Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:37

The Insider: Sergey Lavrovning 600 million rubl qiymatga ega ko‘chmas mulki bor


The Insider nashrining yozishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Sergey Lavrov taxminan 600 million rubl qiymatidagi ko‘chmas mulkka ega.

Bu miqdor Lavrovning rasmiy daromadidan ancha yuqoridir. Lavrov rasmiy oyligi bilan 120 yilda ham bu mulkni bozor narxida sotib ololmagan bo‘lardi.

Lavrov 16 yildan beri Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga yetakchilik qilib keladi. The Insider ma’lumotlariga ko‘ra, amaldor Rublevo-Uspenskiy shossesidagi Jukovka qishlog‘ida maydoni 499 kvadrat metr bo‘lgan uch qavatli uyga ega.

Avvallari bu yerda davlat dala hovlilari bo‘lgan, ammo hozir u Moskva viloyatining eng qimmat hududlaridan biriga aylangan. The Insider hisob-kitobiga ko‘ra, Lavrovning Jukovkadagi uyi 300 million rubldan qimmat bo‘lishi mumkin.

Nashr, shuningdek, Lavrovning Moskva markazida, Pushkinskaya metro bekati yaqinida maydoni 247 kvadrat metr uyi borligini aniqladi. The Insider ushbu kvartiraning ham bozor qiymatini 300 million rublga baholadi.

Lavrovga bu kvartirani qizi sovg‘a qilgan. Qizi esa, o‘z navbatida, uni avvalgi egasidan boshqa kvartiraga almashgan. Kvartirani olganida Lavrovning qizi 25 yoshda bo‘lgan, hech qanday biznesi bo‘lmagan.

Lavrovning o‘zi hozircha bu xabarni izohlagani yo‘q.

Lavrov Dmitriy Medvedev hukumati iste’fosidan keyin amaldagi tashqi ishlar vaziri vazifasini o‘tamoqda.

XS
SM
MD
LG