Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:43

OzodDayjest: O‘zbek-tojik chegarasidagi zastavaga hujum talqini shubha uyg‘otdi


Tojik rasmiylarining chegara zastavasiga hujum bo‘yicha bayoni turli savollar uyg‘otmoqda. Farg‘onada 35 milliard so‘m terim puli vaqtida to‘lanmagani aniqlandi. O‘zbekistonlik advokat prokuratura va DXXdagi islohotlarni shunchaki rasmiyatchilik, deb atadi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

O‘zbek-tojik chegarasidagi zastavaga hujum “shubhali” deb baholandi


Davletov.uz kanali 6 noyabrga o‘tar kechasi 20 nafar qurollangan shaxslardan iborat guruh tomonidan Tojikiston va O‘zbekiston chegarasidagi zastavaga uyushtirilgan hujumni “shubhali” deb baholadi.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati hujum qilgan shaxslar “Islom davlati” terror guruhi jangarilari bo‘lib, ular Afg‘oniston hududidan maxsus topshiriq bilan o‘tganini ma’lum qilgan. Qurolli jinoiy guruhning 15 nafar a’zosi yo‘q qilingani, besh nafari qo‘lga olingani xabar qilingan.

“Uzoq vaqt Rossiya ommaviy axborot vositalari ma’lum miqdordagi terroristlar Suriyadan Afg‘onistonga uloqtirilgani haqida rosa yozdi. Terroristlar ham shuncha aholi punkti qolib, O‘zbekiston chegarasi yaqinidagi zastavaga hujum qilibdi. Nima emish: “eng qulay joy emish”. Hozir ham asosan Rossiya ommaviy axborot vositalari yozayapti”, deya voqelikka teranroq baho berishga ishora qildi Davletov.uz kanal. Bloger ushbu hodisa Toshkentda MDH maxsus xizmatlari rahbarlari uchrashuvi arafasi ro‘y berganiga ham e’tibor qaratgan.

Farg‘onada 35 milliard so‘m terim puli vaqtida to‘lanmagan


Farg‘ona viloyati prokuraturasi hududda terimchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganib, 230 dan ziyod kamchilik aniqladi, deb xabar beradi viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Farhodjon Ismoilov (“Huquq”, 7 noyabr). Jumladan, Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Quva, Oltiariq, Rishton, Toshloq, O‘zbekiston, Furqat va Farg‘ona tumanlarida jami 35 milliard 800 million so‘m terim puli o‘z vaqtida to‘lanmagan. Qayd etilishicha, prokuratura aralashuvi bilan terim puli to‘lab berilgan.

Advokat prokuraturani ko‘zbo‘yamachilikda aybladi


Advokat Allan Pashkovskiy huquq-tartibot tizimidagi islohotlarni tanqidiy baholadi (www.kun.uz, 5 noyabr).

“Prokuratura organlari bugungi kunda tez-tez (deyarli doimo) o‘zining nazoratchilik funksiyasini (xususan DXX tergov bo‘linmalarida dastlabki tergovning qonuniyligini) bajarmayapti, balki shunchaki ko‘zbo‘yamachilik qilyapti va fuqarolarning qonuniy manfaat va huquqlarini himoya qilmayapti. Tergovdagilarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanishini to‘laqonli tekshirmayapti”, deydi u.

Advokatga ko‘ra, himoyachini tanlash bo‘yicha mavjud tartibga rioya qilmaslik, tergov ostidagi shaxslarga noqonuniy ta’sir qilish va ularni bitim asosida ish olib borayotgan advokatdan voz kechtirish, ayblanuvchilarni qo‘rqitish, ayblanuvchi qarindoshlariga tahdid qilish, jinoiy javobgarlikning yuridik oqibatlari haqida yolg‘on ma’lumot berish, bitim asosida ish yuritayotgan advokatga tuhmat qilish kabi holatlar har qadamda kuzatilmoqda.

“Prokuratura va davlat xavfsizlik xizmatidagi islohotlar hozircha shunchaki rasmiyatchilik va amalda tatbiq etilmayapti… Amalda hammasi avvalgidek, ba’zida esa avvagidan ham yomon davom etyapti”, deb hisoblaydi advokat Allan Pashkovskiy.

XS
SM
MD
LG