Линклар

Шошилинч хабар
04 август 2020, Тошкент вақти: 10:18

Eronda oliy rahbarni tanqid qilgan huquqshunos javobgarlikka tortildi


Muhammad Ali Kamfiruziy

Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy 2016 yil 2 iyulida talabalar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida doktorantura talabasiga oliy rahbarni tanqid qilsa bo‘laverishini aytarkan, bunday degan edi.

- Menga qarshi so‘zlash nojo‘ya ish emas, jinoyat ham emas. Buni ko‘p marta aytganman.

Talabalar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Muhammad Ali Kamfiruziy ham bor edi. Kamfiruziy Xomanaiyga Eronda inson huquqlari, jumladan, so‘z erkinligi buzilayotgani haqida savol bergan edi.

Oradan to‘rt yil o‘tib, huquqshunos bo‘lib yetishgan Kamfiruziy 2018 yildagi nutqi davomida Xomanaiyni tanqid qilgani uchun ikki yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

Kamfiruziyga, shuningdek, o‘zi tug‘ilib o‘sgan Sheroz shahriga 60 marta safar qilib, Eron Islom inqilobi posbonlari korpusiga hisobot berish buyurildi.

Kamfiruziyning o‘zi unga chiqarilgan hukm ortidan inqilob posbonlari korpusi turganini taxmin qildi.

Hafta boshida huquqshunos unga qo‘yilgan ayblovlar tafsilotlarini Twitterda yozdi. O‘z tvitida u inqilob posbonlari korpusining razvedka bo‘limi uni 3-4 yildan beri ta’qib qilib kelayotganini aytdi.

Islom inqilobi posbonlari korpusining razvedka bo‘limi keyingi yillarda ko‘plab faol, jurnalist hamda ikki davlat fuqaroligiga ega eronliklarni hibsga oldi.

Kamfiruziyning so‘zlariga ko‘ra, Sherozdagi inqilob posbonlari korpusi sudi hukmiga u ikki yil oldin talabalar kunida Eron oliy rahbarini tanqid qilgani asos bo‘lgan.

Kamfiruziy so‘zlagan nutqi davomida aytgan ikki gapi uchun jazoga tortildi. Xususan, huquqshunos «Aholining huquqlari va erkinliklari masalasida rahbar faoliyatini tanqid qilish mumkin», hamda «Rahbar [boshqaruvi ostidagi idoralardagi] inson huquqlarining buzilish holatlaridan xabardor bo‘lmasa, bu achinarli holatdir; agar bilib turib, chora ko‘rmasa, bundan 100 marta achinarlidir», degan gaplari uchun javobgarlikka tortildi.

Kamfiruziy ishi Erondagi repressiya ko‘lamidan dalolat beradi. Mamlakatda mavjud tuzumni yaqindan qo‘llovchilar, rahbarlar hamda xavfsizlik xizmatlarini tanqid qilganlar javobgarlikka tortilmoqda.

Xomanaiy bilan 2016 yilda o‘tkazilgan uchrashuv davomida Kamfiruziy matbuot va talabalarga bo‘lgan bosimga hamda hukumatni tanqid qilganlarning yomon otliq qilinayotganiga to‘xtalib o‘tgan.

Keyingi yillarda Xomanaiyni tanqid qilgan eronliklar qo‘lga olindi, tazyiqlarga uchradi yoki qamaldi.

Ularning ayrimlari esa uy qamog‘iga hukm qilindi, ularning tashqi dunyo bilan aloqasi keskin cheklandi.

Rasmiylar tazyiqlariga qaramasdan, Eron oliy rahbariga qaratilgan tanqidlar ko‘paymoqda. Tehronda va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan norozilik namoyishchilari ishtirokchilari uni tanqid qildi, ayrimlari esa uni diktator deb atadi.

Keyingi oylarda bir necha faol Xomanaiy iste’fosini talab qilib ommaviy ovoz to‘plash tashabbuslarini boshladi.

Xomanaiy biror marta unga qaratilgan tanqidlarni sharhlamagan. 2016 yilda Kamfiruziyga qilga va’dasiga qaramay, oliy rahbarning tanqidga toqati yo‘qligi ayon.

XS
SM
MD
LG