Линклар

Шошилинч хабар
10 апрел 2020, Тошкент вақти: 08:19

Istanbulda soxta aroqdan zaharlanib o‘lgan muhojirlar soni 38 taga yetdi


Istanbulda soxta aroq ichish oqibatida zaharlanib o‘lgan turkman migrantlari soni 38 kishiga yetdi, yana o‘nlab odamning ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

“Xronika Turkmenistana” nashrining xabar qilishicha, 21 mart holatiga ko‘ra, soxta spirtli ichimlikdan Istanbulda zaharlanib o‘lgan Turkmaniston vatandoshlari soni 37 kishiga yetgan.

Turkiyadagi “Azatlik” radiosi muxbiri 23 martda Istanbulda zaharlanish oqibatida o‘lganlar soni 38 kishiga yetganini bildirdi.

“Xronika Turkmenistana” ma’lumotiga ko‘ra, qarindoshlari vataniga olib keta olmaganlar Kilyos qabristoniga dafn etilgan.

21 mart kuni peshinga qadar ekskavator bilan 7 ta qabr qazilgan. Qabriston ishchisi yana mayitlar olib kelinishi haqida ogohlantirilganini aytgan. Yana qabrlarning ko‘pchiligi ustiga faqat raqamli taxtachalar o‘rnatilgan, ularga qarab, qabriston ma’muriyatitan ko‘milganlarning ismini bilib olish mumkin, deya xabar qiladi nashr.

781 raqami bilan Halach etrapidagi Ariq-ayaq qishlog‘ilik Perman Yazdurdiyev, 782 raqami bilan Lebap viloyatilik Nurmirat Ereshev dafn etilgan. Yana ikkita mayitni olib kelishdan oldin (ularni qo‘shib hisoblaganda, o‘lganlar soni 37 kishiga yetdi) “Xronika Turkmenistana” yana bir qancha o‘lgan kishilarning ismini aniqladi: Narmirat Egemberdiyev, Esker Allanazarov, Resulla Muhammetsheripov (Dasho‘g‘uz viloyati), Hayitboy Begov (Dasho‘g‘uz viloyati), Eresh Guziyev, Xudaynazar Xudayquliyev, Murad Muradov va Azamat Do‘smetov (Dasho‘g‘uz viloyati).

13 martdan beri tibbiyot muassasalariga jami zaharlangan 61 kishi tushgan. 24 nafar zaharlangan bemor Istanbulning turli shifoxonalaridagi jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. Ko‘pchiligi komaga tushib qolgan. Shifokorlar aytishicha, ularning sog‘ayib ketish imkoniyati kam.

Turkiyaning CNNTurk telekanali 19 martda soxta aroq ichib o‘lgan 15 kishi haqida xabar bergan edi. Telekanalga ko‘ra, aksariyati Turkmaniston vatandoshlaridir. 60 dan oshiq kishi Istanbul shifoxonalarining jonlantirish bo‘limlarida davolanyapti, ko‘pchiligining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

− Umumiy hisobda 15 kishi: 5 kishi Zeytinburnuda, yana 5 kishi Bashakshehirda, 2 kishi Gungo‘renda, yana 2 kishi Esenyurtda va 1 kishi Fatihda nobud bo‘ldi. 60 nafar bemor jonlantirish bo‘limlarida qolmoqda, − deya xabar tarqatdi CNNTurk.

Turkiya axborot manbalari tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, politsiya soxta aroq sotgan 11 kishini hibsga olgan. Ularning turarjoyi tintuv qilinganda, ko‘p miqdordagi soxta spirtli ichimliklar barobarida bir necha ro‘yxatdan o‘tmagan o‘q otuvchi qurol va o‘nlab patronlar topilgan.

Turkiya ommaviy axborot vositalari turkman migrantlari koronavirusdan himoyalanish uchun toza spirtdan tayyorlangan soxta aroqni ichganini xabar qildi.

O‘tgan oy oxirida Eronda ham 159 kishi qo‘lbola spirtli ichimlik ichib o‘lgani qayd etilgan edi. Ular ham o‘sha ichimlikni COVID-19 dan himoyalanish uchun ichgan ekan.

Shifokorlar spirtli ichimliklar koronavirusdan himoya qilmasligini, aksincha, immunitet pasayishi va kasallik og‘irlashishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

“Azatlik” ilgari Turkmanistonning soxta aroq ichib zaharlangan 4 nafar vatandoshi haqida xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG