Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:28

SamDU rahbariyati talabalar kontraktga oid norozilik harakatiga qo‘shilishining oldini olishga urinmoqda (VIDEO)


Internetdagi talabalar guruhlari
Internetdagi talabalar guruhlari

Samarqand davlat universiteti (SamDU) rahbariyati oliygoh talabalarini kontrakt to‘lovini arzonlashtirish talabi bilan o‘tayotgan yoshlarning onlayn norozilik harakatiga qo‘shilmaslik choralarini ko‘ra boshladi.

Ozodlikka bog‘langan talabalarga ko‘ra, o‘qituvchilar ularga ushbu norozilik harakatiga qo‘shilmaslikni aytib, aks holda oqibati yaxshi bo‘lmasligidan ularni ogohlantirgan.

Ayni paytda SamDU rahbariyati o‘qituvchilardan "talabalarim norozilik harakatiga qo‘shilmaydi", degan mazmunda tilxat ham olmoqda.

SamDU rasmiylaridan biri tilxat bilan bog‘liq holatni inkor qildi, biroq talabalarning kontrakt bo‘yicha noroziliklari o‘rganilayotganini bildirdi.

Ayni paytda ayrim deputatlar ham talabalar himoyasiga chiqdi.

2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston oliygohlarida kontrakt miqdori o‘zgartirilmasligi e’lon qilinganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘z noroziligini ifodalashga kirishdi.

Telegram tarmog‘ida ochilgan o‘nlab guruhga qo‘shilgan talabalar pandemiya sharoitida minglab oila duch kelayotgan moliyaviy muammolar sabab kontrakt to‘lovi arzonlashtirilishini talab qilmoqda.

Talabalarga ogohlantiruv

13 avgust kuni SamDU talabalari kontrakt to‘lovi bo‘yicha norozilik harakatiga qo‘shilmaslik borasida ogohlantirildi.

Bu haqda Ozodlikka SamDU talabalaridan biri xabar qildi:

“Kecha domlamiz telefon qilib, “Telegramdagi "Yoshlarni qo‘llab- quvvatlash" va "Talabalar harakati"ga a’zo emasmisan”, deb so‘radi. Men nafaqat bu ikki guruh, balki #kontraktni_tushuring xeshtegi ostida ochilayotgan hamma guruhlarga qo‘shilganman. Lekin domlamga “qo‘shilmaganman”, dedim. Domlam “qo‘shilma, yoshlik qilib, shu narsalarga aralashib, qolsang, ertaga oqibati yomon bo‘ladi”, dedi. Men guruhimiz faollaridan bo‘lganim uchun domlam uning gaplarini kursdoshlarimga yetkazishimni ham ta’kidladi”, deydi o‘qishdan haydalashi xavfi sabab anonim qolish istagini bildirgan talaba yigit.

SamDU talabalari bilan gaplashgan Ozodlikning Samarqanddagi mobil muxbiri ham bu gapni tasdiqladi:

“Magistrantlarga bu haqda hech narsa deyilmagan. Lekin 3 -kursda o‘qiydigan talabaning aytishicha, kecha kuratori telefon qilib, “Telegramdami, boshqa joydami, hech qanday harakatlarga qo‘shilib, yurmanglar, tinch yuringlar”, deb ogohlantirgan”.

Domlalardan tilxat olinmoqda

Ayni paytda SamDU rahbariyati oliygohdagi dekan va guruh rahbarlaridan tilxat olmoqda. O‘qituvchilar tilxatda o‘z talabalarini norozilik harakatiga qo‘shilmasligiga so‘z berishmoqda.

Ozodlikda SamDU o‘qituvchilari yozayotgan shunday tilxatlardan ikkitasining blanka - nusxasi bor.

Bu tilxatlar blankasi SamDU o‘qituvchilarining Telegramdagi guruhiga qo‘yilgan bo‘lib, Ozodlik tilxatlarni tarqatgan akkaunt egasi bilan bog‘landi.

