Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:46

“O‘g‘limni o‘ldirganlar ko‘pchilik bo‘lsa-da, lekin bir kishining bo‘yniga qo‘yishmoqchi”


Qashqadaryo viloyati, Yakkabog‘ tumanidan OzodMikrofonga arz qilgan Sabohat Muqimovaning iddao qilishicha, uning 30 yashar o‘g‘li Jamshid Qo‘shboqovni bir necha shaxs vahshiylarcha o‘ldirgan.

“Ўғлимни ўлдирганлар кўпчилик бўлса-да, лекин бир кишининг бўйнига қўйишмоқчи”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:53 0:00
Бевосита линк


Sabohat Muqimova tuman va viloyat prokuraturasi o‘g‘lining barcha qotillarini topish o‘rniga, faqat bir kishini asosiy gumonlanuvchi qilib ko‘rsatayotganini aytadi:

“Bitta gumonlanuvchini Rossiyaga qochirib yuborishdi. Axir u gumonlanuvchi bo‘lsa, nega birinchi so‘roqqa chaqirilganda pasporti olib qo‘yilmadi. Men kecha viloyat prokuraturasiga ham borib aytdim. O‘g‘lim Jamshid uni bo‘g‘di degan bolaning na isboti bor, na barmoq izlari bor. Ashyoviy dalillarda na uni go‘yoki bo‘qqan ipi bor . Qon tahlilida boshqa odamning qoni chiqyapti. Tergovni noto‘g‘ri qilgani shuda. Men o‘zim tibbiyot odamiman. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qon tahlilida mening o‘g‘limnikidan tashqari yana uch kishining qoni turibdi. Bular orasida o‘g‘limni uyimdan olib chiqib ketgan bolaning qoni yo‘q. Bu bola vositachi bo‘lyapti, o‘ldirganlar boshqa bo‘lib chiqyapti. O‘shalarni topishi kerak prokuratura. Lekin bu bo‘yniga oldi deb, ishni tugatib sudga oshirmoqchi”

---------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG