Линклар

Шошилинч хабар
19 сентябр 2019, Тошкент вақти: 09:41

Yolg‘iz ona: biznesim to‘xtab qoldi, amaldorlar yordam o‘rniga to‘shagini taklif qilayapti (VIDEO)


Shohida Abramatova bolalari bilan

Ikki farzandini yolg‘iz tarbiya qilayotganini aytgan termizlik Shohida Abramatova va’da qilingan imtiyozli kreditni ololmayotganidan shikoyat qildi.

Ayolning OzodMikrofon rukniga iddao qilishicha, yolg‘iz ona bo‘lgani bois, unga tumandagi "Agrobank" filiali tadbirkorlik uchun 30 million so‘mlik imtiyozli kredit va’da qilgan, ammo hanuz bermagan.

Ayol esa shu va’daga ishonib, qarz-havola bilan qariyb 30 million so‘mlik biznes boshlagani, oqibatda, kasodga uchraganini da’vo qilmoqda.

- Mahalliy ta’minotchi bilan 29 million so‘mlik shartnoma imzolab, non sexi ochdim. Ular pechka o‘rnatib berishdi. Ota-onamdan 3 million so‘m qarz olib, un va boshqa mahsulotlarni sotib olib, ish boshladim. Bir kunda 70 ta bulka non chiqarardim, 1200 so‘mdan sotardim. Kuniga 30-35 ming so‘mdan foyda qila boshlagandim. Katta foyda ko‘rmasam-da, bolalarim nonsiz qolmayotgan edi. Lekin, kredit berilmadi, ishim to‘xtab qoldi, - deydi Abramatova.

Arz qilishicha, Termiz tumani hokimligi uni ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar ro‘yxatiga qo‘shgan va yordam va’da qilgan.

- Menga 8 foizlik jami 30 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit beramiz, deyishgandi. Lekin, may oyidan beri berishgani yo‘q. Ikki ishchim bor edi - javob berib yubordim. Men mehnat qilmoqchiman, halol pul topmoqchiman. Lekin, kimga yordam so‘rab borsam, yordam yo‘q. Aksincha, darrov to‘shagiga taklif qilishadi. Aybim erimdan ajrashganimmi?! Ayting, menga kim yordam beradi?! - deb da’vo qiladi Shohida Abramatova.

Aytishicha, ayol shu kunda ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan ijara uyda yashamoqda, u uyning ahvoli ham juda abgor.

Abramatova Ozodlikka taqdim qilgan quyidagi videoda uning ishi to‘xtab qolgan sexi va bolalari bilan yashayotgan ijara uyidagi ahvol bilan tanishishingiz mumkin.

Ижтимоий ҳимояга муҳтож ёлғиз онанинг бизнеси синди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:58 0:00

Shohida Abramatova bilan audiosuhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Ижтимоий ҳимояга муҳтож ёлғиз онанинг бизнеси синди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:56 0:00
Бевосита линк

* * * * * * * * * * * * * * * * *
OzodMikrofon​ rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG