Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:06

Qirg‘iziston va Tojikiston yer almashtirish orqali chegaradagi nizolarga nuqta qo‘ymoqchi


O‘zaro chegara hududi.
O‘zaro chegara hududi.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradagi nizolarga barham berish maqsadida o‘zaro yer almashtirishga kelishib oldi. Qirg‘iziston Tojikistonga beradigan yer uchastkalari aniq bo‘ldi, lekin Tojikiston hozircha qo‘shni davlatga qaysi yerlarini berishini ochiq aytmayapti.

Qirg‘iziston hukumatining parlamentga ma’lum qilishicha¸Tojikiston bilan chegaraning aniqlanmagan 114 kilometrini o‘zaro tasdiqlash yuzasidan ham kelishib olingan.

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasi Markaziy Osiyodagi eng notinch hudud hisoblanadi. Rasmiy raqmalrga ko‘ra¸ birgina 2019 yilda bu hududda o‘ndan ortiq nizo yuz berib, unda to‘rt odam o‘lgan¸ o‘nlarchasi jarohatlangan.

Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakovning parlamentda 21 yanvar kuni ma’lum qilishicha, Tojikistonga ikkita hudud beriladi:

- Ikki uchastkani almashtirish bo‘yicha ular tomonidan ham, biz tomondan ham rozilik bildirildi. Botken tumani Aqsay qishlog‘idagi Ariqasti va Samarqandek qishlog‘idagi Samarqandek uchastkasini Tojikistonga almashtiradigan bo‘ldik, - dedi Razakov.

Hozircha Tojikiston bu yerlarning o‘rniga qaysi yerlarni berishi noma’lum. Bu borada ochiq ma’lumot yo‘q. Lekin Tojikiston Qirg‘izistonga 3-4 hududni taklif qilgani aytildi. Jenish Razakov Qirg‘iziston Tojikistonga qancha yer bersa, tojik tomonidan ham shuncha yer olinishini bildirdi.

Parlament deputati Talabdi Tillayev yer almashtirish ortidan chegaradagi nizolarga bira-to‘la barham beriladi, degan fikrlarga qo‘shilmasligini aytdi:

- Almashtiriladigan yerlar yuzasidan xalq orasida tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Topografik kartani ko‘rsatib: “Shu yerni almashtirdik”, deb qo‘yish bilangina ish bitmaydi. Yer almashtirilganidan keyin xalq urishib ketsa, yana mammo paydo bo‘ladi. Shu sababli chegara masalasi bo‘yicha ishchi guruh Ko‘ktosh, Samarqandek, Aqsay qishlog‘iga borib almashtiriluvchi yerlar bo‘yicha halqqa ma’lumot berishi kerak.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida so‘nggi paytlarda tez-tez sodir etilayotgan nizolar deputat tilga olgan uch qishloqda bo‘ladi. Mazkur qishloqlarda ikki davlat o‘rtasida bahsli bo‘lib turgan yerlar mavjud.

Masalan, 10 yanvarga o‘tar kechasi Ko‘ktosh qishlog‘ida qirg‘izistonlik va tojikistonliklar o‘rtasida toshbo‘ron bo‘lib o‘tgan. Bu voqeada tomonlar bir-yuirlarini o‘q otiganlikda ham ayblagan.

2019 yilning 18 dekabrda mazkur hududda sodir bo‘lgan to‘qnashuvda Qirg‘izistonning 6 va Tojikistonning 3 fuqarosi tan jarohati oldi.

2019 yilda Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida 10 dan ortiq mojaro yuz berdi, shundan to‘rtta hodisada odamlar halok bo‘ldi. 16 sentabr kuni yuz bergan hodisada to‘rt kishi vafot etdi.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasining uzunligi 971 kilometrni tashkil etadi. Uning 450 kilometrdan ortig‘i aniqlanmagan.

XS
SM
MD
LG