Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:04

Samarqandlik vrach ishi bekor qilingani adolatdanmi yoki u qamalishi kerakmidi?


Samarqand viloyatida “34 kishiga koronavirus yuqtirgani” aytilgan vrachga nisbatan jinoyat ishi bekor qilindi. Bu haqda 18 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Vrach ustidan jinoyat ishi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1- qismi («Sanitariyaga oid qonun hujjatlari yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish») bilan qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda asosida 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llaniladi. Agar bu holat odam o‘limiga sabab bo‘lsa, u holda 20 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

SSVning 18 may kungi xabarida aytilishicha, shifokor X.D.,ga nisbatan jinoyat ishi asossiz qo‘zg‘atilgan, deb hisoblagan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Bosh prokurorga jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish masalasining ko‘rib chiqilishini so‘rab murojaat yo‘llagan.

“Bosh prokuratura mazkur jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganish jarayonida X.D.,ga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, sinchkovlik bilan o‘tkazilmasdan, barcha holatlar to‘liq tekshirilmasdan, shoshma-shosharlik bilan barvaqt jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligini aniqlagan”, deyiladi xabarda.

Shunga asosan, Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan X.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qaror Bosh prokuratura tomonidan bekor qilingan.

Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati 14 may kuni Samarqand viloyatidagi tuman kasalxonalaridan birida bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan shifokor 34 ta odamga koronavirus yuqtirganlikda ayblanayotganini va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini xabar qilgan edi.

Viloyat prokuraturasi o‘shanda 20 apreldan 27 aprelga qadar uy sharoitida yashirincha o‘zini o‘zi davolagan vrach turmush o‘rtog‘i va boshqa qarindoshlari, o‘zi davolab kelgan bemor va hamkasblaridan iborat jami 11 kishiga virus yuqtirganini, ular orqali koronavirus yana 23 kishiga yuqqanini iddao qilgan edi.

Shu xabardan paydo bo‘lgan savolni sarlavhaga chiqardik va uni OzodNazarning bugungi suhbatdoshi professor Rustam Nuriddinovga berdik.

Suhbat davomida Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kundan kunga murakkablashib ketayotgani sabablari haqida ham so‘z bo‘ldi.

Suhbatdoshimiz virus bilan bog‘liq vaziyat yaqin kunlarda qay tomonga o‘zgarishi mumkinligi yuzasidan ham o‘z qarashlarini o‘rtoqlashdi.

Самарқандлик врач иши бекор қилингани адолатданми ёки у қамалиши керакмиди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:23:10 0:00
Бевосита линк


XS
SM
MD
LG