Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:15

Kuzatuvchilar: Rossiyada referendum "misli ko‘rilmagan" qonunbuzarliklar bilan o‘tdi


Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir haftaga cho‘zilgan referendumda saylovchilarning 77,92 foizi konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab, 21,26 foiz saylovchi esa qarshi ovoz bergan. Referendumda saylovchilarning 68 foizi qatnashgan.
Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir haftaga cho‘zilgan referendumda saylovchilarning 77,92 foizi konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab, 21,26 foiz saylovchi esa qarshi ovoz bergan. Referendumda saylovchilarning 68 foizi qatnashgan.

Rossiyada 1 iyulda konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish yuzasidan o‘tkazilgan referendum yakunlandi. Rossiya konstitutsiyasiga kiritiladigan o‘zgartishlar prezident Vladimir Putinga 2036 yilgacha hokimiyat tepasida qolish imkonini beradi.

Referendum natijasi e’lon qilingan kun Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov aholi Putinga ishonch bildirganini ta’kidladi.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir haftaga cho‘zilgan referendumda saylovchilarning 77,92 foizi konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni qo‘llab, 21,26 foiz saylovchi esa qarshi ovoz bergan. Referendumda saylovchilarning 68 foizi qatnashgan.

Peskov e’lon qilgan bildiruvda «Bunchalik ko‘p odam qatnashishini hamda bunchalik ko‘p odam [o‘zgarishlarni] qo‘llashini bashorat qila olmagandik», deyildi.

Boshqa Rossiya rasmiylari ham o‘z qo‘llovini izhor qildi. Xabarlarga ko‘ra, Rossiya davlat dumasi matbuot kotibi Vyacheslav Volodin «Putinga bo‘lgan ishonch masalasida o‘tkazilgan referendum davlat rahbari uchun g‘alaba bilan yakunlandi», degan.

Moskva meri Sergey Sobyanin esa «aholini Rossiya prezidenti atrofida birlashtirgan referendumni» olqishladi.

Kreml tanqidchilari referendum bo‘lib o‘tganidan keyin postfaktum Putinga bo‘lgan ishonch referendumi o‘laroq tasvirlanayotganidan lol qoldi. Taklif qilingan 200 ga yaqin o‘zgartirishlar haqida rasmiy matbuotda keng ma’lumot berildi, ammo Putin ismi tilga olinmadi.

Aslida eng muhim o‘zgarishlarning biri Putinga avvalgi prezidentlik muddatlarini «bekor qilish» imkonini berishga qaratilgan edi. O‘zbekiston konstitutsiyasida bir shaxsning ikki muddatdan ortiq prezidentlikka saylanishi taqiqlanganiga qaramay, mamlakatning ilk prezidenti Islom Karimov ham aynan shunday usul bilan 1991 yildan to o‘limiga qadar 25 yil prezidentlikda qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Tanqidchilar, shuningdek, Rossiyadagi referendumda qatnashgan saylovchilar soni haqidagi rasmiy ma’lumotni ham shubha ostiga olishdi.

Muxolifatchi Aleksey Navalniy:

- Yangilangan natijalar soxta va ulkan yolg‘on. Ularning Rossiya fuqarolari fikriga hech qanday aloqasi yo‘q, - dedi.

Referendum davomida qonunbuzarliklar sodir etilgani haqida iddaolar urchidi. Ular orasida saylovlarni o‘rganib kelayotgan tadqiqotchi Sergey Shpilkin tanqidi e’tiborga loyiqdir. Shpilkin Markaziy saylov komissiyasi tarqatgan ma’lumotlarni saylov uchastkalaridan olingan hisobotlar bilan taqqoslab, tahlil qilib keladi.

2018 yilgi saylov davomida Shpilkin ko‘plab saylov uchastkasidan olingan saylovchilar ishtiroki foizlariga doir raqamlari 0 yoki 5 bilan tugaganini aytib, 10 millionga yaqin ovoz soxtalashtirilganini xulosa qilgan edi. Shpilkinning hisoblariga ko‘ra, bu safar misli ko‘rilmagan 22,4 million saylov qog‘ozi soxtalashtirilgan.

Bu orada faollar Moskva va Sankt-Peterburgda ovoz berib chiqqanlar orasida o‘tkazgan so‘rovlar konstitutsion o‘zgarishlarga qarshi ovoz berganlar soni uni qo‘llab ovoz berganlar sonidan ko‘p ekanligini ko‘rsatdi. Ammo faollar so‘rovnomasida o‘z fikrini izhor qilishga rozi bo‘lgan saylovchilargina qatnashdi.

Referendum boshidanoq muammolarga duchor bo‘lib keladi. Saylov davomida aholi avtomobillar yukxonalari ustida, to‘xtab turgan avtobuslarda, hatto daraxt to‘nkalarida ovoz berishi mumkin bo‘ldi. Bu holatlar aks etgan son-sanoqsiz suratlar ijtimoiy tarmoqlarda ulashildi.

1 iyul kuni referendum hali tugamasidan saylov komissiyasi dastlabki natijalarni e’lon qila boshladi. Aslida bu holat milliy saylov qonunlariga zid ekanligi aytildi.

Isroilda yashayotgan rossiyalik ayol esa uch marta – bir marta Tel-Aviv shahrida, bir marta Xayfa shahrida, bir marta onlayn ovoz bera olganini bildirdi. Moskva saylov uchastkasida esa rasmiylar ovoz bergani borgan mahalliy turg‘un va uning farzandlariga allaqachon ovoz berishganini ma’lum qilishdi. Aslida esa ularning birortasi hali ovoz bermagan bo‘lgan.

Saylovda qatnashganlar orasida lotereyalar o‘tkazildi, shaharlarda katta qilib «HA» deb yozilgan bannerlar ilindi. Saylov uchastkasidagi qonunbuzarliklarni qayd etmoqchi bo‘lgan kamida bir nafar jurnalistni politsiya kuch ishlatib qo‘lga oldi.

Referendum shunchaki quruq rasmiyatchilik bo‘lganini ko‘rsatuvchi dalillar ham ko‘p. Ovoz berish boshlanishidan ikki hafta oldin Moskvada konstitutsiyaning o‘zgartirishlar allaqachon kiritilgan nusxasi sotuvga chiqdi.

Saylov tugaganidan keyin bir kun o‘tib, saylovlarni kuzatuvchi «Golos» guruhi referendum keskin tanqid qilingan hisobotni e’lon qildi. Xususan, guruh hisobotida saylov qog‘ozlari soxtalashtirilgani hamda natijalar oldindan belgilangani e’tirof etildi.

Tashkilot referendumda «misli ko‘rilmagan» darajada qonunbuzarliklar sodir etilganini aytib, referendum Rossiya tarixidan «xalq suverenitetiga qilingan hujum» o‘laroq o‘rin olishini xulosa qildi.

XS
SM
MD
LG