik jazo muddatini qisqartirish evaziga urushga kelgan mahbuslar va ular yetarli harbiy malakaga ega emas.

Россия босқинига бир йил тўлди. Уруш хроникаси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:25:53 0:00

G‘arb rasmiylarining bildirishicha, 50 ming mahbus Vagner bilan shartnoma imzolagan hamda ularning deyarli hammasi Baxmut yuborilgan.

Ukraina sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari matbuot kotibi, polkovnik Sergey Cherevatiy Ozodlik radiosiga ta’kidlashicha, “Bu ularning Baxmutni egallash yo‘lidagi so‘nggi zarbasi. Ular hech bo‘lmaganda qandaydir kichik g‘alabani qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda".

Vagner asoschisi Yevgeniy Prigojin o‘z qo‘shinlari Baxmutni qo‘lga olganini bir necha bor da’vo qildi. Prigojin Ukraina kuchlarini yo‘q qilish asosiy maqsad ekanini ochiq iddao qildi.

Ukraina va G‘arb rasmiylari Baxmutga hujum qilayotgan Vagner qo‘shinlari tarkibi o‘zgargani, jangga professional tayyorgarlikdan o‘tgan askarlar tashlanganini bildirdi.

Prigojin so‘nggi haftalarda Shoygu va Rossiya Bosh shtab boshlig‘i, general Valeriy Gerasimovni Vagnerga ataylab o‘q-dorilar yetkazib bermaslikda aybladi.

«Haqiqat shundaki, agar ruslar Baxmutni qo‘lga olganda ham, ular faqat vayronalarga ega bo‘ladi. Bu minimal strategik ahamiyatga ega bo‘lgan shahar, bosqinchi kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun deyarli hech qanday infratuzilma ham yo‘q. Ruslar mazkur shaharni qo‘lga kiritish uchun juda ko‘p resurlarini sarflagani bu ularning urushdagi yomon strategiyasidan dalolat beradi», - deb yozadi avstraliyalik sobiq qo‘mondon Mik Rayan.

XS
SM
MD
LG