Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:50

Facebook yana blokda: O‘zbekistonliklar ommaviy ravishda VPN ilovalarini yuklamoqda


 VPN ilovalari O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan ilovalar beshtaligiga kirgan - beshtalikning to‘rttasi- VPN.
VPN ilovalari O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olinayotgan ilovalar beshtaligiga kirgan - beshtalikning to‘rttasi- VPN.

App Annie mobil tahlil servisiga ko‘ra, VPN ilovalari 17 avgust kuni O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar beshtaligiga kirgan.

Aytilishicha¸ VPN ilovalariga nisbatan talabning bu qadar favqulodda oshishi O‘zbekistonda so‘nggi uch yil ichida birinchi marta kuzatilmoqda.

Tarmoqdagi o‘zbekistonlik foydalanuvchilarga ko‘ra, 1,5 oydan beri Facebook to‘sib qo‘yilgan, keyingi bir hafta davomida esa Instagramga kirish ham qiyinlashgan.

"O‘zbektelekom"ning Ozodlik bog‘langan mulozimi tarmoqlar to‘sib qo‘yilganiga kompaniyaning aloqasi yo‘qligini, bundan manfaatdor ham emasligini ta’kidladi.

VPN ilovalari ommabop Telegramni ham ortda qoldirdi...

Keyingi 1,5 yil davomida tarmoqlarga kirishda muammo sezmagan o‘zbekistonlik foydalanuvchilar 1,5 oydan buyon yana VPNdan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.

App Annie mobil tahlil servisiga ko‘ra, O‘zbekistonda iOS foydalanuvchilari ommaviy ravishda VPN ilovalarini o‘rnatib olmoqda.

Avgust boshidan boshlab Instagram tarmog‘iga kirishda ham muammolar bo‘layotgani haqida yozgan Spot.uz nashri hisob-kitobicha, VPN ilovalarini ommaviy o‘rnatish so‘nggi 3 yil ichida ilk bor kuzatilmoqda.

Hozirda VPN ilovalari O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar beshligiga kirgan, hatto Telegram hamda Instagram kabi an’anaviy yetakchilarni ham ortda qoldirgan.

App Annie ma’lumotiga ko‘ra, 17 avgust kuni VPN ilovalari O‘zbekiston ichkarisidagi iPhonelarga yuklanayotgan top beshlik tepasiga chiqqan.

Ikki yil oldingi ssenariy!?

O‘zbekistonlik jurnalist va bloger Zafarbek Solijonov Ozodlik bilan suhbatda iyul oyi boshida Facebook to‘sib qo‘yilganidan buyon VPN ilovasidan foydalanayotganini aytadi.

- 1,5 oy bo‘ldi. Feysbuk blok bo‘lganiga. Blok qo‘yganini qanday bildik? VPN orqali kirdik. VPNsiz Feysbukka kiraman desangiz, umuman iloji yo‘q. Shunaqa qilishganki, VPNsiz kira olmaysiz. Lekin rasmiylar hech qanday ko‘rinishda izohlamayapti. Xuddi ikki yil oldingi ssenariy takrorlanayotganday. O‘sha paytda ham Feysbuk bilan Yutub ishlamagan, rasmiylar aybni o‘zidan soqit qilishgan. Lekin keyinchalik rasmiy chiqib, bu hukumat talabi bilan qilinganini tan olgan. Hozir yana o‘sha ssenariy takrorlanyapti. Biroq men bular nimaga erishmoqchi bo‘layotganini tushunmayapman. Mobil texnikalardan foydalanadigan 90 foiz odam blok bo‘lgan Feysbukka VPN bilan kirish mumkin ekanligini biladi. Unda nimaga kerak bu narsa?

"O‘zbektelekom": Feysbuk to‘silishiga bizning aloqamiz yo‘q!

Davlatga qarashli "O‘zbektelekom" shirkatining 18 avgust kuni Ozodlik gaplashgan mulozimi Feysbuk to‘sib qo‘yilganiga kompaniyaning aloqasi yo‘qligini iddao qildi.

“Feysbuk yoki boshqa tarmoqlarning ishlamasligiga bizning kompaniyaning aloqasi yo‘q. Bizning kompaniya yoki aloqa sohasi tizimlari tomonidan hech qanaqa cheklov qo‘yilmagan. Biz aloqa xizmatlarini taqdim etamiz. Abonentlarimiz uchun Internet tarmog‘iga ulanishni tashkil qilib beramiz. Internetdagi qanaqadir ijtimoiy tarmoq ishlash-ishlamasligi, u tarmoqdagi yuzaga kelayotgan muammolar, qiyinchiliklarning bittasi ham bizlarga bog‘liq emas. Biz shunchaki Internet aloqasi bilan abonentning o‘rtasida ulab beruvchi bo‘g‘inmiz. Biz hech qanday cheklov o‘rnatmaymiz. Biz abonentlarimiz Internetdan foydalanganidan foyda ko‘ramiz. Tarmoqlarning to‘silishidan esa biz manfaatdor emasmiz”, dedi ismi oshkor qilinmasligini so‘ragan "O‘zbektelekom" mulozimi.

