Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:27

Shaffof jismlarni soniyasiga 1 trillion marta suratga olishga qodir kamera ixtiro qilindi


Kaliforniya texnologiya instituti.
Kaliforniya texnologiya instituti.

O‘tgan yilda Kaliforniya texnologiya instituti xodimi, tibbiy muhandislik va elektrotexnika professori Lihong Vang dunyodagi eng tez kamerani ixtiro qilgan edi. Uning kamerasi bir soniyada 10 trillion surat olishga qodir. Bu kamera shunchalik tezki, hatto yorug‘lik harakatini kuzatish imkonini beradi.

Endilikda olim shaffof jismlar suratini oluvchi kamera yaratdi. Soniyasiga ko‘rish mushkul bo‘lgan jismlarning 1 trillion suratini oluvchi kamera haqida Science Advances jurnalida e’lon qilindi.

Vang “Fazalarni sezuvchi siqilgan ultratez fotografiya” (Phase-Sensitive Compressed Ultrafast Photography, pCUP) deb nomlagan kamera texnologiyasi nafaqat shaffof jismlar, balki shok to‘lqinlari va hatto neyronlar orqali o‘tuvchi signallar suratini olishga qodir.

Vang hamkasblari bilan ishlab chiqqan texnologiya o‘zi ishlab chiqqan tez suratga olish uslubi bilan avvaldan ma’lum bo‘lgan faza-kontrast mikroskopiya chatishmasi ekanligini aytdi.

Faza-kontrast mikroskopiya bundan deyarli bir asr muqaddam niderlandiyalik fizik Frits Tsernike tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda hujayra kabi shaffof jismlarni ko‘rish va suratga olish imkonini beradi. Mazkur texnologiya yorug‘lik jismdan o‘tayotganida tezligi o‘zgarishiga tayanadi. Masalan, yorug‘lik nuri shisha parchasidan o‘tayotganida uning tezligi ozayadi, oynadan chiqqanidan keyin esa qayta tezlashadi. Tezlikdagi bunday o‘zgarishlar to‘lqinlarni o‘zgartiradi. Shuning uchun muayyan yo‘llar bilan shisha orqali o‘tgan va o‘tmagan yorug‘likni farqlash mumkin. Natijada oyna kabi shaffof jismni ko‘rish ancha osonlashadi.

- Biz standart faza-kontakt mikroskopiyani juda tez suratga olish imkoniga qo‘lga kiritish uchun adaptatsiya qildik. Bu esa bizga shaffof materiallardagi ultratez hodisalarni suratga olish imkonini beradi, dedi Vang.

Yangi kameraga bag‘ishlangan ilmiy maqolaga Vang suvda harakatlanayotgan to‘lqin hamda kristall jism orqali harakatlanayotgan lazer pulsi suratlarini ilova qildi.

Olim mazkur texnologiya hali mukammal emasligini, shunday bo‘lsa-da, kelajakda fizika, biologiya va kimyo sohalarida qo‘l kelishi mumkinligini aytdi.

XS
SM
MD
LG