Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:53

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilgan 200dan ortiq muhojir magistral yo‘lni to‘sishga urindi (VIDEO)


Orenburg oblastining Qozog‘iston bilan chegaraoldi hududidagi Buzuluk rayonida 1 iyulvkuni yo‘lni to‘sishga uringan muhojirlarni politsiya to‘xtatmoqda, surat voqea joyidan muhojirlar yuborgan videodan olindi .
Orenburg oblastining Qozog‘iston bilan chegaraoldi hududidagi Buzuluk rayonida 1 iyulvkuni yo‘lni to‘sishga uringan muhojirlarni politsiya to‘xtatmoqda, surat voqea joyidan muhojirlar yuborgan videodan olindi .

Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilib qolgan 200dan ortiq markaziy osiyolik muhojir 1 iyul kuni Qozog‘istonga eltuvchi magistral yo‘lni to‘sishga urindi.

Orenburg oblastining chegaraoldi hududidagi Buzuluk tumanida bo‘lgan hodisa guvohlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, tezda yetib borgan Orenburg politsiyasi ularni katta ko‘chadan chetlatgan.

Muhojirlar voqeada politsiya bilan qisqa to‘qnashuv bo‘lgani, politsiya bir necha kishini to‘qmoq bilan urganini da’vo qilmoqda. Ammo, Orenburg politsiyasi Buzulukda politsiya muhojirlarga kuch qo‘llagani yoki to‘qnashuv bo‘lganiga oid ma’lumotlarni qat’iy inkor qildi.

Orenburg oblastining Qozog‘iston bilan chegaraoldi hududidagi Buzuluk rayonida 1 iyul kuni yuz bergan voqea guvohlari Ozodlikka yo‘llagan xabarlarga ko‘ra, mehnat migrantlari Qozog‘istonga yo‘l ochilishini talab qilishga uringan:

"Quruq yerda yotibmiz, chegarani ochishdan darak yo‘q. Orqaga qaytinglar, deydi. Qayerga qaytamiz, nimaga qaytamiz? Ish yo‘q, yashaydigan joy yo‘q, pul tugadi. Nimadir qilishimiz kerakku?!" Bir-ikkita bolalar davay trassani to‘saylik, deyishdi. Asta-asta yo‘lga chiqib boshladik, bir pasda politsiya yetib keldi", deydi muhojirlar safida bo‘lgan bir qashqadaryolik muhojir, ismi sir qolishi sharti bilan.

Ozodlikka voqea joyidan yuborilgan videolarda katta yo‘l yoqasiga yig‘ilgan odamlarni politsiya vakillari magistral yo‘ldan chetlatishga uringani aks etgan. Ayrim kadrlarda dubinka va qalqonlar bilan jihozlangan politsiya xodimlari muhojirlar qarshisida terilib turgani aks etgan.

Videolardan birida magistral yo‘ldan chetga chiqishni istamaganlarga politsiya kuch qo‘llay boshlagani aytilayotgan hayqiriqlar va buning ortidan baqir-chaqir boshlanib ketgani aks etadi.

Bu videolarni Ozodlikka yo‘llagan muhojirlarga ko‘ra, politsiya xodimlari ayrim muhojirlarni politsiya to‘qmog‘i bilan kaltaklagan va hibsga olinishini aytib, tahdid qilgan.

Россия-Қозоғистон чегарасида йиғилган муҳожирлар магистрал йўлни тўсишга уринди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:33 0:00

Orenburg oblast, Buzuluk rayon politsiyasi 1 iyul kuni muhojirlar bilan to‘qnashuv bo‘lgani va ularga kuch qo‘llanganiga oid ma’lumotlarni inkor qildi.

"Hech qanday to‘qnashuv bo‘lmadi, hech kim hibsga olinmadi. Biz Orenburg hududiga kirib kelayotganlarni ogohlantiryapmiz: koronavirus infeksiyasi oldini olish maqsadida Qozog‘iston bilan chegara yopilgan, shuning uchun viloyatga kirish yo‘llari yopilgan, deb. 1 iyul kuni, 30 iyun kuniyam borib, tushuntirish ishlarini olib borganmiz. Lekin, bu muhojirlar qaytishni istamayapti. Trassa yoqasida turishibdi", dedi o‘zini tanishtirmagan politsiya xodimi.

Buzuluk politsiya departamentidan olingan ma’lumotga ko‘ra, shu kunda bu rayonda Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari - 200 nafar atrofida muhojir yig‘ilgan.

Ozodlikka muntazam videomurojaat yo‘llayotgan muhojirlar esa, COVID-19 pandemiyasi bois e’lon qilingan karantin ortidan ishini, yashash joyi va daromadini yo‘qotgani va ortga yo‘li yo‘qligini aytmoqda.

Chegaradagi muhojirlardan olingan ma’lumotga ko‘ra, Orenburg oblasti bo‘ylab, bir necha nuqtada yig‘ilgan o‘zbekistonliklar soni ming nafar atrofidadir.

Ishsiz-mablag‘siz qolgan o‘zbekistonlik muhojirlar koronavirus pandemiyasi ortidan Rossiyada ahvol og‘irlashib borayotgani sabab, Qozog‘iston orqali avtomobillarda yurtiga qaytishga urinmoqda.

Shu yilning 18-19 may kunlari O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya hukumatlari kelishuviga binoan, 1200 nafar o‘zbekistonlik uchun Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranzit yo‘lagi ochib berildi.

O‘zbekiston hukumati bu yo‘lning ochilishiyu, muhojirlarning quruqlik orqali qaytarilishiga 125 ming Rossiya rubli miqdorida mablag‘ sarflanganini bildirgan.

O‘shanda O‘zbekistonning Tataristondagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev 17 may kuni mahalliy matbuotga Qozog‘iston chegarasida to‘planganlarga O‘zbekistonga o‘tish uchun istisno tariqasida bir marta ruxsat berilganini ham bildirgan.

Qozog‘iston tomoni chegarada 2 hafta turib qolgan o‘zbekistonliklar uchun istisno tariqasida tranzit yo‘lagi ochib berishi ortidan Rossiyadagi boshqa muhojirlar ham chegaraga kela boshlagan va muhojirlarning chegaraga oqimi hanuz davom etmoqda.

Ayni paytda, G‘ishtko‘prik (xalq tilida Chernyayevka) o‘zbek-qozoq chegarasida ham muhojirlar yig‘ilib qolgan.

Bu yerdagi o‘zbekistonliklardan ham Ozodlikka ko‘plab video yo‘llangan.

Turkiston politsiya departamentidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 2 iyul holatiga chegaraning bu qismida yig‘ilganlarning 900 dan ortig‘i o‘zbekistonlik, 400dan ortig‘i Tojikistonlikdir.

XS
SM
MD
LG