Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:02

Romitan Soliq inspeksiyasi boshlig‘i xodimiga o‘zini osishni tavsiya qildi


Romitan tumani DSI boshlig‘i Nurali Boltayev
Romitan tumani DSI boshlig‘i Nurali Boltayev

O‘zbekistonlik bir amaldor qo‘l ostidagi xodimlarini shaxsni tahqirlovchi uyat so‘zlar bilan haqorat qilayotgani aks etgan audioyozuv Ozodlik Telegramiga kelib tushdi.

Audioni Ozodlikka taqdim etgan Buxoro viloyat, Romitan tuman davlat soliq inspeksiyasi (DSI) xodimining iddao qilishicha, audiodagi haqoratlayotgan amaldor uning boshlig‘i Nurali Boltayevdir.

Ozodlik suhbatlashgan boshqa inspektorlar, audiodagi ovozni eshitib ko‘rib, uni o‘z boshlig‘iga tegishli ekanligini e’tirof etdi, ular audiodan Nurali Boltayev yer, mulk solig‘ini oz yiqqan xodimini haqoratlagan yig‘ilishni esladi.

Romitan tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Nurali Boltayev, hech qachon xodimlarini so‘kmaganini iddao qildi.

Besh minut davom etadigan audioni Ozodlikka taqdim qilgan Romitan tuman DSI xodimining aytishicha, uy, yer, mulk soliqlarini yig‘ishga bag‘ishlangan bu majlis o‘tgan yilning sentabrida bo‘lib o‘tgan.

Ovozi Nurali Boltayevniki deb iddao qilinayotgan shaxs, inspektor Azizbek Azizovni aholidan oz soliq yiqqanlikda ayblab, uni haqorat qiladi:

- Ashurov tur qani joyingdan. A.Ashurov! Gapir nechta...

Ashurov o‘rnidan turmasdan nimadir deganidan so‘ng (uning ovozi tushunib bo‘lmas darajada past eshitiladi) Nurali Boltayev unga o‘shqira boshlaydi”

- E, qo‘...qqa turmaysanmi? Tur dedim, he. Karmisan, sen yeb...nmisan, ertaga viloyat hokimi chaqirsa nima deysan? Qo‘...q bl...d, qani, qani? Ey, qo‘...g‘iyam shug‘ullanmaganda, ol “Mushtariy” 91ta turibdi b...d.

Audio davomida boshliqniki deb tushunilayotgan ovoz egasi xodimini haqorat qilishda davom etar ekan, unga ko‘pchilik bo‘lib jinsiy tajovuz qilish ehtimoli borligini aytadi:

Boshlig‘ingiz si..adi bu kecha bl...yad to‘da bo‘lib hammasi, demadingizmi?


- Hi, yeb...n bl...d! Onasini si...y hammasini, butun Romitan korxonalari o‘lgan bo‘lmasa kerak bugun. Ko‘tanini tortib qilib beradi. Yuragiz qiynalmadimi, boshlig‘ingiz si..adi bu kecha bl...yad to‘da bo‘lib hammasi, demadingizmi?

Shundan so‘ng, Boltayev deb aytilayotgan shaxs yana Ashurov familiyali xodimini haqorat qilishda davom etadi:

- Turgan ey o‘lik, san gapirmisanmi, tiling yo‘qmi sani? Qo‘...qqa gapirmisanmi, men seni nega turg‘izib qo‘ydim? Faqat a, a, deysan. Qo‘rqasanmi?

Xodimning anglab bo‘lmaydigan past ovozi eshitilgandan keyin, boshliq yana tutoqib ketadi:

Ketiga s...kkan bachaday o‘tirasan bu yerda, harom!


- E, qo‘...qqa menga aytding, nima deding? Ahmoq, bl...d. Ketiga s...kkan bachaday o‘tirasan bu yerda, harom! Onasini si...yin, yopish anavunday, he onasini si..y, o‘sha mahalla sani muttaham qilganmi. Almashtirib tashlayman, boshqasini qo‘yaman, keltirib. O‘likka o‘xshab o‘tirasan u yerda turib, na x...y. Murdaga o‘xshab, yaralangan, cho‘loq! Oyning oxirigacha bormaysan sen, aytib qo‘yay.

Audioning oxirida Nurali Boltaev deb aytilayotgan shaxs, xodimiga o‘zini osishni taklif qiladi:

- Bo‘lmasa bozor borasan ertaga, yoymachilar bo‘ladi, chelak-pelak, mayda-chuyda sotadiganlar. O‘sha yerdan ikki metr ip olda, chiqib o‘zingni os. Ikki metri yetadi, bo‘ying ham kalta, os o‘zingni. Tushundingmi?

Ismi sir qolishini so‘ragan o‘zbekistonlik advokatning aytishicha, bunday gap ham O‘zbekiston Ma’muriy kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, javobgarlikni ko‘zda tutadi.

Ozodlik yuborgan audioni eshitib ko‘rgan yana ikki nafar Romitan tuman soliq inspeksiyasi inspektori, undagi ovoz Nurali Boltayevga tegishli ekanligini tasdiqladi va ulardan biri bu haqda shunday dedi:

Ish uslubi kolxozcha. Normalniy ishlaydiganlarni ham so‘kib baqirib ishlatadi.


“Nurali Boltayev bugungi kunga qadar qanday qilib bir necha DSIga boshliq bo‘lib ishlab kelganiga biz ham hayron qolamiz. U bizga faqat viloyat DSI boshlig‘i Sherzod Raximovich bilan birga ishlaganini ro‘kach qilib xodimlarni muntazam haqorat qilib keladi. Bu yangilik emas. Ish uslubi kolxozcha. Normalniy ishlaydiganlarni ham so‘kib baqirib ishlatadi. Natijada xodimlarni ishga bo‘lgan sazasi o‘lib bormoqda”.

Inspektorning aytishicha, xodimlar Nurali Boltayev ustidan Soliq qo‘mitasiga bir necha bor shikoyat qilishgan, lekin viloyat DSB boshlig‘i tomonidan arizalar bostirilgan.

Romitan tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Nurali Boltayev xodimlarini haqorat qilishini inkor qildi:

- U gaplarning hammasi yolg‘on. Ashurov deganni gapirgan emasman. Unaqa gaplar bo‘lgan emas. Hozir xohlagan ovozga o‘xshatadilar. Mayli, men yig‘ilishga kiryapman, - deb Nurali Boltayev aloqani uzdi.

O‘zbekiston soliq qo‘mitasining matbuot xizmatiga Ozodlik audioni taqdim qildi. Ammo, matbuot xizmati rahbari Zafar Nazarov bunga munosabat bildirolmasligini aytdi.

Ozodlik tasarrufida bu audioning to‘liq varianti bor va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar so‘ragan taqdirda, u taqdim qilinishi mumkin.

Ozodlik viloyat, tuman hokimlari, Ichki ishlar bo‘limi, MIB boshliqlari, mahalliy rahbarlarning o‘z xodimlarini haqorat qilgani haqida avval ham xabar bergan.

Bu ro‘yxatga endi davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari ham qo‘shildi.

XS
SM
MD
LG