Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:55

Bosh prokuratura: “Mendirman Jaloliddin” filmiga ajratilgan mablag‘ byudjetga qaytarilgan


Мендирман Жалолиддин фильми бўйича очилган жиноят ишидан парча
Мендирман Жалолиддин фильми бўйича очилган жиноят ишидан парча

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi O‘zbekkino Milliy agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochilgani va tergov harakatlari olib borilayotgani haqidagi Ozodlik xabarini rasman tasdiqladi.

10 - oktabr kuni Ozodlikning ayni jinoyat ishi tafsilotlariga doir maqolasidan bir necha soat o‘tib e’lon qilingan bayonotda Bosh prokuratura O‘zbekiston JKning 167-moddasi 3- qismi bilan ochilgan jinoyat ishi doirasida O‘zbekkino faoliyatiga tegishli hujjatlar olib qo‘yilganini ham tasdiqlagan.

Bayonotda jinoyat ishiga Moliya vazirligi O‘zbekkino Milliy agentligida o‘tkazgan tekshiruv hujjatlari asos bo‘lgani aytiladi.

Ayni paytda Bosh prokuratura Ozodlikning jinoyat ishiga doir hujjat nusxasi ilova qilingan maqolasidagi “Mendirman Jaloliddin” filmiga ajratilgan 533 mln so‘m mablag‘ "byudjetga qaytarilgani"ni aytgan.

Bosh prokuraturaga ko‘ra, 2018 - yil 22 - iyunida “O‘zbekkino Milliy agentligi hamda “Best organiser” MChJ o‘rtasida “Menman, Jaloliddin” nomli film yaratish haqida dastlabki shartnoma tuzilib, shartnomaga muvofiq oldindan avans sifatida 533 mln so‘m mablag‘ to‘lab berilgan”.

“Lekin, ushbu filmni suratga olish ishlari “Mendirman, Jaloliddin” nomi bilan Turkiya Respublikasidagi hamkorlar bilan olib borilganligi, uni ishlab chiqarish xarajatlari byudjetdan emas, balki boshqa homiylar tomonidan moliyalashtirilganligi sababli, “O‘zbekkino” Milliy agentligidan ajratilgan mablag‘lar filmni ishlab chiqarish uchun sarflanmagan va bugungi kunda byudjetga qaytarilgan”- deyiladi rasmiy bayonotda.

Bosh prokuratura mablag‘lar qachon qaytarilganini aytmagan, ammo “2020 - yil 3 - oktabr kuni taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan “Mendirman, Jaloliddin” filmiga tegishli hujjatlar olinmagan”i hamda “ushbu filmni ishlab chiqargan shaxslarni jinoyat ishiga hech qanday aloqadorligi yo‘q”ligini ta’kidlagan.

10 - oktabr kuni O‘zbekkino Milliy agentligi ham rasmiy bayonot tarqatib, agentlik faoliyati yuzasidan tergov harakatlari olib borilayotganini yana bir marta tasdiqladi.

Ozodlikka nusxasi yo‘llangan bayonotda “O‘zbekkino” Axborot xizmati “jinoyat ishiga Milliy mass-media fondi vasiylik kengashi raisi S.Mirziyoyevaning “mutlaqo aloqasi yo‘q”ligini ta’kidlaydi.

“O‘zbekkino” bayonotida filmga ajratilgan davlat mablag‘larining byudjetga qaytarilgani haqida so‘z yo‘q.

O‘z ismini oshkor etmaslikni so‘ragan “O‘zbekkino” mulozimining 10 - oktabr kuni Ozodlikka aytishicha¸“Mendirman Jaloliddin” filmiga ajratilgan 533 mln so‘m mablag‘ «zudlik bilan» qaytarilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hujjati
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hujjati

Ozodlikda nusxasi bo‘lgan tergov hujjatlariga ko‘ra, joriy yilning 11 - sentabrida “O‘zbekkino” milliy agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167 - moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish-tahr.) bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

21 - sentabr kuni Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi tergovchisi AAbdulahadov tomonidan imzolangan hujjatda "mazkur jinoyat ishi bo‘yicha hujjatlarni olib qo‘yish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash" haqida so‘z boradi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mulozimi 6 - oktabr kuni Ozodlik bilan suhbatda “Mendirman Jaloliddin” filmiga davlat g‘aznasidan mablag‘ sarflanmaganini aytgan edi.

3 - oktabr kuni Toshkentdagi taqdimot marosimida O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva film to‘laligicha O‘zbekistondagi eng yirik xususiy banklardan “Orient Finans Bank” tomonidan moliyalanganini ta’kidlagan.

“O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati vakili Ozodlikka agentlik faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan taftishlar natijasida jami 17 milliard so‘mlik kamomad aniqlanganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG