Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:52

G‘oyib bo‘lgan turkman doktori Qosimberdi Garayev ozodlikka chiqdi va yaqinlaridan kechirim so‘radi


Qosimberdi Garayev
Qosimberdi Garayev

6 noyabr Ashxobod vaqti bilan soat 23:00 lar atrofida Ozodlik radiosining Turkman xizmati bosh muharririga o‘zini Qosimberdi Garayevning otasi Maqsat Garayev deb tanishtirgan kishi qo‘ng‘iroq qildi.

Ozodlik radiosi ilgariroq 24 yashar ashxobodlik vrach Qosimberdi Garayev politsiya bo‘limiga chaqirilgandan so‘ng yo‘qolib qolgani haqida xabar bergan edi.

21 oktabrda Ozodlik radiosi huquq-tartibot idoralari shifokor va qarindoshlarini uning jinsiy moyilligi uchun tahqirlagani va zo‘rlagani haqidagi xabarni chiqargandi.

Ozodlik turkman xizmati muxbiri telefon orqali suhbatda Garayev bilan videoaloqaga chiqishni iltimos qildi.

Ozodlik IMO messenjeri orqali suhbatlashishga va haqiqatan ham u Qosimberdi Garayev ekaniga amin bo‘ldi.

Garaev vidoealoqa orqali ilgari hech qachon Ozodlik radiosi bilan bog‘lanmagani, u haqda uzatilgan barcha xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini iddao qildi.

O‘zi Ozodlikka yo‘llagan qarindoshlariga videomurojaati haqidagi savolga u boshqa maqsadda yozilgani, Ozodlik radiosi muxbirlari qo‘liga tushib qolgani esa xato bo‘lganini aytdi.

Otasi Maqsat Garayev Ozodlik bilan suhbatda e’lon qilingan materiallarning ko‘pchiligi haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi, biroq aynan nimani rad etmoqchi ekaniga oydinlik kiritmadi.

U Ozodlikdan Qosimberdining taqdiridan xavotirga tushgan shaxslar va tashkilotlarga o‘g‘lining hamma ishi yaxshi ekani to‘g‘risidagi xabarni yetkazib qo‘yishni so‘radi.

6 noyabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning Italiyaga safari munosabati bilan taniqli italyan senatori Monika Chirinna (Monica Cirinna) Qosimberdi Garayevni himoya qilib bayonot bergandi

Senator Italiya hukumatini Turkmaniston delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida shifokor taqdiridan xavotir bildirishga chaqirgandi.

LGBT huquqlarini himoya qiluvchi bir necha tashkilot Garayev himoyasi uchun kampaniya boshladi.

Italiyaning “Archigey” (Arcigay) tashkiloti va Erkaklar salomatligi bo‘yicha Yevroosiyo koalitsiyasi (ESOM) ham Italiya hukumatini Turkmaniston delegatsiyasi bilan uchrashuvlar chog‘ida Garayevning yo‘qolib qolgani masalasini ko‘tarishga da’vat etmoqda.

Xalqaro “Ollaut» (Allout) tashkiloti ham Garayev himoyasini ko‘zlab, kampaniya boshlashini ma’lum qildi.

Inson huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilot - “Hyuman Rayts Uotch” (Human Rights Watch) 1 noyabrda Turkmaniston hukumatiga murojaat qilib, Qosimberdi Garayev qamoqda ekani yoki emasligiga oydinlik kiritishni, agar chindan ham qamoqda bo‘lsa, uni zudlik bilan ozod qilishni va hibsga olish sabablarini tushuntirishni talab qildi.

Turkmaniston gomoseksualizmga (besoqolbozlik) jinoyat deb qaraladigan mamlakatlar qatorida qolmoqda.

Bugun kunda dunyoda gomoseksualizmni jinoyat deb biluvchi mamlakatlar soni 60 tagacha boradi.

Ammo ularning soni asta-sekin kamayib bormoqda.

XS
SM
MD
LG