Oliygohdagi fakultetlardan birida guruh rahbari (Ozodlikka uning ismi-sharifi ma’lum) bo‘lib ishlaydigan o‘qituvchi, hozirda kasalligini aytib, tilxat bilan bog‘liq savollarimizni javobsiz qoldirdi.

Tilxatlar blankasidan ma’lum bo‘lishicha, ikkala tilxat ham SamDU rektori R. Xalmuradov nomiga yozilgan bo‘lib, birini dekan, ikkinchisi guruh rahbari to‘ldirishi lozim bo‘lgan.

“Fakultet talabalari “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash” va “Talabalar harakati” telegram kanallariga a’zo emas. Shu kanallar orqali to‘lov-kontrakt puli miqdorini kamaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etmaganligiga kafolat beraman”, deyiladi tilxat nusxasida.

Ozodlik bog‘langan SamDU rasmiylaridan biri tilxat bilan bog‘liq holatni inkor qildi, biroq talabalarning kontrakt bo‘yicha noroziliklari o‘rganilayotganini ta’kidladi.

“Inomjon Urishevich (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov) kontrakt masalasida barcha oliygohlar rahbarlariga topshiriq bergan. Biz ham talabalarimiz orasida moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lmagan talabalar ro‘yxatini tuzib, kim kontarktni to‘lay olmayotgani yoki kim kontrakt borasida norozilik bildirayotganini o‘rganyapmiz. Lekin bu talabalarga bosim o‘tkazish uchun emas. Balki ularga yordam berish maqsadida qilinmoqda. Domlalardan tilxat olinayotgani ham bo‘lmagan gap”, dedi matbuotga gapirish vakolati yo‘qligi sabab ismi ochiqlanmasligini so‘ragan oliygoh rasmiysi.

Talabalarning onlayn harakati

Keyingi bir hafta davomida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zbekistonlik talabalarning o‘nlab guruhi tashkil qilindi.

O‘n minglab talabani birlashtirgan guruhlarda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovning kontrakt miqdorini o‘zgartirmaslik qaroriga norozilik bildirilmoqda.

Jumladan, “Yoshlarni qo‘llab- quvvatlash” guruhida e’lon qilingan so‘rovnomada qatnashgan 120 mingga yaqin talabaning 91 foizi “Yangi o‘quv yilida kontrakt miqdori arzonlashtirilishi kerak”, deya ovoz bergan.

“Talabalar harakati” guruhi esa “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga norozilik petitsiyasini joylashtirishni rejalamoqda.

Jizzax Pedogogika instituti Tarix fakultetining 3- kurs talabasi Islombek Po‘latov ham talabalarning onlayn norozilik harakatiga qo‘shilganlardan biri.

Qashqadaryo viloyat Koson tumanida yashovchi 25 yashar Islombek Po‘latov Ozodlik orqali hukumat vakillariga videomurojaat bilan chiqib, mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish lozimligini ta’kidladi va buni eplay olmayotgan mulozimlar, jumladan, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov iste’fosini talab qildi.

Талаба Исломбек Пўлатовнинг ҳукумат вакилларига мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:04 0:00

Talabalarning onlayn norozilik harakatlari avj olayotgan bir paytda ayrim deputatlar ham talabalar himoyasiga chiqdi.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shahnoza Xolmaxamatova kontrakt to‘lovlarini kamaytirish yoki karantin o‘tgunga qadar imtiyozli vaqt berish taklifini ilgari surdi.

Norozilikka sabab bo‘lgan vazir bayonoti

8 avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov 2020-2021 o‘quv yilida talabalarning kontrakt to‘lovi o‘zgarishsiz qolishini bildirdi.

Vazir Majidov pandemiya muddatlari uzaytirilib, o‘qish onlayn tarzda davom ettirilgan holatda ham, to‘lov-shartnoma asosida tahsil oladigan talabalar va ularning ota-onalari xavotirlanishiga hech qanday asos yo‘qligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG