Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:44

Shifokor bir stavka ishiga bir million olib, oilasini qanday boqsin?


Sarlavhaga chiqarilgan gap Toshkentdagi tez yordam kasalxonalaridan birida ishlaydigan shifokordan kelgan maktubdan olindi.

Bu maktub muallifining aytishicha¸ hukumat ham, odamlar ham shifokorlar qanday sharoitda, qancha oylikka ishlayotganini, ularga bo‘lgan e’tibor qanchalik ekanini bilib qo‘yishsin.

E’tiboringizga havola qilinayotgan quyidagi matn tahrirsiz, muallif imlo va stilistikasini saqlagan holda berilmoqda.

"Assalomu alaykum. Sizlarga mustakil Uzbekistonimiz xalkini salomatligi yulida xizmat kilayotgan oddiy bir shifokor sifatida murojaat kilaman.

Bugungi kunda O‘zbekistonda tibbiyot va tibbiyot xodimlari achinarli holatga kelib koldi. Men tuman poliklinikasida UASh, tez yordam podstansiyasida navbatchi shifokor hamda ShTYoM jarroxlik bo‘limida navbatchi shifokor sifatida faoliyat yuritaman.

Faoliyatim davomida bir oy 30 kundan kupi bilan 10 kun uyda bo‘laman. Uyda vaktimda na oilam,na farzandlarimga vakt ajrata olaman, na uz ustimda ishlashga.

Bugungi kunda O‘zbekistondagi deyarli barcha shifokorlar shunday og‘ir yuklama ostida faoliyat yuritishayotgani xech kimga sir emas. Shuncha yuklama ostidagi ishlarning zimmamizdagi javobgarlik salmogini tasavvur kilgandirsiz?

“Nega buncha yuklama bilan ishlaysan” dersiz? Normal jamiyatda ishchining bir stavka, kunlik 8 soatlik ish faoliyatiga berilgan oylik maoshga oilasini boqa olishi lozimligini xech kim inkor etmasa kerak? Bizda 1 stavka uchun oylikka oila tebratib, yana uz malakasi ustida ishlashi mumkinmi?

Xozirgi kunda O‘zbekistonda vrachlarning 1 stavka uchun oyligi 1,5 million atrofida. Shundan “Daromad solig‘i” etib borish bormaslik mavxum bulgan “Pensiya fondi” Bir tiyinlik foydasi bulmaydigan “Kasaba uyushmasi” (Profsoyuz ishlaganda bunaqa bo‘lmasdi menimcha), Elektr energiyasi, gaz, yer soligi va boshkalarni olsangiz 800-900 boring 1 million atrofida pul koladi.

Bir millionga xar kuni 2 ta 3000 sumdan maska, antiseptik gel, xar 2 oyda 1 tadan xalat spetsovka (kamida 100000 sumdan), kolpochok, tonometr-fonendoskop (200 000 sum), kansellyariya, telefon aloqa to‘lovi, kunlik 20-30 000 tushlik, kunlik 30 000 sum yul kira kabi shifokorning o‘zi kiladigan xarajatlarni hisoblasak qolgan bir million xam manfiyga o‘tib ketishini xamma tushundi shekilli?

Endi shifokorni oilasini kim boqadi? Uni farzandi bog‘chaga, maktabga bormaydimi? Shifokor nima uchun va qanday ishlaydiki oyligi yolgiz uzining ayni ish ichun shaxsiy xarajatlariga xam yetmasa?

Bugungi kunda shifokorlar va boshka tibbiyot xodimlari tibbiy kiyimlar, fonendoskop tonometr u yoqda tursin, xattoki oddiy tibbiyot nikobi bilan xam ta’minlanmagani odamni ajablantiradi.

Nima bizni davlatimiz shunchalik zaifmi? Shifokorlar soni Respublika buyicha atigi 100 ming atrofida bulsa. O‘zimdan qiyos ish faoliyatimga 4 yil buldi. Ishga ne ne maksad va orzular bilan kelganimni eslab xozir kulgim keladi.

Ukishimniku ming azob bilan bankdan “talaba krediti” olib kontrakt to‘lab o‘kiganman. O‘z uzimga savol beraman “Xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bir million oylik olish uchun 10 yil umrimni yuz millionlagan kontrakt pullarni tulab o‘tkazdimmi?”

“Talaba kreditini” to‘laguncha oylab uyga bormay ishlab ona sutim ogzimga keldi. Ayni karantin kunlarida xam Tuman markazidagi ishimga 20 kilometr masofadan katnab ishlayman.

Mashina olishga 3 joyda tunu kun ishlab xam imkon kilolmadim. Ayni damda kishlok avtomobillari xam karantin sababli tuman markaziga kiritilmay kuydi. Natijada ishga borish uchun tuman markazidan taksi chakirishga majbur bulyapmiz. Bunga borish-qaytish uchun kunlik 70-80 ming sum atrofida pul sarflayman. Bu holatda kanday ishlab buladi? Kishloqlarda telefon, internet alokasini umuman yo‘qligini gapirmasayam bo‘ladi.

Bundan tashkari tibbiyot hodimlarining tibbiy ko‘rikdan o‘tishi o‘zimiz shu sohada ishlashimizga qaramasdan pullik (bir marta ko‘rikdan o‘tishimiz, bir necha kunlik vaqtni oladigan sarsongarchilikdan tashkari 250-300 000 sum atrofida) qilib kuyilgan.

Nima, xukumatimiz tomonidan tibbiyot xodimlariga jinoyatchi va foxishalardan xam past nazar bilan karaladimi? Xatto jinoyatchilar, foxishalar xam SPID, VGV, VGS, RW, rentgen tekshiruvlaridan bepul, davlat tomonidan o‘tkaziladi.

Davlatimiz shu xalq salomatligi uchun chumchuq donidek oylikka filni yukidek mas’uliyat va javobgarlik bilan xizmat kilayotgan shifokorlarni xor bo‘layotganini nahot ko‘rmayapdi? Bunga mas’ul raxbarlar buni anglamas darajada akli noqismi? Nega ular uz ayblarini ko‘rmasdan barchasiga shifokorlarni aybdor qilishmoqda? Mana sizga “nega tibbiyotimiz orqada? Nega shifokorlar poraxo‘r?” degan millionlagan savollarga javob. Mushugingiz siz och qoldirganingiz sababli o‘girlik kilsa mushuk aybdormi?

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Bu ruknda berilgan materiallar mualliflari qarashlari Ozodlik qarashlariga mos kelmasligi mumkin.​

XS
SM
MD
LG