Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:20

Qamoqxonalardagi Covid-19 vaziyati mahkumlar yaqinlari va faollarda xavotir uyg‘otmoqda


Toshkentning Zangiota tumanida qurilgan yangi qamoqxona.
Toshkentning Zangiota tumanida qurilgan yangi qamoqxona.

Koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlardan xavotirga tushgan mahkumlarning yaqinlari va faollar qamoqxonalarga kirish va u yerdagi vaziyatni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga ruxsat so‘rab Ichki ishlar vazirligining Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga murojaat qildi.

O‘zbekiston qamoqxonalarida karantin sabab mart oyi o‘rtalaridan mahkumlarning yaqinlari va faollarga har qanday ko‘rinishdagi uchrashuvlar¸ mhkumlarga biror narsa keltirish va qamoqxonaga kiritish taqiqlangan.

Ozodlik gaplashgan mahkumlarning yaqinlari qamoqxonalarda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlardan qo‘rquvga tushganini aytdi.

Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi rahbari muovini Erkin Boboqulov 12 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda qamoqxonalar karantin rejimiga o‘tkazilgani sabab uchrashuvlar berish vaqtincha to‘xtatilgani, kasallik tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilayotgani va xavotirga o‘rin yo‘qligi haqida mahkumlar yaqinlariga tushuntirilayotganini aytdi.

Ayni paytda Boboqulov hozirga qadar koronavirusga chalingan mahkumlar soni haqidagi Ozodlik savolini javobsiz qoldirdi.

Toshkentlik Rishida opa Chirchiq shahridagi qamoqxonada jazo muddatining beshinchi yilini o‘tayotgan 26 yashar o‘g‘li bilan oxirgi marta fevral oyida uchrashgan.

Uning o‘g‘li 2015 yilda noqonuniy diniy guruhlarga aloqadorlikda ayblanib 13 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

- Zonalarda uchrashuv taqiqlangan. U ham mayli, xat ham chiqazmaydi, o‘tgan oydan telefonni ham to‘xtatib qo‘ydi. Koronavirus haqida aytib qo‘ymasin, deb shunaqa qilishyotgan bo‘lsa kreak-da. Chunki, meni o‘g‘lim yotgan Chirchiqdagi qamoqxonada bir qanchasida koronavirus chiqibdi. Men buni GUINga borib ham aniqladim. "Chiqibdiku, qanaqa bo‘ladi bu", desam", "Ha chiqdi, xavotir olmang ularni bu yerda ushlamaydi, Chirchiqdagi sil kasalliklari kasalxonasiga olib o‘tishyapti", deb qoldi. Shunga juda xavotirdamiz, bizni qamoqxonaga kiritinglar, uchrashtiringlar, deyapmiz.

Farzandi Bekoboddagi 64/21-sonli qamoqxonada jazo muddatini o‘tayotgan yana bir toshkentlik ayol mahbuslar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak ham qabul qilish to‘xtatilganidan xavotir bildirdi.

- Agar bu ishlar koronavirus yuqmasligi uchun qilinayotgan bo‘lsa koshki edi. Lekin, "bularga peredacha olmasangizlar immuniteti pasayib ketmaydimi", desam¸ "yo‘q, karantinda bermay turasizlar" dedi. Shunga mana olti oy bo‘lyapti, qiyin ahvolda qolib ketdi bular. Chunki asosan u yerdagilar biz olib keladigan peredachalar hisobiga ovqatlanishadi, qamoqxonani ovqatini yeb bo‘lmaydi. Shunga pochta orqali yuborishga ruxsat beringlar yoki ovqatini, yashash sharoitini yaxshilanglar, deyapmiz GUINdagilarga, ruxsat yo‘q, hech narsa aytishmayapti.

Shu oy boshida Ozodlik Toshkent viloyatining Tovoqsoy posyolkasi va Olmaliq shaharlaridagi jazoni ijro etish muassasalarida 20 nafar ishchi xodim va mahkumlarga koronavirus tashxisi qo‘yilgani, Buxorodagi Qorovulbozor tergov izolyatorida ham 70ga yaqin mahkum yuqumli infeksiyani yuqtirganlikda gumonlanib, karantinga olingani, Toshturma esa kuchaytirilgan karantin tartibiga o‘tkazilgani haqda xabar qilgan edi.

Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi rahbari muovini Erkin Boboqulov 12 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda qamoqxonalar karantin rejimiga o‘tkazilgani sabab uchrashuvlar berish vaqtincha to‘xtatilgani, lekin xavotirga o‘rin yo‘qligi haqida mahkumlarning yaqinlariga tushuntirilayotganini aytdi.

Ayni paytda mulozim qamoqxonalarda shu kungacha koronavirus bilan bog‘liq qancha holat qayd etilgani haqidagi Ozodlik savolini javobsiz qoldirdi.

- Men bu haqda sizga hech narsa aytolmayman, - dedi Boboqulov.

