Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:31

666-qaror ijrosi: O‘qituvchi o‘quvchining sochini dars paytida kesib tashladi


O‘tgan oy Samarqandning Urgut tumanidagi maktab direktori o‘rinbosari 11-sinf o‘quvchilarining sochini qaychilab, tan jarohati yetkazgan edi.
O‘tgan oy Samarqandning Urgut tumanidagi maktab direktori o‘rinbosari 11-sinf o‘quvchilarining sochini qaychilab, tan jarohati yetkazgan edi.

10 oktabr kuni Ozodlikka bog‘langan ota-onalarga ko‘ra¸ Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 27-o‘rta maktab o‘qituvchisi "sochining tepasi sariqqa bo‘yalgan o‘g‘il bolaning boshiga hujum qilgan".

Bu "hujum" o‘quvchining keskin jismoniy qarshiligidan so‘ng qaytarilgan¸ jahl otiga mingan o‘qituvchi esa "o‘g‘il bolalar qolib¸ sochi uzun ikki qizga tashlangan".

Sochi hech bir sababsiz qaychilangan bolalarning ota-onasi Ozodlik bilan suhbatda 9 sentabr kuni bo‘lgan bu voqea yuzasidan maktab rahbariyati¸ tuman Xalq ta’limi bo‘limi va Xalq ta’limi vazirligiga shikoyat bilan murojaat qilganlari¸ ammo voqea bo‘yicha hech kim qonuniy izoh bermaganini bildirdi.

27-maktab direktori Ozodlikning izoh so‘rab qilgan qo‘ng‘irog‘iga javob bermasdan aloqani uzib qo‘ydi. Xalq ta’limi vazirligi esa¸ bu ishni qilgan “o‘qituvchining hayfsan olgani¸ o‘qituvchilarga 666-qaror bo‘yicha tushuntirish berilgani”ni bildirdi.

O‘quvchining sochiga "hujum"

Farzandi Toshkentdagi 27-maktabning 9-V sinfida o‘qiydigan ota-onalar 9 sentabr kungi voqea haqida hali ham hissiyotga berilmasdan gapirish o‘zlari uchun og‘irligini bildirdi.

Farzandlariga shundoq ham ruhiy bosim bo‘layotganini ta’kidlagan ayrim ota-onalar¸ bu jarayon kuchayishidan cho‘chib¸ shaxslari ochiqlanmasligini so‘radi.

Ximiya darsi tugashiga 10 minut qolganda 9-V sinfining kuratori sinf xonasiga bostirib kirib¸ sochining tepasi sariqqa bo‘yalgan o‘g‘il bolaga¸ e yo‘q¸ be yo‘q¸ qaychi bilan tashlanadi. Bu bola o‘qituvchiga 5 minutcha qarshilik qiladi¸ bu orada qaychi sinadi. Bu bolaning sochini qirqa olmagan kurator¸ o‘quvchining qaychisini olib¸ boshqasiga tashlanadi. Uning sochini ham yulib¸ ham kesadi. Bu orada uzun sochi orqasiga bog‘langan ikkita qizga ko‘zi tushgan o‘qituvchi¸ ularning sochiga ham qaychi soladi. Qizimning sochini tutamlab qirqib oladi”¸ deb hikoya qiladi voqea tafsilotini sochi qirqilgan qizlardan birining otasi O‘razimbet Qurbonov.

9 sentabr kuni sochi hech bir izohsiz sinfdoshlari ko‘z o‘ngida qaychilangan qizlardan biri surati.
9 sentabr kuni sochi hech bir izohsiz sinfdoshlari ko‘z o‘ngida qaychilangan qizlardan biri surati.

Bu hujumdan shokka tushgan bolalardan ikkitasi uyiga yig‘lab borgan¸ ikkitasi esa¸ ota-onasiga bu haqda gapirishga ham qo‘rqqan. Tafsilotlarni bir-biri bilan o‘rtoqlashgan ota-onalar ertasiga maktab direktori oldiga izoh talab qilib borgan.

Maktab direktori bizni haydab chiqarishga urindi. Biz o‘qituvchi bu ishni qaysi asosda qilganiga tushuntirish bersin¸ bolalarimizni 30 dan oshiq sinfdoshi oldida xo‘rlagan o‘qituvchi ulardan butun sinf oldida kechirim so‘rasin¸ dedik. Direktor¸ o‘qituvchining o‘quvchidan kechirim so‘rashi haqorat¸ bunga yo‘l qo‘ymayman”¸ deb turib oldi. O‘qituvchini izoh berishga chaqirmadi ham”¸ deydi ota-onalardan biri.

Bunday qoniqarsiz javobdan so‘ng ota-onalar Mirzo Ulug‘bek tuman Xalq ta’limi bo‘limi¸ tuman Ichki ishlar bo‘limiga shikoyat bilan chiqishgan.

Ichki ishlarda arizamizni qabul qilishda rosa qarshilik bo‘ldi. Bosim bo‘ldi¸ biz qattiq turganimizdan keyin¸ nihoyat 18 sentabr uni chala-chulpa qayddan o‘tkazishdi. Lekin hozirgacha biror chora ko‘rilmadi. O‘qituvchiga hayfsan berildi¸ deyishdan nariga o‘tishmayapti. Bolalarimizni tahqirlagan o‘qituvchi haliyam kurator¸ haliyam dars berib yuripti”.

