Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:00

Chustda quduq qazgan tadbirkor: FVV polkovnigi 70 mln so‘m ish haqimni bermayapti


Chustda suv qudug‘ini qazish payti.
Chustda suv qudug‘ini qazish payti.

Namangan viloyat, Chust tuman, Olmos qishlog‘idagi suvsiz hududda quduq qazib, suv chiqargan tadbirkor Yo‘ldosh Zoirov 70 million so‘mlik haqini ololmayotganidan shikoyat qildi.

Tadbirkorning Ozodlikka aytishicha, Toshkentdagi vazirliklarning birida nufuzli lavozimda ishlaydigan mulozim uni o‘ziga qarashli fermer xo‘jaligida 3,5 oy davomida ishlatib, haqini bermagan.

Fermer xo‘jaligi rahbari Akmaljon Otajonov dastlab Ozodlikka tadbirkor Zoirovdan umuman qarzi yo‘qligini ta’kidladi, biroq keyinchalik qarzdorligini tan oldi.

Akmaljon Otajonov boshqarib kelayotgan fermer xo‘jaligi muassisi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul mulozimi, polkovnik Baxtiyor Abdurahimov "firma egasining o‘zi pulini olmay ketdi" dedi.

Toshkentdagi “Mahalliy xizmat” firmasining rahbari Yo‘ldosh Zoirovning Ozodlikka aytishicha, Chustdagi “Xurshidjon Bobojon” fermer xo‘jaligida uning firmasi ishchilari 3, 5 oy davomida ishlab, quduq qazib, suv chiqargan:

Chustdagi suv quvurini qazish payti
Chustdagi suv quvurini qazish payti

- Bu yil mart oyida Namangandan zakaz tushdi. Toshkentda Favqulodda vaziyatlar vazirligida ishlaydigan polkovnik Baxtiyor Abdurahimov o‘ziga qarashli fermer xo‘jaligida quduq qazdirdi. Bir hafta avval quduq qazish ishlarini yakunlab, suv chiqardik. Biroq haqimizni berishmadi.

Zoirovga ko‘ra, u Chustdagi “Xurshidjon Bobojon” fermer xo‘jaligi bilan shartnoma imzolamasdan ishlagan va shu bois uni chuv tushirishgan:

- Men ularga shartnoma berdim, lekin uni imzolab berishmadi. Oraga nozik odamlar aralashgach, shartnomasiz ishlayverdik. Shartnomada 219 diametrlik trubaning bir metrini 1 million 200 ming so‘mdan yozilgan. Keyin Baxtiyor aka “273 diametrlik truba qilib berasan”, dedi. Biz “xo‘p”, dedik. Yana ozginadan keyin “320 diametrlik truba qilasan”, dedi. Yana “xo‘p” dedik. Kichkina trubadan soatiga 40 tonna suv chiqsa, katta diametrli trubadan soatiga 150 tonna suv chiqadi. Lekin bizning mehnatimiz va xarajatlarimiz 3-4 barobarga ko‘payadi. 3,5 oyda biz suv chiqardik. Bir hafta bo‘ldi suv chiqqaniga. “Suv chiqqandan keyin pul beraman”, degan odam, suv chiqqanidan keyin to‘nini teskari kiyib oldi. Bizga "naqd pul beramiz" deyilgandi. Endi shartnoma yo‘q deb, tan olmayapti.

Чустдаги сув қувури
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:24 0:00

Yo‘ldosh Zoirovning hisob-kitobicha, 3, 5 oy davomida ishlab, 70 million so‘m haq olishi kerak bo‘lgan:

- Bizni Toshkentdan iltimos qilib, chaqirtirib, "arzonroq qilib berasizlar" deyishgan. Biz "xo‘p" deganmiz. O‘zi bu proyektning summasi 400 million so‘mdan oshardi. Biz 220 million so‘mga rozi bo‘ldik. Ular shu puldan solyarkaga, ishchilarning yeb ichishiga, kabelga rasxod qilishdi. Quduqqa 151 million so‘m rasxod qilgan. Menga 70 million so‘m berishi kerak edi. Berishmadi.

Ozodlik muxbiri “Xurshidjon Bobojon” fermer xo‘jaligi boshlig‘i Akmaljon Otajonov bilan bog‘landi.

Otajonov “Mahalliy xizmat” firmasini shartnomasiz ishlatganini tan oldi. Biroq avvaliga bu firmadan qarzi borligini inkor qildi.

“Uni haqi qolmagan bizda”, deya so‘zida qa’tiy turgan Otajonov Ozodlikning ketma-ket savollaridan keyin “Mahalliy xizmat” firmasidan qarzdorligini tan oldi.

Orada kim bilandir maslahatlashib olgan Otajonov ushbu firmadan 34 million 800ming so‘m miqdorida qarzdor ekanini aytdi.

Ozodlik tadbirkor Yo‘ldosh Zoirov tilga olgan nufuzli lavozim egasi Baxtiyor Abdurahimovning o‘zi bilan ham bog‘landi.

Lavozimi qandayligini Ozodlikka aytishni istamagan Abdurahimov “Xurshidjon Bobojon” fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli ekanini tan oldi.

“Bu otamdan qolgan fermer xo‘jaligi. Men uning uchrediteliman. Otamdan qolgan fermer xo‘jaligini boshqaraman. Fermer xo‘jaligining rahbari mening jiyanim”.

Abdurahimov “Mahalliy xizmat” firmasi bilan hech qanday muammoga ega emasligini, firma egasining o‘zi pulini olmasdan ketganligini ta’kidladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Namangan viloyati Chust tumani, Olmos qishlog‘ida yashovchi polkovnik Baxtiyor Abdurahimov vazirlikda Xizmat boshlig‘i lavozimida ishlaydi.

Prezidentning shaxsan topshirig‘iga ko‘ra, hozirda Namangan viloyati Chust tumanida joylashgan Olmos, G‘alaba hamda Axcha qishloqlaridagi suv chiqmaydigan hududlarda yerosti suvlari hisobidan sug‘orishni ​yo‘lga qo‘yish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Chustda jami 1000 gektar maydonni o‘zlashtirib, jami 35ta quduq orqali suv chiqarish rejalangan.

Jumladan, “Xurshidjon Bobojon” fermer xo‘jaligi 100 gektar yerni bog‘ga aylantirish uchun 3 ta suv qudug‘i qazishni rejalagan. Hozirda ularda tadbirkor Zoirov qazgan bitta quduq ishlayapti, yana ikkita quduq qazish rejasi bor.

XS
SM
MD
LG