Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:31

Tramp: Vashington xorij davlatlarining AQSh saylov jarayoniga aralashish urinishlarini yaqindan kuzatadi


AQSh Milliy kontrrazvedka va xavfsizlik markazi direktori Uilyam Evanina Pekin Tramp mag‘lub bo‘lishiga umid qilayotgani, Moskva demokrat Jo Bayden kampaniyasini zaiflashtirishga urinayotgani, Tehron esa demokratik institutlarga putur yetkazishga kurashayotganini ta’kidlagan.
AQSh Milliy kontrrazvedka va xavfsizlik markazi direktori Uilyam Evanina Pekin Tramp mag‘lub bo‘lishiga umid qilayotgani, Moskva demokrat Jo Bayden kampaniyasini zaiflashtirishga urinayotgani, Tehron esa demokratik institutlarga putur yetkazishga kurashayotganini ta’kidlagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyati noyabr oyiga belgilangan prezidentlik sayloviga Rossiya, Xitoy va Eron tomonidan aralashish urinishlarini yaqindan kuzatib borishini aytdi.

Prezident Tramp bu uch mamlakat uning saylanishiga qarshi ekanligini qo‘shimcha qildi.

- Hammasini kuzatib boramiz. Juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak, - dedi.

O‘sha kuni AQSh Milliy kontrrazvedka va xavfsizlik markazi direktori Uilyam Evanina Pekin Tramp mag‘lub bo‘lishiga umid qilayotgani, Moskva demokrat Jo Bayden kampaniyasini zaiflashtirishga urinayotgani, Tehron esa demokratik institutlarga putur yetkazishga kurashayotganini ta’kidlagan edi.

Rossiya haqida gapirar ekan Tramp:

- Rossiya AQSh prezidenti o‘laroq ko‘rishni istaydigan so‘nggi odam Donald Tramp deb o‘ylayman, chunki Rossiyaga qarshi hech kim hech qachon menchalik qattiq turmagan, - dedi.

Buning sababi Tramp NATO a’zolarini mudofaaga mablag‘ sarflashga chorlab keladi, prezident etib saylanganidan beri AQSh armiyasi byudjetini oshirdi, Rossiyaning Yevropaga gaz eltib berishni ko‘zlovchi Nord Stream 2 gaz quvuri qurilishiga to‘sqinlik qilib keladi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron ham uning g‘alaba qozonishini istamaydi. Ammo prezident:

- Agar g‘alaba qozonsak, g‘alaba qozonganimizdan keyin, Eron bilan tezda kelishuvga erishamiz, - deya qo‘shimcha qildi.

Tramp Eron jon-jon deb AQSh bilan murosaga kelishini, ammo u bilan emas, Bayden bilan kelishuv imzolashni afzal ko‘rishini ta’kidladi.

Xitoy haqida esa Tramp Pekin Bayden g‘alaba qozonishini istashini, agar Bayden g‘olib chiqsa, Xitoy Amerikani «qo‘lga olishini» aytdi.

Prezident, shuningdek, Shimoliy Koreyani yadroviy qurol dasturidan voz kechishga chorlashga qaratilgan urinishlari haqida maqtanib, qayta saylansa, Pxenyan Vashington bilan tez orada kelishuv imzolashini aytdi.

2016 yilgi prezidentlik saylovi ortidan AQSh razvedkasi hamda huquq-tartibot idoralari rasmiylari Rossiya kompyuter dasturlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda manipulyatsiya kampaniyasi yordamida Tramp demokratik raqibi Hillari Klinton ustidan g‘alaba qozonishini ta’minlash uchun kurashganini xulosa qilishdi.

Shuningdek, AQSh rasmiylari 2018 yilgi kongress saylovlarida saylov tizimiga bir necha xakerlik hujumi uyushtirilganini, bundan maqsad 2020 yilgi saylovga tayyorgarlik bo‘lganini aytib kelishadi.

Evanina AQSh sayloviga tahdidlar haqida gapirar ekan:

- Ko‘pgina xorijiy taraf u yoki bu nomzod g‘olib chiqishini xohlaydi, Ular bu istakni turli-tuman ochiq va shaxsiy bildiruvlar orqali izhor qilishida. Yashirincha ta’sir o‘tkazish urinishlari ozroq uchraydi, - dedi.

- Bizni asosan Xitoy, Rossiya va Eron ko‘rayotgan va ko‘rishi mumkin bo‘lgan choralar xavotirga soladi, - deya so‘zini davom ettirdi rasmiy.

Evaninaning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy Trampni «aynimachi» shaxs deb biladi va shuning uchun qayta saylanishini istamaydi.

Evanina Rossiya Baydenni hamda uning Rossiyani xushlamaydigan tarafdorlarini yomonotliq qilishga kurashayotganini aytdi. Rossiyaning Baydenni xush ko‘rmasligiga uning Ukraina bo‘yicha AQSh siyosati shakllanishidagi roli hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi ekanligi ham sababchidir.

Nihoyat, Evanina Eron Trampni zaiflashtirishga hamda mamlakatni saylov arafasida taraflarga bo‘lishga urinayotganini ta’kidladi.

- Eronning bunday urinishlari asosan onlayn ta’sirga – ijtimoiy tarmoqlarda dezinformatsiya tarqatishga hamda AQShga qarshi kontentga tarqatishga – tayanishini kutish mumkin, - dedi Evanina.

- Tehron bunday chora ko‘rishiga prezident Tramp qayta saylansa, AQSh Eronda tuzum o‘zgarishini ko‘zlab mamlakatga bosim o‘tkazishda davom etishiga bo‘lgan ishonch sababchidir, - deya so‘zini yakunladi rasmiy.

XS
SM
MD
LG