Линклар

Шошилинч хабар
12 июл 2025, Тошкент вақти: 14:21

Nega Tramp “Tolibon” bilan muzokaralarni bekor qildi, bu o‘ziga xos muzokara taktikasimi?


AQSh prezidenti Donald Tramp 
AQSh prezidenti Donald Tramp 

AQSh prezidenti Donald Tramp “Tolibon” harakati va Afg‘oniston hukumati bilan Kemp-Devid qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan maxfiy uchrashuvni bekor qilish to‘g‘risida shov-shuvli qaror qabul qildi. Jangarilar guruhi bilan muzokara to‘xtatilishi diplomatlarning 18 yillik urushga barham berish yo‘lidagi deyarli bir yillik harakatlarini zoye ketkazdi.

Qatarda o‘tkazilgan 9 turkumdan iborat holdan toydiruvchi muzokaralardan so‘ng AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod o‘tgan hafta “Tolibon” harakati jangarilari bilan “prinitsial jihatdan” bitimga erishilganini xabar qilgan edi.

Bitim loyihasiga ko‘ra, “Tolibon”ning xavfsizlik kafolatiga javoban Afg‘onistondagi barcha chet el qo‘shinlari 16 oy ichida olib chiqib ketilishi, toliblar esa Kobul hukumati vakillari bilan o‘t ochishni to‘xtatish va vaziyatni siyosiy jihatdan tartibga solish bo‘yicha bevosita muzoraka boshlashi kerak edi.

Tramp 7 sentabrda “Tolibon” 2 kun oldin Kobulda boshqalar qatori bir Amerika askarining ham umriga zomin bo‘lgan terrorchilik hujumidan so‘ng muzokarani to‘xtatganini ma’lum qildi. Biroq tahlilchilar prezident qarori bundan teranroq muzokara taktikasi bo‘lishi mumkinligini va bu bitimga erishishdagi muvaffaqiyatsizlikdan cho‘chish ekanini taxmin qilmoqda.

Oq Uy ma’muriyatining yetakchi arboblari ham, Vashingtondagi boshqa yuqori lavozimli amaldorlar ham bitimga qarshi. Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton toliblarning va’dasida turishiga ishonib bo‘lmasligini aytib keladi. Respublikachi senator Lindsey Grehem AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish “qo‘pol xato” bo‘lishini ta’kidladi.

Vashingtondagi siyosiy doiralar vakillari ushbu bitim jangarilar guruhi olgan majburiyatlarini bajarmasligi, urushga barham bermasligi, qo‘shinlar olib chiqiladigan bo‘lsa, Afg‘oniston yanada xavfli urush domiga tushib qolishidan xavotir bildirmoqda.

Trampning saylovoldi kampaniyasidagi eng katta va’dasi AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish bo‘lgan edi.

Xabarlarga ko‘ra, u Vashington tashqarisidagi prezident qarorgohida bitim imzolanganini e’lon qilmoqchi bo‘lgan. Bunga prezident Ashraf G‘ani rozilik bildirgan, ammo toliblar bitim imzolanmaguncha Tramp bilan uchrashishni rad etgan.

Mutaxassislar Tramp bundan obro‘ olmoqchi bo‘lganini, ammo ish bermagach, Kobuldagi terrorchilik hujumi bahona bu ishni bekor qilganini aytdi.

Demokrat senator Emi Klobushar Tramp tashqi siyosatga tomosha o‘yiniday munosabatdan bo‘layotganini, lekin u tomosha o‘yini emasligini bildirdi.

AQShda ko‘pchilik yaqinda davlat kotibi Mayk Pompeo “Tolibon” terrorchilari” deb atagan hamda 2001 yil 9 sentabrda uning shaharlariga hujum qilgan “al-Qoida”ga boshpana bergan tashkilot vakillari bilan maxfiy muzokara o‘tkazilganidan ajablanayotganini yashirmayapti.

AQSh bilan “Tolibon” muzokarasi tiklanishi ehtimoldan xoli emas, chunki muammoning harbiy yechimi yo‘q, yana bir tomoni, hech kim mavjud boshi berk ko‘chaga kirib qolgan vaziyatni o‘z foydasiga mustaqil hal qila olmaydi. Qolaversa, AQSh hukumati ham, “Tolibon” ham muzokara tiklanishidan umidvor.

Tahlilchilar Trampning muzokarani qo‘qqisdan to‘xtatib qo‘yganini “Tolibon” yon berishiga erishish uchun taktik yurish deb atamoqda.

O‘t ochishni butunlay to‘xtatish AQShning muzokaralar vaqtidagi dastlabki talablaridan biri edi, lekin bu keyinchalik AQSh – “Tolibon” kelishuvidan so‘ng o‘tkaziladigan afg‘onlararo muzokaralarga qoldirildi.

Xalilzodga ko‘ra, “Tolibon” AQSh qo‘shinlari olib chiqiladigan hududlarda zo‘ravonlikni kamaytiradi va olib chiqilayotgan qo‘shinlarga hujum qilmaydi.

Tahlilchilar toliblar Afg‘oniston hukumati qo‘shinlariga qarshi o‘t ochishni to‘xtatishni rad etganini, chunki zo‘ravonlik ularning muzokaralarga bosim o‘tkazishdagi asosiy quroli ekanini aytmoqda. Buning jabrini esa afg‘on xalqi tortmoqda.

“Tolibon” bilan AQSh o‘rtasidagi muzokaralar to‘xtatilganidan Kobul hukumati yengil tortdi. Prezident Ashraf G‘ani 28 sentabrdagi o‘zi g‘alaba qilishni kutayotgan saylov barbod bo‘lishidan qo‘rqayotgan edi.

− Bugungi kunda saylovning muqobili yo‘q, − dedi kobullik tahlilchi Horun Mir. – Har qanday muqobil mexanizm milliy siyosiy murosaga kelish uchun juda ko‘p munozarani talab qiladi. Biz oylar emas, haftalar nuqtai nazaridan o‘ylayapmiz.

Bitimga erishilmagandan so‘ng afg‘on xalqi toliblar yanada faollashishini kutmoqda, chunki ushbu jangari guruh odamlardan saylovda qatnashmaslikni talab qilmoqda va saylov uchastkalariga hujum uyushtirajagini aytmoqda.

So‘nggi haftalarda butun Afg‘oniston bo‘ylab zo‘ravonliklar kuchayib ketdi, Kobul va boshqa viloyatlar markazlarida bir necha marta odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan bomba hujumlari ro‘y berdi. Ammo Mirning fikricha, toliblarning “muqobil boshqaruv kuch sifatida hech qanday dasturi yo‘q”.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG