Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:59

Harbiy tavsiyanomaga ega abiturientlar imtiyoz qo‘llanilmaganiga norozilik bildirib yurish qildi (VIDEO)


DTM binosi oldida to‘plangan o‘nlab abituriyent qo‘lida harbiy tavsiyanomasi bo‘la turib, belgilangan kvota chegarasida ballari qo‘shib hisoblanmagani va o‘qishga kirolmay qolganidan norzilik bildirdi.
DTM binosi oldida to‘plangan o‘nlab abituriyent qo‘lida harbiy tavsiyanomasi bo‘la turib, belgilangan kvota chegarasida ballari qo‘shib hisoblanmagani va o‘qishga kirolmay qolganidan norzilik bildirdi.

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar 22 - oktabr kuni Toshkentda Davlat test markazi binosiga "norozilik yurishi" qildi.

Ozodlikka yo‘llangan videoda DTM binosi oldida to‘plangan o‘nlab abituriyent qo‘lida harbiy tavsiyanomasi bo‘la turib, belgilangan kvota chegarasida ballari qo‘shib hisoblanmagani va o‘qishga kirolmay qolganidan norozilik bildirayotgani aks etgan.

Ularni qarshi olgan DTM mulozimi harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar masalasi qayta ko‘rib chiqilishi va tez kunda hal qilinishini va’da bergan va shundan so‘ng abituriyentlar uylariga tarqalgan.

Ҳарбий тавсияномага эга абитуриентлар имтиёз қўлланилмаганига норозилик билдириб юриш қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:30 0:00

Norozilikdan bir kun o‘tib, Ozodlik suhbatlashgan DTM rahbari muovinlaridan biri esa, masala deyarli hal bo‘lgani, belgilangan chiziqdan yuqori ball olgan va harbiy imtiyozga ega barcha abituriyentlar talabalikka qabul qilinishini aytdi.

Abituriyentlardan biriga ko‘ra, o‘zi va yetmishdan ortiq norozi "Bodomzor" metro bekatidan Davlat test markazi tomon yurib borgan.

"Qashqadaryo, Jizzax, Namangandan kelganlar bor edi. "Bodomzor" metrosida to‘planib, test markaziga bordik. Videoda ko‘rgan bo‘lsangiz, militsiya xodimlari soprovojdat qilib bordi. DTMdan keyin Vazirlar Mahkamasiga yurish qilishimiz kerak edi. Lekin, bizni DTMdagilar qabul qilib, hammasi hal bo‘lishini va’da qilganidan so‘ng tarqaldik", - dedi ismi ochiqlanmasiligini so‘ragan abituriyent.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 7 - iyundagi 468-son qaroriga ko‘ra, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyasiga ega abituriyentlar uchun alohida qabul kvotalari ajratilgan.

Ammo, Ozodlik suhbatlashgan abituriyentlar olgan ballari belgilangan chiziqdan tepada bo‘lishiga qaramay, ular 5 foizlik kvotaga kiritilmagani va talabalikka qabul qilinmaganini aytishdi.

Bu haqda o‘z noroziligini bildirish uchun Qashqadaryodan Toshkentga kelgan abituriyentlardan biri bunday dedi:

"Harbiylar uchun o‘tish ballidan yuqori ball to‘plaganman. Qarshi davlat universitetida o‘zim topshirgan yo‘nalishda o‘tish balli 62,8 bo‘ldi. Men tavsiyanoma bilan birga hisoblaganda jami 98,1 ball to‘plaganman. Ammo menga talabalikka tavsiya qilinmadingiz, degan xat keldi. O‘rganib ko‘rsak, harbiy tavsiyanomalarimiz umuman inobatga olinmasdan bizga harbiy imtiyoz qo‘llanilmagan".

22 - oktabr kuni Toshkentdagi Davlat test markazi oldida to‘plangan abituriyentlar "Harbiy tavsiyanomamiz bo‘laturib, yetarlidan ham ortiq ball to‘plasak-da nega talabalikka qabul qilinmadik" degan savol bilan DTM rahbariyatiga yuzlanishdi.

