Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:39

Ukraina vs. O‘zbekiston: Prezident bo‘lganiga 4 yil to‘layotgan Mirziyoyev nega matbuot bilan gaplashmayapti?


2020 yilning 21 may kuni Volodimir Zelenskiy prezidentligining bir yilligi tug‘dirgan savollarga javob berish uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.
2020 yilning 21 may kuni Volodimir Zelenskiy prezidentligining bir yilligi tug‘dirgan savollarga javob berish uchun matbuot anjumani o‘tkazdi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda ayni kunlarda jamoatchilik orasida keng muhokamaga sabab bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida bildirilayotgan ayrim mulohazalar e’tiboringizga taqdim etiladi. Voqealarga berilayotgan baholar mutlaqo muallif pozitsiyasi. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida BBC o‘zbek xizmati jurnalisti Pahlavon Sodiqning Feysbukdagi o‘z sahifasida e’lon qilgan postni e’tiboringizga havola qilyapmiz. Matn tahrirsiz berilmoqda.

*********************

Zelenskiy prezidentligining 1 yilligi munosabati bilan katta matbuot anjumani beryapti.

Mirziyoyevning kichkina matbuot anjumanini 4 yildir kutamiz. Hali ham Karimovdan qolgan monolog formati. Ammo Karimov prezidentligining birinchi yili Rossiya matbuotining o‘ziga 10 dan ortiq intervyular berganini eslayman.

1999 yil dekabrida BBS o‘tkazgan so‘rovda Karimov “Asr odami” deb topilgandi. Bu xushxabar uning qo‘shni kabinetda o‘tiradigan davlat maslahatchisiga ertalab yetkazildi. Ammo xushxabarni prezidentga olib kirish uchun 7 soat vaqt ketdi.

Endi Sardobaga o‘xshagan noxush xabarni yetkazish uchun qancha vaqt ketishini tasavvur qiling. (Taxminan, “suv chiqish” boshlanganidan to‘g‘on o‘pirilgunicha vaqt).


Vaqt o‘tgan sayin savollar, ofatlar, muammolar ko‘payib boryapti. O‘zbekistonda super-prezidentlik boshqaruvi ekani nazarda tutilsa, juda ko‘p savollarga faqat Mirziyoyev javob bera oladi. Taxminimcha, javob bermayotganining 2 ta sababi bo‘lishi mumkin:

1. Javob berolmaydigan savollari bor;
2. Ko‘p narsani gapirib qo‘yadi.

Nima bo‘lganda ham, matbuotga gapirish davlat rahbarining saylovchilar oldidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mas’uliyati ekanini kimdir eslata oladimi? Savol ritorik.

Pahlavon Sodiq

XS
SM
MD
LG