Ozodlik gaplashgan ota-onalar ta’lim mutasaddilaridan o‘quvchining tashqi ko‘rinishini bir qolipga solish jarayonining nega bu qadar zo‘ravonlikka aylanib ketgani yuzasidan rasmiy izoh kutayotgani¸ ammo hozirgacha o‘z talablari e’tiborsiz qolayotganini aytadi.

Biz bolalarimizni maktabga ta’lim olsin¸ o‘qisin¸ deb yuboramiz. Bular esa¸ ta’lim berish u yoqda qolib¸ soching 2 smdan uzun¸ paypog‘ing kalta¸ soching turmaklanmagan¸ degan narsalar bilan vaqt o‘tkazayapti. Soch qirqishning ximiya darsida bo‘lgani ayni shuning isboti! Bular shaklni qo‘yib¸ mohiyatga shuncha vaqt va kuchini sarflasa bo‘lmaydimi? Maktabda tuzuk-quruq ilm berilmagani uchun biz pul to‘lab har kun bolamizni repititorga yuborayapmiz. O‘qituvchi ilm berish o‘rniga¸ axloq politsiyasiga aylanib borayapti”¸ deydi Ozodlik gaplashgan ota-onalardan yana biri.

O‘razimbet Qurbonovning Ozodlikka aytishicha¸ ota-onalarning izoh talab qilishda davom etayotgani ortidan 27-maktab ma’muriyati¸ xususan¸ tajovuz qilgan o‘qituvchi bu bolalarga bosimni kuchaytirmoqda.

"Kecha qizimni yana dars paytida yig‘latgan. Otang qaerga borsa-borsin¸ qo‘lidan hech narsa kelmaydi¸ deb. Ertaga qizimni ruhshunosga olib boraman¸ qattiq stressda hozir . Maktabga borishdan qo‘rqib qolgan. Hatto qorovulgacha uni ko‘rsatib¸ to‘polonchining bolasi¸ deb kamsitgan"¸ deydi Qurbonov.

Ozodlik 27-maktabda o‘quvchilarga qilingan jismoniy tajovuz bo‘yicha izoh so‘rab Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qildi.

Vazirlik matbuot xizmati qisqa javobida bu voqeaning o‘rganib chiqilgani¸ “o‘qituvchining hayfsan olgani va o‘qituvchilarga 666-qaror bo‘yicha tushuntirish berilgani”ni bildirdi.

E’tirozlarga sabab bo‘layotgan 666-sonli qaror

Shu kunlarda O‘zbekiston maktablarida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgust kuni qabul qilingan 666-sonli qarori ijrosi bo‘yicha jadal ishlar olib borilmoqda.

Bosh vazir Abdulla Aripov qo‘l qo‘ygan bu qaror “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” deb nomlanadi.

(Qarorning yagona formaga o‘tishga oid ikki bandi ijrosi kechiktirildi¸ ammo qolgan bandlari kuchda qoldi - tahr.)

Qarorda¸ o‘quvchilarning maktabga qanday tashqi qiyofada kelishi mayda tafsilotlargacha belgilab berilgan.

Xususan¸ unda o‘quvchining maktabga tor kiyimda kelishi taqiqlanadi¸ qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda bo‘lishi; o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi; oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi; ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi; kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi shart" qilib belgilangan.

Qarorda soch¸ tirnoq¸ makiyaj va taqinchoqlar haqida ham alohida talab belgilangan bo‘lib¸ unga ko‘ra:

o‘g‘il bola o‘quvchilarning sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yagan holda kelishlariga; qiz bola o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirgan holda kelishlariga yo‘l qo‘yilmaydi”.

O‘quvchi¸ aniqrog‘i¸ o‘smir yoshidagilarning tatuirovka qilish qanday taqiqlangan bo‘lsa¸ maktabga u yoki bu dinga mansublikni ko‘rsatuvchi kiyimda¸ xususan¸ ro‘mol va hijobda kelishi ham taqiqlangan.

Ayni paytda¸ qarorda bunday talablarga bo‘ysunmaslik uchun javobgarlik ham belgilangan.

Unga ko‘ra, maktab formasi talablariga bo‘ysunmagan o‘quvchilarga avvaliga ogohlantirish beriladi¸ bu holat o‘quvchining kundalik daftariga qayd etiladi¸ ota-onasi xabardor qilinadi va bu choralar natija bermagan taqdirda¸ maktab va mahalla yig‘ilishlarida ota-onalar ishtirokida muhokama qilinadi.

Yangi o‘quv yilidan O‘zbekiston bo‘ylab mazkur qaror ijrosi bilan shug‘ullanish qattiq topshirilgani ortidan¸ Ozodlikka kelayotgan xabarlarga ko‘ra¸ maktabga qarorda belgilangan tashqi qiyofada kelmagan o‘quvchilarni maktabga kiritmaslik¸ ularni butun maktab oldida izza qilish holatlari ko‘payib bormoqda.

10 oktabr kuni Ozodlik gaplashgan ota-onalar¸ maktabga ro‘molda kelayotgan qizlar barobarida¸ sochi bo‘yalgan o‘quvchilar ota-onalari ham maktab rahbariyati¸ ba’zi hollarda esa¸ uchastka noziri tomonidan savol-javobga chaqirilayotganini aytadi.

XS
SM
MD
LG