Ozodlikning bu vaziyat haqidagi avvalgi savollari ham mulozimlar tomonidan javobsiz qoldirilgan. Ayni paytda¸ Ozodlikka xabar yo‘llagan ichki ishlar tizimi mulozimlari¸ koronavirusga chalingan mahkumlar sonining oshib borayotgani bois¸ ular uchun maxsus zona qurilishini ma’lum qilgan edi.

Boshqarma rasmiy saytida esa jazo muassasalarida koronavirus holatlari qayd etilmagani, kuchli karantin tartibi e’lon qilingani, tergovchi va advokatlar hamda mahkumlar qarindoshlarining qamoqxonalarga ziyoratlari va peredachalar vaqtincha to‘xtatilgani aytilgan.

"Qamoqxonalar monitoring qilinishi kerak!"

Shvetsiyada yashayotgan faol, O‘zbekistonda 25 yillik qamoq muddatini o‘tayotgan Iskandar Xudoyberganovning singlisi Dilobar Erkinzoda koronavirus pandemiyasi manzarasida , xalqaro yoki mamlakat ichidagi tashkilotlarga qamoqxonalarni monitoring qilish imkoniyati berilishi kerak, deydi.

- Yaqin qarindoshlarimiz karantin sababli Akam Iskandar Xudoyberganov bilan Tovoqsoy qamoqxonasida mart oyidan beri ko‘rishishmagan. Bir muddat mahbuslarga posilka jo‘natish ham to‘xtatilgandi. Karantin yengillatilganda¸ bir marta jo‘natish va telefon orqali gaplashishga ruxsat berildi. Keyin yana to‘xtatildi. Bir necha oydan beri akamdan birorta xabar yo‘q. Hozirda oddiy aholi karantin sababli og‘ir ahvolda qolayotganlarini hisobga olganda, qamoqxonalarda nimalar bo‘layotganini tasavvur qilish qiyin. Mahbuslar haqida birorta ma’lumot ham berilmayapti. Bunday holatda qamoqxonalarga ko‘proq e’tibor berib, xukumat o‘zi yordam berolmagan taqdirda aynan xalqaro yoki mamlakat ichidagi gumanitar tashkilotlarga mahbuslarga yordam berish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish kerak ¸ deb o‘ylayman.

Toshkentdagi gumanitar huquqiy markaz rahbari Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston Ombudsmeni va BMT mutaxassislari bilan hamkorlikda qamoqdagi mahkumlar ahvoli, u yerda koronavirus tarqalishiga qarshi qay darajada choralar ko‘rilayotganiga amin bo‘lish uchun avgust oyi oxirida ba’zi qamoqxonalarni monitoring qilishga ruxsat berilishiga umid qilayotganini aytdi.

- Hozir bilmaymiz qamoqxonalarda ahvol qanday. Mahkumlarning yaqinlari xavotirda, biz ham xavotirda. Shuning uchun 15 kundan keyin koronavirus tarqalgan, deb gumon qilinayotgan zonalar monitoringiga ruxsat berishadi, deb umid qilyapmiz, shunga va’da qilishgan, - deydi G‘aniyev.

Fransiyadagi Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti rahbari Nadejda Atayeva O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi manzarasida mahkumlar sonini qisqartirish masalasini ko‘rib chiqishi kerakligini aytadi.

- Hukumat chindan ham mahkumlar koronavirus yuqtirmasligi haqida qayg‘urayotgan ekan, buning yo‘li ularni ozod qilish. Hozir birinchi navbatda monitoring guruh kiritilishi kerak. Agar sharoit yomon bo‘lsa, mahkumlar uylariga qo‘yib yuborilishi kerak.

O‘zbekiston qamoqxonalarining sobiq mahbuslari koloniyalarning bir zumda koronavirus o‘chog‘iga aylanish ehtimoli balandligini aytadi.

Xususan¸ "Jasliq" qamoqxonasida 15 yil o‘tirib chiqqan Toshkentdagi Lok-bo‘yoq zavodining sobiq tijoriy direktori, hozirda Isroilda yashayotgan 62 yashar Valeriy Parijer shunday fikrda.

- Bir kamerada 20-30 mahbus , hammasi bir xil idish-tovoqdan ovqatlanadi. Kameralar ventilyatsiya qilinmaydi. Bu esa nafaqat koronavirus, boshqa kasalliklar tarqalishi uchun ideal sharoit.

Global koronavirus pandemiyasi sharoitida ayrim hukumatlar mahkumlar masalasiga e’tibor qaratib, ularni muddatidan ilgari ozod etishgacha borgan choralarni ko‘rmoqda.

Koronavirus o‘chog‘iga aylangan AQShning aksar shtatlarida o‘n minglab mahbus vaqtincha ozod etildi.

Ozarbayjonda ham yoshi 65dan katta bo‘lganlar uyiga qo‘yib yuborildi.

Eng qattol rejimlardan hisoblangan Eron ham koronavirus xavfi bois 90 mingga yaqin mahkumni vaqtincha qamoqdan chiqardi, ayrimlarini afv etdi.

XS
SM
MD
LG