Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:59

Tadbirkor: Avtomashinadan foydalanishga ruxsatnomani to‘liq kunga berishmasa, biznesimiz sinishi aniq!


Karantindagi Zarafshon. Bozorlar yopilgach, oziq-ovqat mahsulotlari ko‘chalardagi yoymalarda sotila boshladi, 2020, iyun.
Karantindagi Zarafshon. Bozorlar yopilgach, oziq-ovqat mahsulotlari ko‘chalardagi yoymalarda sotila boshladi, 2020, iyun.

Tadbirkor Nasimbek O‘rinovning aytishicha, Zarafshondagi "Navro‘z" savdo majmuasida uning qandolat va oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan do‘koni bor. Do‘kon yopiq, ammo bu mahsulotlarni aholi uylariga yetkazib berishi uchun o‘z avtomobilidan soat 16 dan 20 gacha foydalanishga ruxsatnoma olgan.

O‘rinovning aytishicha, ruxsatnomaning cheklangan vaqtga berilgani faoliyatini davom ettirishi uchun juda noqulaydir.

Ozodlik bilan suhbatda N. O‘rinov qizil hudud, deb belgilangan karantin zonalaridagi tadbirkorlarning ahvoli va ularning ishlashi uchun berilayotgan imkoniyatlarning o‘ta noqulay boshqa jihatlari haqida gapirib berdi.

12 mayda Zarafshon shahri qizil zona, deb e’lon qilinishi bilan uning do‘koni ham yopilgan. Bozorlar yopilmasidan sal avval sotib olingan katta hajmdagi oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari esa do‘konida qolib ketgan.

Birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini aholi uylariga eltib berib, sotishiga ruxsat berilgach, N. O‘rinov ham xususiy avtomobilidan foydalanish uchun ruxsatnoma olganini aytmoqda:

- Pechenye, shokolad kabi mahsulotlarning muddati o‘tmasa ham, qotib qolishi mumkin. Shularni sotib olish uchun yugura-yugura, oxiri cheklangan soatlarda haydash uchun mashinamga ruxsatnoma oldim. Kechki soat 4 dan 8 gacha, haftaning bir necha kunida dostavka uchun ruxsat berishdi.

Aytishicha, davlat tashkilotlariga arzi hol qila-qila olgan ruxsatnomasiga qaramay, mashinasi baribir jarima maydonchasiga tushib qolgan:

- Tarqatiladigan mahsulotni tayyorlash uchun ertalab soat 10 larda mashinamda ketayotgan paytimda, IIV xodimlari to‘xtatib, mashinamni jarima maydonchasiga olib borib qo‘yishdi. Tushuntirishga urindim, lekin bo‘lmadi. Hujjat bo‘yicha ular haq, to‘g‘ri. Lekin, mening uyimdan do‘konimgacha piyoda 1 soat yuraman. Bir soat piyoda kelish, yana bir soat piyoda ketish - keyin yana mashinada kelib, mahsulotni 4 soat ichida tarqatishga ulgurish - juda noqulayda! Muhimi, yana mening mahsulotlarim qolib ketyapti, hademay buzilsa, men shuncha mahsulotga kuyib qolamanmi?! .

Quyida tadbirkor bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:49 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonda joriy yilning 16 martidan boshlab, koronavirus epidemiyasi oldini olish maqsadida karantin joriy qilingan.

Karantin choralari sifatida aholining shaxsiy avtomobilidan foydalanishi ham qat’iy cheklangan. Birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini sotadigan va aholi uylariga yegulik yetkazib beradigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa, o‘z mashinasidan foydalanishi uchun maxsus ruxsatnomalar joriy qilingan.

O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi yoyilishi va buning oldini olishga qaratilgan karantin tadbirlariga oid boshqa ma’lumotlar bilan Ozodlikning jonli blogida tanishishingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG