Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:20

Qirg‘izistonda yangi aksilrekord - bir kunda 526 kishi COVID-19 ga chalindi


So‘nggi bir kunda Qirg‘izistonda 526 ta koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda 2 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda QR Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Aynura Akmatova ma’lum qildi.

Bishkekda 211 ta, Chuy viloyatida – 231ta, O‘shda – 19ta, O‘sh viloyatida –6 ta, Jalolobod viloyatida– 27ta , Norinda– 3ta, Talasda– 1 ta, Botkenda – 18ta, Issiqko‘l viloyatida – 10ta holat qayd qilindi.

So‘nggi kunda avval COVID-19ga chalingan 87 bemor sog‘ayib shifoxonani tark etdi.

Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 6261taga yetdi. Ulardan 2530 nafari davolanib shifoxonadan chiqdi, 66 nafar bemor vafot etdi.

QRda COVID-19 avjiga chiqqan davrda koronavirus testlari manfiyni ko‘rsatdi, ammo o‘pkaga ta’sir qildi. Internetda zotiljamdan vafot etganlar haqida xabarlar paydo bo‘lishiga qaramay, ular koronavirus statistikasiga kiritilmaydi.

Bosh vazir Kubatbek Boronov Respublika operativ shtabining majlisida COVID-19ga chalingan bemorlar uchun koykalarni ko‘paytirish borasida har kuni ish olib borish lozimligini topshirdi. Uning aytishicha, bugungi kunda Tibbiyot akademiyasi, Arabayev nomidagi QDU va Asanov nomli Harbiy litseyning yotoqxonasida 500dan ortiq o‘rin bor.

Hukumatning xabar qilishicha, bosh vazir topshirig‘iga ko‘ra Bishkekka mintaqalardan ko‘ngilli shifokorlar xizmat safariga kelmoqda. Boronov shifokorlarga qo‘shimcha to‘lovlar o‘z vaqtida berilishini, shuningdek, qo‘shimcha to‘lovlar miqdori ko‘paytirilishi bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqilishini topshirdi.

XS
SM
MD
LG