Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:05

Paxta bilan bog‘liq ikki falokat: Buxoroda zobit mashinasida yonib ketdi; hasharchi to‘la avtobus zovurga ag‘darildi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Buxoro viloyati Jondor tumanida 30 oktabr kuni Olot tumani IIB JQ bo‘limi tezkor xodimi boshqargan mashinaning paxta yuklagan traktor pritsepiga borib urilishi oqibatida mashina yonib ketdi, zobit voqea joyida halok bo‘ldi.

Bu voqeadan ikki kun avval esa, shu tumanning Og‘ar qishlog‘ida hasharchilarni paxtadan olib qaytayotgan avtobus "Matiz" avtomashinasiga urilib, suv to‘la zovurga ag‘darilib ketgan.

"Matiz" haydovchisi og‘ir jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan, hasharchilar yengil tan jarohati olgan.

Jondor va Olot tumani IIB mulozimlari shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi.

Olot tumani IIBning tergov bo‘limi zobiti Shohidbek Jumayev 30 oktabr kuni kechki soat sakkizlarda Xumin qishlog‘i yaqinidagi aylanma yo‘lda sodir bo‘lgan avtohalokatda yonib ketgan.

Voqea guvohlaridan birining Ozodlikka aytishicha, Shohid Jumayev boshqargan “Ravon” avtomobili katta tezlikda paxta yuklagan traktor pritsepining orqasidan kelib urilgan:

U bolaning o‘zi ham o‘tirgan joyida yonib, kul bo‘lib qolganini ko‘rdik


“Ugolovniy roziskda ishlagan ekan bu bola. 30 oktabr kuni Buxoro shahridan qaytayotgan ekan. Biz punktga paxta topshirgani borgan edik. Zavodning oldida razvorot bor. O‘sha yerda paxta ortgan traktor burilayotgan ekan, bu juda katta tezlikda kelib, pritsepning orqasidan solgan. Udar shuncha qattiq bo‘lganki, moshinasidagi gaz balloni portlab ketgan. Paxta ham yongan, moshina ham. U bolaning o‘zi ham o‘tirgan joyida yonib, kul bo‘lib qolganini ko‘rdik”

Olot tumani ichki ishlar bo‘limining o‘zini tanishtirmagan mulozimi shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi:

“Ha, to‘g‘ri, traktorning orqasidan kelib urgan. Yaxshi operativnik bola edi, falokatda, endi”

Bu voqeadan ikki kun avval, 28 oktabr kuni Jondor tumanining Og‘ar qishlog‘ida hasharchilarni paxtadan olib kelayotgan avtobusning “Matiz” avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.

Voqea guvohlaridan birining aytishicha, avtobusda mahalladan yig‘ilgan paxta teriish otryadi hasharchilari bo‘lgan:

Avtobus chetga olaman deb, zovurga chappa bo‘lgan


“Kechki soat yettilarda bo‘lgan bu voqea. “Matiz”ning haydovchisi mahalliy fermerlardan biri ekan. Qarama-qarshi tomondan kelib, avtobusga to‘qnashib ketgan. Avtobus chetga olaman deb, zovurga chappa bo‘lgan. Tasodif tufayli hech kim qattiq jarohat olmagan. “Matiz”ning egasi esa og‘ir jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan”

Jondor tumani ichki ishlar bo‘limining mulozimi bu voqeada qattiq jarohat bilan hech kim kasalxonaga murojaat qilmaganini aytdi.

O‘zbekistonda paxta mavsumida paxta terimi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Jumladan, Sirdaryo viloyat, Boyovut tumaniga paxta terimiga olib chiqilgan harbiylardan ikki nafarini 13 oktabr kuni traktor bosib ketgan edi. Harbiy xizmatga Farg‘ona vodiysidan chaqirilgan bu ikki askar voqea joyida halok bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi to‘rtta maktabning direktor muovinlari 29 sentabr kuni kechki payt A-373 magistral​ yo‘lining Qo‘qon shahridan o‘tuvchi qismida avtohalokatga uchragan edi. Ulardan ikki nafari voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan ikki nafari og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida terimchilarni paxta dalasiga olib ketayotgan "Damas" avtomashinasi "Kobalt" avtomobili bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketdi. Hodisa 22 sentabr, ertalab Xo‘jayli tuman kasalxonasi ro‘parasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan.

Xo‘jayli tuman Ichki ishlar bo‘limi navbatchisi avariyada bir kishi - 19 yashar yigit o‘lganini, "Damas" va "Kobalt" mashinalari ichida bo‘lgan o‘nga yaqin odam jarohatlanganini Ozodlikka tasdiqladi.

XS
SM
MD
LG