Линклар

Шошилинч хабар
24 октябр 2020, Тошкент вақти: 16:11

Qashqadaryoda "paxta sabab" tanbeh eshitgan mahalla xodimasi o‘z joniga qasd qilishga urindi


Shaxnoza Bahromova kasalxonada. 23 - sentabr kuni olingan surat.

Qashqadaryo viloyati Koson tuman “Bog‘ishamol ” MFY xodimi 45 yashar Shaxnoza Bahromova joriy yilning 23 - sentabr ertalab o‘z joniga qasd qilishga uringani ortidan tuman kasalxonasiga yotqizildi.

Kasalxonada hushiga kelgan Bahromova hodisada Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Qashqadaryo boshqarmasi xodimlarini ayblamoqda.

Uning Ozodlik bilan suhbatda iddao qilishicha, qo‘shimcha terimchilar jalb qilmagani uchun dakki yegani ortidan sirka ichib, o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Maxalliy mulozimlar esa Bahromovaning gapini "noo‘rin" va "haqiqatdan uzoq" deyishmoqda.

Sirka ichish oldidan Bahromova “Tumandagi paxta majburiy mehnati bilan bog‘liq xolatga isyon sifatida” o‘z joniga qasd qilgani haqida Ozodlikda nushasi bo‘lgan maktubda yozib qo‘ygan.

Bahromovaning joniga qasd qilishdan oldin yozgan maktubi
Bahromovaning joniga qasd qilishdan oldin yozgan maktubi

Maktubdan parcha: “Nega davlatga xalq paxta yig‘im terimida kerak bo‘lib qoladi? Soliq to‘lovchi xalqku! Xalq yo‘l so‘raganda¸ svet so‘raganda¸ gaz so‘raganda¸ adolat so‘raganda davlat tomosha qilib turadi. Soxta dalolatnoma tuzib “zo‘r- zo‘r” deyishdan charchadim. Koson tumanimizda majburiy mehnat “qattiq” xarflar bilan emas “yumshoq” xarflar bilan hamon davom etmoqda....Men hamma narsadan¸ hayotdan ham charchadim. Yolg‘on yashashni to‘xtatinglar. Men yolg‘on yashashga chek qo‘yyapman.”

Uch varaqli maktubda paxta safarbarligi haqida mana bu jumlalar ham bor :

“ Uch yildan beri mahallada ishlasamda¸ hokimiyat aytgan topshiriqlarni xokimiyat xoxishidagidek¸ hatto undan ziyoda qilib bajarsamda Koson tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi rahbari Nodira Qodirova tomonidan ochiqchasiga telegramdan ishlamaganga chiqarildim. Majburiy mehnat yo‘q deysizlar. Paxtaga targ‘ibot o‘tqazib odam chiqarmaganligim sababli men qoralandim. Imkoni bo‘lsa oddiy xalq o‘zi uchun chiqib teryapti. Men ularga nimalardir va’da berib majburiy paxtaga chiqara olmayman. Telegramdagi bepisandliklar paxtaga odam olib chiqmaganim uchun bo‘ldi”

23 - sentabr kuni ertalab qizi tarafidan kasalxonaga olib kelingan Bahromova xushiga kelganidan keyin kunning ikkinchi yarmida Ozodlik bilan suhbatlashib “Paxta terimidagi mavjud otryadlarga qo‘shimcha yana yangi terimchi topish bo‘yicha Koson tumani hokimining o‘rinbosari Nodira Qodirovadan dakki eshitganidan tushkunlikka tushib o‘z umriga nuqta qo‘yishga qaror qilganligini" ta’kidladi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:48 0:00
Бевосита линк

Rasmiy raddiya

Koson tumani hokimining o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Nodira Qodirova Ozodlik bilan 23 - sentabrdagi suhbatda Bahromovaga hech kim bosim o‘tkazmaganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, tumanda paxta safarbarligi bilan bog‘liq majburiy mehnat "umuman yo‘q".

“Men voqeani eshitiboq kasalxonaga borib, Bahromovaning holidan xabar oldim. Bahromovaning o‘g‘li firibgarlikda ayblanib, ishi sudda. O‘g‘li qamalganidan tushkunlikka tushganini aytib, yordam so‘radi. Men lavozimim taqozosi bilan faqat MFY rahbarlari bilan gaplashaman. Bu ayolga terimchilar shakllantirish bo‘yicha topshiriq bermaganman. Telegramda umumiy qilib, voyaga yetmaganlar paxtaga safarbar qilinmasin, degan vazifani hamma qatorida u kishiga ham yo‘llaganman. Bor gap shu.”

Ozodlikda Koson tumani hokimining o‘rinbosari Nodira Qodirovaning Telegram tarmog‘i orqali terimchilar sonini ko‘paytirish haqida 21 - sentabrda yo‘llagan ko‘rsatma nusxasi bor.

Hokim o‘rinbosari ko‘rsatmasi
Hokim o‘rinbosari ko‘rsatmasi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Qashqadaryo viloyat boshqarasi boshlig‘i Ozodlik bilan suhbatda “paxtani yig‘ib-terib olish bilan klasterlar shug‘ullanayotganligini va shundoq ham kilosiga 1000 so‘m olib terimchi bo‘lish ishtiyoqida bo‘lganlar ko‘pligini” aytdi.

"Ahvoli qoniqarli"

Ozodlik Bahromova yotgan kasalxona vrachlari bilan gaplashdi. Ularning aytishicha¸ bemorning ahvoli qoniqarli¸ barcha muolajalar o‘z vaqtida tizimli bajarilmoqda.

Ozodlikda nushasi mavjud 8649- raqamli “bemorning tibbiy bayonnomasi”da Koson tuman Qo‘ybog‘ mahallasida yashovchi bemor Shahnoza Bahromovaning 23 - sentabr kuni ertalab soat 9 dan 14 minut o‘tganda “o‘zi murojaat qilgani” va “o‘zi yura olishi” aytiladi. Bayonnomada bemorda dorilarning nojo‘ya ta’siri kuzatilmagani ta’kidlanadi.

Tibbiy bayonnoma
Tibbiy bayonnoma
XS
SM
MD
LG