Линклар

Шошилинч хабар
15 декабр 2019, Тошкент вақти: 04:15

Turkmanlar chet el valyutasi sotib olish uchun O‘zbekistonga safar qilmoqda


Yuzlab kishilar Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahridagi O‘zbekiston elchixonasi darvozasi ortida erta tongdanoq O‘zbekistonga viza olish uchun navbatga turadi. Ular orasida do‘stlari yoki qarindoshlarini ko‘rish uchun boruvchilar juda kam.

Turkmanistonliklarning O‘zbekistonga safar qilishidan asosiy maqsad chet el valyutasi xarid qilishdir.

So‘nggi o‘n yilda Turkmaniston hukumatining daromadi turli mamlakatlar bilan muavaffaqiyatsiz tuzilgan bitimlar, shuningdek, jahonda mamlakatning asosiy eksport tovari bo‘lmish tabiiy gaz narxi pasaygani sabab keskin kamayib ketdi.

Nazorat o‘ta qattiq bo‘lgan Turkmanistondagi valyuta bilan bog‘liq tanqislik minglab odamlarning bankomatlardan pul olish uchun O‘zbekistonga borishga majbur qilmoqda.

Turkmen.news nashrining xabar qilishicha, O‘zbekiston elchixonasi yonidagi kishilarning navbat kutib turishiga sabab eng yaqin shaharlarga borib, o‘sha yerlardan naqd pul olishdir.

Turkmanistonda pul tobora taqchillashib bormoqda, energetika resurslariga juda boy mamlakatdagi 6 millionga yaqin aholining aksariyati og‘ir moliyaviy muammolarga duch kelmoqda.

Taqdir hazilini qarangki, naqd pul taqchilligi odamlarga muayyan haq evaziga qora bozorda vositachilik qilish bilan shug‘ullanish uchun yangi ish o‘rinlari manbasiga aylandi.

Shirberdi ismli bir ashxobodlikning aytishicha, O‘zbekistonga ko‘p marta kirishga ruxsat beradigan 20 kunlik viza olar, boshqalar qatori o‘zining va boshqa bir necha kishining debet kartasini olib, O‘zbekistonga naqd pul olib kelish uchun borar ekan. Karta egalari unga hatto PIN-kodlarini ham beradi.

Shirberdi 100 manat (rasmiy kurs bo‘yicha 28,6 dollar, qora bozor kursi bo‘yicha 5 dollar) evaziga odamlarga xizmat ko‘rsatadi. Bu – uning yakkayu yagona daromad manbai.

Mamlakat aholisining 50 foizdan oshig‘i ishsiz ekani aytiladi.

Shirberdi viza amal qiladigan 20 kun davomida O‘zbekistonga 5 martacha kelib ketadi. Unga o‘xshab tirikchilik qilayotganlar ko‘p. Aytishicha, Ashxobodda yaxshi deyiladigan ishda ishlaydiganlar 700 manatcha (rasmiy kurs bo‘yicha 200 dollar) maosh oladi.

Manat izlab

Turkmanistonda barcha maoshlar, pensiyalar va talabalarning stipendiyalari bank kartalari orqali to‘lanadi, lekin bankomatlarda naqd pul yo‘q. Ayniqsa, qishloq joylarda pul o‘ta tanqis, odamlar bankomatlardan pul olish uchun soatlab navbat turadi.

“Ozodlik” muxbirlari 4 noyabrda Marv viloyatida odamlarning maoshi bank hisob raqamlariga jo‘natilgani, biroq bankomatlar bo‘m-bo‘sh ekani va odamlar pul ola bilmaganiga guvoh bo‘ldi.

Marv va Lebap viloyatidagi ayrim kishilar naqd pul olish uchun kunlab navbatda turganini aytdi.

Avgust oxirida Lebap politsiyasi bunday navbatda turgan bir necha kishini hibsga olgan. Ular bankomatlar oldida navbatga turmasligi kerakligidan ogohlantirilgach, qo‘yib yuborilgan.

Ayrim lebapliklar Ashxoboddan naqd pul olib kelib berishi uchun norasmiy vositachilarga murojaat qilmoqda, chunki poytaxtdagi bankomatlarda pul bo‘lib turadi.

Mahalliy aholi qora bozordagi pul almashtirib beruvchilar xizmati uchun 10 foiz haq olayotganini aytmoqda.

“Texnik muammo”

Avtoritar prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 19 avgustda bankomatlardagi pul taqchilligini tilga oldi, ammo bunga sabab bo‘layotgan iqtisodiy muammolar haqida hech narsa demadi.

Berdimuhamedov hukumati bilan birga Turkmaniston aholisi hayotining barcha sohalarini nazorat qiladi, ayniqsa, iqtisodiyot – qattiq nazorat ostida. Mamlakatni 2006 yildan beri shafqatsizlik bilan boshqarib kelayotgan prezident bankomatlar muammosini “texnik masala” deb atadi hamda markaziy bank raisi Merdan Annadurdiyevga “bankomat amaliyotlarini sust nazorat qilgani” uchun hayfsan berdi.

O‘zbekiston davlat statistika qo‘mitasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning dastlabki 6 oyida 233 400 nafar turkman vatandoshi O‘zbeistonga safar qilgan. Aslida Turkmanistondan kelgan mehmonlar soni bundan ancha ko‘p, deb hisoblanadi.

Asosan cho‘llardan iborat bo‘lgan Turkmanistonda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi sababli ayrim oziq-ovqat do‘konlari bo‘sh turadi, non ham talon bilan tarqatiladi.

So‘nggi o‘n yilda Turkmaniston hukumatining daromadi turli mamlakatlar bilan muavaffaqiyatsiz tuzilgan bitimlar, shuningdek, jahonda mamlakatning asosiy eksport tovari bo‘lmish tabiiy gaz narxi pasaygani sabab keskin kamayib ketdi.

XS
SM
MD
LG