Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:12

Qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda 800 so‘mdan to‘lanadigan bo‘ldi


9 sentabrda 2019 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.

Bu haqda xabar qilgan Adliya vazirligiga ko‘ra,
qaror binoan:

mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 so‘m xizmat haqi;

qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 800 so‘mdan, ikkinchi terimda – 1200 so‘mdan;

mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln so‘mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln so‘mdan mehnat haqi to‘lanadi.

Shuningdek, paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bundan tashqari, qarorga ko‘ra 2019 yil hosilini qisqa muddatda yig‘ib olish, terimchilar bilan o‘z muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga 2020 yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Ayni paytda Adliya vazirligi jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmasligini eslatdi.

Vazirlikka ko‘ra, bu me’yor Soliq kodeksida belgilab qo‘yilgan. Kodeksga muvofiq, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi.

XS
SM
MD
LG