Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:26

"Uyimni buzib tashlashmoqchi, endi qayga boraman?"


Namangan viloyat, Norin tuman, Qo‘rg‘ontepa MFY, Yashiq mahallasidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan 50 yashar Sohiba Boymurodova hokimlik 18 xonadonning uy-joyini buzib tashlayotganidan shikoyat qildi:

ОзодМикрофон: Уйимни бузиб ташлашмоқчи, энди қайга бораман?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:37 0:00
Бевосита линк

“O‘tgan yili men bu yerni bir yigitdan 25 million so‘mga sotib olgan edim. Bir xonali uy qurib, yashadim. Endi esa, o‘n kun ichida buzasan deb muhlat berishdi. Buzmasam, shtraf qilisharkan. Bir men emas, 18 xonadonga shunday ko‘rgilik kelgan. Uylarimizning kadastr hujjati bor, lekin yerga qaror chiqmagan ekan. 2015 yilda bu yerlar aholiga berilgan ekan. Lekin, o‘sha paytda odamlarni ishontirib, hujjat qilib beramiz deyishganu, yerlarni sotgandan keyin qilib berishmagan. Odamlar ham ana qilib beradi, mana qilib beradi deb uylar solishgan, molxona, omborxonalar qurishgan. Bu mahallada 52 ta xo‘jalik yashaydi. Qolganlarida qarori bor, bizlarga esa berilmagan. O‘zim qand, davleniye kasaliman. Boquvchim yo‘q. Bitta o‘g‘lim bor. Ota-onam o‘tib ketgan. Endi men qayga boraman, hozir anavu virus sabab, hech kim uyiga ham qabul qilmaydi. Boshimni urmagan idoram qolmadi. Ko‘chada qoladigan bo‘ldim, juda og‘ir ahvoldaman. Na boshqa joydan yer berishdi, na uylar uchun tovon. Ana katta ko‘cha. Uyingni buzib olib ket deyishyapti. Nima qilay, yordam beringlar?”

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG