Линклар

Шошилинч хабар
21 октябр 2020, Тошкент вақти: 01:04

Aravonda saylovda raqobatlashayotgan partiyalarning tarafdorlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etildi (VIDEO)


Aravondagi mushtlashuv videosidan skrinshot.

Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Aravon tumanida parlament saylovi arafasida olib borilayotgan targ‘ibot paytida ikki raqobatchi partiya tarafdorlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etildi.

20 - sentabr kuni bo‘lgan hodisada 12 odam kasalxonaga tushgan. Bir kishining axvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Militsiya mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovni boshladi.

Qirg‘izistonda parlament saylovlari 4 - oktabrda o‘tkaziladi. Bu saylovda 16 partiya parlamentdagi 120 o‘rin uchun kurashmoqda.

20 - sentabr kuni O‘sh viloyatining Aravon tumanida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan 21 - sentabr kuni "Mekenim Kirgizstan" (“Vatanim Qirg‘iziston”) va "Birimdik" (“Birdamlik”) partiyasi rasmiy bayonot tarqatadi.

"Mekenim Kirgizstan" partiyasi bayonotida aytilishicha, 20 - sentabrьkuni partiya nomzodi Ilhom Mannonov Aravon tumanida mahalliy aholi bilan uchrashuv o‘tkazgan. Uchrashuv paytida “provokatorlar janjal chiqargan”.

Partiya mushtlashuv ortidan o‘zining bir necha tarafdori kasalxonaga yotqizilganinini ta’kidlagan. Ularning biri O‘sh hududiy kasalxonasida og‘ir ahvolda. Mazkur partiya o‘z bildiruvida provokatorlar kimlar ekanini ochiqlamagan.

"Birimdik" partiyasi bayonotida “provokatorlar qonuniy javobgarlikka tortilishi shart ekani” qayd etiladi. Partiya huquq-tartibot organlari tez kunda ommaviy mushtlashuv aybdorlarni topishiga ishonishini yozgan.

20 - sentabr kuni kechga yaqin Aravon tumanining Yusupov qishloq hukumatiga qarashli Aravon qishlog‘ida "Mekenim Kirgizstan" partiyasi tashviqot ishlarini olib borayotganida ommaviy mushtlashuv yuz bergan edi.

O‘sh viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jenish Ashirbayevning aytishicha, janjalda besh avtomashina ham vayron qilingan.

Aravon tuman militsiyasi voqea yuzasidan dastlabki tergovni boshlagan.

- O‘n bir odam Aravon tuman kasalxonasiga, bir odam O‘sh shahar kasalxonasiga murojaat qilgan. Bugungi kunda o‘sha janjalni chiqargan o‘nga yaqin fuqaro qo‘lga olinib, so‘roq beryapti. Bundan tashqari janjalga qatnashgan 12 odam ham kasalxonadan chiqqanidan so‘ng tergovga chaqirtiriladi. Janjal “Menenim Kirgizstan” partiyasidan deputatlikka nomzod boshqa partiyadan bo‘lgan nomzodni qoralay boshlagani ortidan kelib chiqqan. Qoralanayotgan nomzodning hamshaharlari va qarindoshlari bu tanqidni noto‘g‘ri qabul qilishi oqibatida janjal chiqqani bizga ma’lum,- dedi Jenish Ashirbayev.

21 - sentabr kuni Qirg‘iziston Bosh vaziri Qubatbek Bo‘ro‘nov Ichki ishlar vazirligiga O‘sh viloyati Aravon tumanida ikki partiya vakillari o‘rtasida chiqqan janjalni tez orada tergov qilishni topshirdi.

Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan nomzodlar ro‘yxatidan ma’lum bo‘lishicha, Aravon tumanidan “Birimdik” partiyasidan Yusupov qishloq hukumatining rahbari Shukurullo Fayzullayev deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatilgan.

Fayzulayev mazkur qishloq hukumatini 14 yildan beri boshqarib keladi.

Mushtlashuv aynan mana shu nomzod sha’niga aytilgan gaplar ortidan kelib chiqqani tahmin qilinmoqda.

Ilhom Mannonov esa turli yillarda O‘zgan, Aravon, Novqat tuman Ichki ishlar bo‘limlarini boshqargan. 2015 - yili Sotsial-demokratlar partiyasidan parlament deputatligiga saylangan.

Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari 2020 - yil 4 - oktabrda bo‘lib o‘tadi. Unda 16 ta partiya ishtirok etadi.

XS
SM
MD
LG