Ayni paytda bu mulozim¸ijtimoiy tarmoqlarni kim bloklayotganiga oid savolni javobsiz qoldirdi.

Allamjonov: Tarmoqlarni to‘sishdan foyda yo‘q, chunki VPN bor!

Joriy yilning 8 avgust kuni O‘zbekistonda blogerlarning akkauntlariga qilingan hujumlarni qoralab chiqqan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi rahbari Komil Allamjonov o‘z video murojaatida Facebook tarmog‘ining bloklanganini ham tanqid qildi.

Ushbu chiqishida Allamjonov foydalanuvchilar VPN orqali istalgan saytga kira olishi bois¸ bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarni to‘sib qo‘yishdan foyda yo‘qligini ta’kidlagan edi.

Ayni paytda¸ prezident sobiq matbuot kotibi VPN o‘rnatgan foydalanuvchilarda terroristik, ekstremistik, pornografik, qurol-yarog‘ savdosiga aloqador resurslarga kirish imkoniyati ham paydo bo‘lishi xususida xavotir ham bildirgan edi.

O‘zbekistonda 2018 yilning avgust oyidan boshlab 1,5 yil davomida Facebook, YouTube va VKontakte ijtimoiy tarmog‘i to‘sib qo‘yilgan ¸ lekin o‘zbekistonliklar VPN orqali bu tarmoqlardan foydalanishda davom etgan edi.

2019 yilning 19 fevralidan boshlab, ushbu tarmoqlar to‘siqsiz ishlay boshladi.

O‘sha paytda bunday vaziyat nega yuzaga kelgani to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berilmagan, biroq rasmiylar bu holatni telekommunikatsiya uskunalarining yangilanayotgani va kriptografik kalitlarning o‘zgartirilayotgani bilan izohlashga harakat qilgan.

O‘sha paytda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari lavozimida ishlagan Komil Allamjonov O‘zbekistonda Facebook va YouTube'ni bloklaganlarning jazolanganini tilga olgan edi.

“Ularning fikricha juda ko‘p negativ paydo bo‘lgan. Ular Feysbuk va Yutubni yopish orqali negativ axborot oqimini ozaytirish mumkin, degan qarorga kelishgan. Bu masalada juda jiddiy munozara bo‘lgan. Men negativga qarshi kontrargument va kontrfaktlar bilan kurashish kerak deb aytganman”, degan edi Allamjonov jumladan.

So‘z erkinligini bo‘g‘ish!?

O‘zbekistonda Facebookning bloklanishi mustaqil blogerlar akkauntlariga hujum uyushtirilib¸ mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullayevning Qirg‘izistonda ushlanishi bilan bir paytda kuzatilmoqda.

Ortida O‘zbekiston maxsus xizmatlari turgani taxmin etilayotgan bu amaliyotlar¸ Mirziyoyev hokimiyatga kelgandan so‘ng nisbatan yumshagan so‘z va ifoda erkinligining qayta bo‘g‘ilishi sifatida ko‘rilmoqda.

Xususan¸ jurnalist va bloger Solijonov Feysbuk tarmog‘inining to‘sib qo‘yilganini matbuot erkinligiga qilinayotgan tajovuz deb hisoblaydi.

- Buni so‘z erkinligini bo‘g‘ish, senzuraning bir ko‘rinishi, deyish mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:23 0:00
Бевосита линк

Joriy oy boshida O‘zbekistonda taniqli bloger va jurnalistlarning Telegram akkauntlariga hakerlar hujumi kuzatildi. Bu holat ham to‘g‘ridan- to‘g‘ri so‘z erkinligiga tahdid deb baholandi.

9 avgust kuni esa o‘zbekistonlik jurnalist Bobomurod Abdullayev Bishkekdagi kafelardan birida Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. MXDQ jurnalistning O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra ushlanganini bildirdi.

Sud binosiga qo‘lida kishan bilan olib kelingan Bobomurod Abdullayev jurnalistlarga O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari uni internetda "Qora mergan" taxallusi bilan maqolalar e’lon qilayotgan akkauntga aloqadorlikda ayblayotganini aytgandi.

"Qora mergan" taxallusi bilan asosan¸ O‘zbekiston 1-oilasi haëtiga oid shov-shuvli iddaolar ëzilgan ilk postlar aynan Facebook¸ so‘ngra Telegram tarmog‘ida paydo bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG