Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:08

Tojikistonda Rossiya puliga quriladigan rus maktablariga hozirdanoq o‘quvchi yig‘ildi


Farzandlarini xususiy maktabga bera olmaydigan Tojikistonda o‘rta daromadga ega ota-onalar uchun rus tilidagi maktablar ikkinchi yaxshi tanlov bo‘lib qolmoqda (arxiv surati)
Farzandlarini xususiy maktabga bera olmaydigan Tojikistonda o‘rta daromadga ega ota-onalar uchun rus tilidagi maktablar ikkinchi yaxshi tanlov bo‘lib qolmoqda (arxiv surati)

Tojikiston parlamenti kelgusi uch yilda beshta rus maktabi qurish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. Ularni asosan Rossiya hukumati moliyalashtiradi.

Ushbu qadam Tojikiston hokimiyat idoralari Moskva bilan qalin aloqa qilishga tayyor ekanini hamda tojiklar o‘rtasida rus tilidagi ta’limga talab ortib borayotganini ko‘rsatadi.

15 yanvarda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan parlament muhokamasi chog‘ida ta’lim vaziri o‘rinbosari Rahmatullo Mirboboyev har bir maktab kamida 1200 o‘quvchi o‘qishi uchun mo‘ljallanishini ma’lum qildi.

Markaziy Osiyoning ushbu mamlakatida rus tilli aholi soni ancha-muncha qisqarib ketdi, chunki etnik ruslar soni 1979 yildagi 395 000 kishidan 2010 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijasiga ko‘ra 35 000 kishiga tushib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, yangi rus tilidagi maktablar uchun o‘quvchilar soni yetarli bo‘lishi kutilmoqda.

So‘nggi yillarda shaharlarda ham, qishloq joylarda ham rus tili o‘quv tili bo‘lgan o‘quv yurtlariga talab ortib bormoqda.

Ayni damda Tojikistonda 32 ta ta’lim faqat rus tilida beriladigan maktab bor, shulardan 10 tasi so‘nggi ikki yilda tashkil etildi.

Ta’lim aralash tillarda o‘qitiladigan o‘nlab maktablarda o‘quvchilar tojik va rus tillarida alohida-alohida o‘qitiladi.

Keng tarqalgan ishsizlik

Farzandlarini rus maktablariga berayotgan tojik ota-onalar bu ularning Rossiya universitetlarida o‘qish imkoniyatini oshirishini, Rossiyada yaxshi haq to‘lanadigan ishli bo‘lishini aytmoqda.

Sobiq sovet respublikalari orasida eng qashshoq mamlakatlardan biri bo‘lgan Tojikistonda ishsizlik darajasi nihoyatda baland. Oktabrda o‘rtacha maosh 140 dollarga teng bo‘lgan edi.

‒ Katta o‘g‘lim rus maktabiga boradi, ‒ deydi Sug‘d viloyatilik to‘liq ismini aytishni istamagan pediatr Zahro.

U kichik o‘g‘li rus tilidagi maktabga kirish uchun “ayni paytda tojik tilida” o‘qib, o‘rin bo‘shashini kutib turganini aytadi.

Uzoq muddatli rejaga ko‘ra, ular Rossiyaning yashash xarajatlari unchalik qimmat bo‘lmagan shaharlarida tibbiyot sohasida ta’lim olishi kerak, ‒ dedi Zahro. ‒ Farzandlarim tinmay o‘qiyapti, kimyo va fizikadan qo‘shimcha xususiy ta’lim olyapti.

Zahro ham boshqa ko‘plab tojiklar singari Tojikistondagi rus tilli maktablar sifatli ta’lim berishiga ishonadi.

Rus maktablari Zahro singari daromadi o‘rta, farzandlarini o‘rta maktablarga bera olmaydigan ota-onalar uchun ikkinchi eng yaxshi tanlovdir.

O‘nlab xususiy, jumladan, ingliz tilli maktablar bor, ular ko‘plab sinfdan tashqari sifatli ta’lim beradigan, kam o‘quvchilar o‘qitiladigan va tajribali o‘qituvchilari bor o‘quv muassasalari maqomiga ega.

Rossiya sarmoyasi

Tojikistonda rus tilli maktablar ochish rejasi 2018 yil sentabrida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida muhokama qilingan edi, deya xabar tarqatgan edi Tojikistonning rahbarining rasmiy vebsayti.

Rahmon har doim “strategik hamkori” Rossiya bilan yaqin aloqada bo‘lib kelmoqda, u yerda yuz minglab tojik migrantlari mehnat qilmoqda.

Migrantlar 2018 yilda mamlakatga jo‘natgan 2,5 milliard dollarga yaqin pul mamlakat jami ichki mahsulotining 1/3 qismini tashkil etdi va u Tojikistondagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikning muhim omili hisoblanadi.

O‘z navbatida Rossiya Markaziy Osiyoni o‘z ta’sir doirasida ushlab turishga harakat qilib kelmoqda hamda rus tilidagi ta’limni va iqtisodiy imkoniyatlarni “yumshoq kuch” vositasi deb hisoblaydi.

2018 yil avgustidan beri aholisi deyarli 8,9 million kishi bo‘lgan Tojikistonga Rossiya 100 nafar rus tili o‘qutuvchisini jo‘natdi hamda mamlakatning rus tilli maktablarini darsliklar bilan ta’minlamoqda.

Xabar qilinishicha, o‘qituvchilar maoshining aksariyatini Rossiya ta’lim vazirligi to‘layapti.

Putin 2019 yil 19 dekabrda o‘tkazgan yillik matbuot konferensiyasida Markaziy Osiyoda ko‘proq rus tilidagi maktablar ochish zarurligini qayd etgan edi.

Tojikiston ta’lim sohasi mutasaddilari kelgusi uch yilda poytaxt Dushanbe, Xo‘jand va Tursunzoda shaharlarida, Boxtar, Ko‘lob viloyatlarida 5 ta rus tilli maktab qurilajagini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG