Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:51

Termizdagi saylovoldi uchrashuvi janjalga aylandi¸ norozi saylovchilar zalni tark etdi (VIDEO)


Saylovchilar nomzodlar javobidan qoniqmay¸ zalni tark etgan.
Saylovchilar nomzodlar javobidan qoniqmay¸ zalni tark etgan.

4 dekabr kuni Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Oliy Majlis va viloyat kengashi deputatligiga nomzodlar bilan uchrashuv saylovchilar noroziligiga sabab bo‘ldi.

Bu haqda Ozodlikka mazkur yig‘inda qatnashgan termizliklar xabar berdi.

Xabarga ilova qilingan surat va videolardan deputatlikka nomzodlar va ular ishonchi vakili qilgan bayonotlarning saylovchilarni g‘azabga solgani va minbardan o‘tirganlar bilan pastdagi xalq o‘rtasida qizg‘in tortishuv yuzaga chiqqani ko‘riladi.

Yig‘ilish ishtirokchilarining Ozodlikka aytishicha¸ minbardagilarning saylovchilar qo‘ygan asosiy talab – gaz va svet masalasidagi so‘roviga bepisandlik qilgani to‘planganlar g‘azabini qo‘zg‘agan.

Ozodlik deputatlikka nomzodlarning o‘zlari bilan bog‘lanib videoda aks etgan janjal yuzasidan izoh olishga hozircha muvaffaq bo‘lmadi.

Nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi

4 dekabr kuni “Termiz Arxitektura va Qurilish ” kasb hunar kolleji binosida joylashgan 213-saylov uchastkasida Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Halq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlarning Muhiddin Eshtemirov mahallasi aholisi bilan saylovoldi uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatligiga to‘rt partiya qo‘ygan nomzodlar¸ ularning ishonchli vakillari ishtirok etgan.

Uchrashuvda qatnashganlarning Ozodlikka aytishicha¸ nomzodlarning aytilgan vaqtdan 32 minut kechikib kelgani¸ "nopisandlik" ifodasi sifatida oddiy xalq e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Saylovchilar bilan uchrashuvga Termiz tuman hokimining sobiq o‘rinbosari To‘ra Zoyirov raislik qilgan.

“Nomzodlar saylovoldi dasturlari bilan qisqacha tanishtirgandan so‘ng, saylovchilar bilan ochiq muloqot boshlandi”¸ deydi bu uchrashuv tafsilotlari Ozodlikka yuborgan qatnashchilardan biri.

Saylovchilar talablari

Ochiq muloqotda¸ Muhiddin Eshtemirov mahallasi saylovchilari o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, xususan, tabiiy gaz, elektr energiyasi, yo‘l ta’miri va toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni tilga olgan va bo‘lajak deputatlardan bu muammolarni qanday hal qilmoqchi ekanini so‘ragan.

Aytilishicha¸ 4000 ga yaqin odam yashovchi bu mahalla 2016 yil dekabrida Termiz tuman hokimligi qarori bilan tabiiy gaz tarmog‘idan uzilgan.

O‘tgan yillar davomida mahalla aholisining turli davlat idoralari va rahbarlariga takror-takror murojaat qilgani biror natija bermagan.

Bugungi kunda M.Eshtemirov mahallasi aholisi tabiiy gaz va toza ichimlik suviga umuman ega emas, mahalla ichki yo‘llari juda ham rasvo holatda bo‘lib, yomg‘ir yog‘sa ba’zi ko‘chalarda “orolchalar” paydo bo‘ladi, elektr energiyasi kuniga 5-6 soat beriladi, suyultirilgan gaz ballonlari 60-74 kunda beriladi. Bu viloyat markazining shundoqqina yonida joylashgan mahallaning ahvoli”¸ deydi Ozodlik gaplashgan mahalla yashovchilaridan biri.

Guvohlarga ko‘ra¸ saylovchilar viloyat hokimi To‘ra Babalov va tuman hokimi Shuhrat O‘rinov faoliyatidan noroziligi¸ na bu rahbarlar va na joriy deputatlarning bu hududga oyoq bosmagani¸ kuchayib borayotgan korrupsiya haqida ochiq gapira boshlagan.

Termiz tuman hokimining sobiq o‘rinbosari To‘ra Zoyirov M.Eshtemirov mahallasiga umuman tabiiy gaz berilmasligini baralla aytib, boradigan joyingga bor¸ degan mazmunda gapirishi ortidan¸ to‘planganlar birdan o‘rnidan turib, norozilik bildirishga o‘tgan.

Agar mahalla aholisining muammolari sizlarga qiziq emas ekan, sizlarning saylovlaring ham bizga qiziq emas, qani xalq deputati, qani xalqni o‘ylaydigan rahbarlar, qani prezident Mirziyoyevning xalq roziligini olish borasidagi davlat siyosati” deb, nomzodlarning broshyuralarni g‘ijimlab uloqtirib, uchrashuv tugamasdan zaldan chiqib ketishdi”¸ deydi uchrashuv qatnashchilaridan biri.

Термиздаги сайловолди учрашуви жанжалга айланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:16 0:00

Ozodlikka yuborilgan videoyozuvdan saylovchilarining nomzodlarga qarata “Deputat nima kerak?”, “Xalqni kim o‘ylaydi?”, “Qani tirik rahbarlar?”, “Foydasi yo‘q saylovlar!”, “Bizga deputat kerak emas!”, “Yolg‘onchilar”, “Viloyat hokimi ishlamaydi”, “Tuman rahbarlari o‘lgan”, “Biz qiynalayapmiz, gaz, suv va svet yo‘q”, “Xalq uchun bir ish qillaring!” deb baqirgani eshitiladi.

Zalda to‘planganlarni¸ guvohlarning aytishicha¸ hokimiyat vakillari va deputatlikka nomzodlar emas¸ balki Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashiga nomzodini qo‘ygan¸ ammo minbarga chiqarilmagan tadbirkor Hayitali Allamurodov tinchlantirgan.

Hayitali Allamurodov M.Eshtemirov mahallasi saylovchilariga toza ichimlik suvi, ichki yo‘lni ta’mirlash masalalarini deputatlikka saylansa ham¸ saylanmasa ham o‘z mablag‘i hisobidan hal qilishini, lekin tabiiy gaz masalasini hal qilish bir tadbirkor qo‘lidan kelmasligi bildirdi”¸ deydi Termizdagi saylovoldi uchrashuv qatnashchilaridan biri.

Ozodlik 4 dekabr kungi saylovoldi uchrashuvida qatnashgan deputatlikka nomzodlar bilan bevosita bog‘lanib¸ ularning saylovchilar qo‘ygan talablarga javobini o‘rganishga hozircha muvaffaq bo‘la olmadi.(Ular o‘z munosabatini jamoatchlikka taqdim etish uchun Ozodlikka yuborishlari mumkin – tahr.)

22 dekabr kuni O‘zbekistonda Oliy majlis va mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Islom Karimov o‘limidan so‘ng birinchi marta o‘tkazilayotgan bu saylovlar haqida Ozodlikka kelayotgan xabarlarga ko‘ra¸ nomzodlar ro‘yxati asosan yana ijroiya hokimiyati tomonidan tuzilmoqda.

XS
SM
MD
LG