Norozilik aks etgan videoda Davlat test markazi mulozimi abituriyentlarning bu savoliga javoban: "Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat qabul komissiyasi buni hal qiladi. Oralaringdan bitta odam vakil bo‘lib chiqsin, men Vazirlar Mahkamasi bilan ulab beraman", deydi.

"Bizda ayb yo‘q!"

DTM mulozimi yig‘ilganlarga, Davlat test markazidan xato o‘tmagani, DTMga berilgan ma’lumot asosida imtiyoz berilganini aytadi:

"Bizda ayb yo‘q. Tasdiqlanmay qolganlar bo‘yicha qaytadan tanlov o‘tkazilib, boshqatdan Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. Shu bo‘yicha hamma narsa tayyor. Men gaplashyapman mana Qabul komissiyasi bilan, "masala hal bo‘ladi, hammasi kiritilgan, imzoni kutmoqda", deyapti. Ozgina sabr qilinglar.

Abituriyentlar Toshkentda Davlat test markazi tomon yurish qilmoqda. 22 - oktabr, 2020 - yil.
Abituriyentlar Toshkentda Davlat test markazi tomon yurish qilmoqda. 22 - oktabr, 2020 - yil.

Ammo, Ozodlik bilan suhbatda bo‘lganlar bir oydan buyon DTM va Vazirlar Mahkamasi Qabul komissiyasi orasida sarson bo‘layotganliklarini aytishdi.

"Pandemiya payti u idoradan bu idoraga yuryapmiz, hech kim aybini bo‘yniga olmaydi. Qabul komissiyasi DTMga yuboradi, DTM Qabul komissiyasiga to‘nkaydi. Viloyatlardan kelgan yuzlab abiturient bor. Nima uchun DTM, Qabul komissiyasi xatosi deb, biz sarson bo‘lishimiz kerak", - deydi DTM oldida to‘plangan abituriyentlardan biri.

"Masala deyarli hal bo‘lgan"

Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar belgilangan kvota doirasida etarli ballni to‘plagan bo‘lsa nega talabalikka qabul qilinmadi? Qayerda xatolik bo‘ldi?

Ozodlik bu savol bilan Davlat test markazi Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qildi.

O‘zini boshqarma boshlig‘i muovini, deb tanishtirgan mulozim harbiy tavsiyanomaga ega 1800dan ortiq abituriyent masalasi tez kunda hal bo‘lishini aytdi:

- Hamma murojaatchining arizasi qayta ko‘rib chiqilyapti. Bu deyarli hal bo‘lgan. Men sizga bir narsani aytaman, balli tortilgan chiziqdan tepada bo‘lgan va harbiy imtiyozga ega barcha abituriyent talabalikka qabul qilinadi. Kecha ularga ham shu aytildi, - dedi mulozim.

Lekin, qayerda xatolik bo‘lgan, degan savolga DTM rahbariyatidan aniq javob olib bo‘lmadi.

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari soni kam, hujjat topshirgan yoshlarning o‘ndan biri uchun o‘rin bor, xolos.

Bu o‘rinlarning ayrimlari harbiy yoki militsionerlarning bolalari uchun band qilingan.

Bundan tashqari respublika fan olimpiadalari g‘oliblari hamda "Zulfiya", "Nihol", "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibalari, olis cho‘l tumanlari yoshlari, yosh tasviriy san’at ustalari, bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga OTMlarga o‘qishga kirishga imtiyozlar berilgan.

Iyun oyidan esa Farg‘ona viloyatining So‘x tumani yoshlariga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi 500ta o‘rin miqdorida maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

Bundan oldin Ozodlik qo‘shni davlatlarda shartnoma asosida o‘qigan, ammo hukumat talabi bilan mamlakatga qaytib kelgan yuzlab talaba O‘zbekistondagi OTMlarga qabul qilinmagani haqda xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG