Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:44

“To‘qqiz bolali qizimni tuhmat ayblov bilan qariyb to‘qqiz yilga qamashdi”


Nargiza Tadjiyevaning Malayziyada qolgan besh farzandi
Nargiza Tadjiyevaning Malayziyada qolgan besh farzandi

Samarqand viloyat, Samarqand tuman, Talbai poyon qishlog‘idagi Navobod mahallasida yashaydigan 65 yashar Halima Murodovaning OzodMikrofonga arz qilishicha uning to‘qqiz farzandli qizi Nargiza Tadjiyevani 2016 - yilda to‘qima ayblov bilan 8 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilishgan.

“Тўққиз болали қизимни туҳмат айблов билан 8 йилу 8 ойга қамашди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:40 0:00
Бевосита линк

“Qizim 9 bolasi bor, mening uyimda yashardi. Eri yo‘q, yolg‘iz ayol. Samarqand tumani hokimligiga bir necha marta uy-joy qurish uchun yer so‘rab murojaat qildi, lekin berishmadi. 2016 - yilning sentabrida yerlar sotilayotgani haqidagi hujjatlar bilan prezident devoniga murojaat qilgan. Oradan bir oy o‘tmay tuman hokimi chaqirib, kel yer beramiz senga, degan. Hokimlikka borib qarorni qo‘liga olib chiqayotganda, militsiya xodimlari ushlab olib ketgan. Keyin uni Jinoyat Kodeksining 165 - moddasi, tovlamachilik bilan ayblab, 8 yilga kesib yuborishdi.

Nargiza Tadjiyeva farzandlari bilan
Nargiza Tadjiyeva farzandlari bilan

Qizim sudda unga qo‘yilgan ayblar barchasi tuhmat ekanligi, uni tergovchi shafqatsiz qiynoqqa solgan bo‘lsa ham birorta hujjatga imzo chekmaganini aytsa ham sud inobatga olmadi. Olti oylik va bir yarim yashar chaqaloqlari borligini ham inobatga olmay, uning to‘rtta bolasini mehribonlik uyiga topshirib yubordi. Qolgan besh bolasi u ishlab turgan Malayziyada qolgan. Ularni o‘sha yerdagi musulmonlar qarab turibdi. Arz qilmagan joyim qolmadi, qayerga arz qilsam yana aylanib Samarqandga qaytib kelaveradi.

Yaqinda to‘rt bolani o‘zim nomimga vasiylik qilib, mehribonlik uyidan oldim. Bolalar ona mehrisiz katta bo‘lmoqda, qiyin kunlarga qoldim. Tuhmat bilan qamalgan qizimni ozodlikka chiqishiga yordam beringlar!”

Nargiza Tadjiyevaning besh qizi va to‘rt o‘g‘li bor. Farzandlar 2012-2016 yillar oralig‘ida tug‘ilgan.

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG